Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/99
tarix16.03.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#102651
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   99
M.M.Axmedjanov Kasbiy psixologiya1- qo\'shimcha adabiyot

 
Guruh haqida tushuncha. 
Guruh - bu muayyan belgiga, masalan, sinfiy 
mansublikka, birgalikda faoliyat ko‟rsatishning mumkinligiga va uning 
xarakteriga, tashkil topish xususiyatlari va shu kabilar asosida ajralib turadigan 


104 
umumiylikdir. Guruhlarning klassifikatsiyasi ham shunga muvofiq tarzda bo‟lib, 
kichik va katta guruhlarga bo‟linadi - o‟z navbatida ular ham real (bog‟langanlik), 
shartli formal (rasmiy) hamda noformal (norasmiy) guruhlarga, rivojlanish darajasi 
turlicha bo‟lgan, ya‟ni rivojlangan (jamoalar) va yetarli darajada rivojlanmagan 
yoki kam rivojlangan guruhlarga (uyushmalarga, birlashmalarga, aralash 
guruhlarga) bo‟linadi.
Katta guruhlar umumiy makon va zamonda hayot kechirayotgan anchagina 
odamlarni o‟z tarkibiga olgan sotsial umumiylikni tashkil qiladigan real 
(bog‟langan) guruhlar shaklida bo‟lishi mumkin. Bu xildagi katta guruhlarga 
korxonaning mehnat jamoasi yoki ko‟pgina o‟qituvchilar bir - birlari bilan bevosita 
o‟zaro aloqada bo‟lmasalar ham, lekin ayni chog‟da yagona bitta rahbarga 
(direktorga, ilmiy mudirga) buysinadigan, bitta partiya va kasaba birlashma 
tashkilotiga kiradigan, maktab hayotiga oid hamma uchun umumiy hisoblangan 
ichki tartibning barcha qoidalariga amal qilinadigan kattagina bir maktabning 
pedagoglar jamoasi kiritilgan bo‟lishi mumkin. Katta guruhlar ba‟zan bir belgilari 
(sinfiy, jinsiy, milliy, yosh va boshqa belgilari) ga binoan ajratiladigan va 
birlashtiradigan shartli guruhlar shaklida bo‟lishi ham mumkin. Katta shartli 
guruhga kiritilgan kishilar hech qachon bir - birlari bilan uyushmagan bo‟lmasa 
ham, lekin bu xildagi guruhga ajratilgani uchun asos bo‟lgan belgilariga ko‟ra 
umumiy sotsial va psixologik ta‟rifga ega bo‟lishlari mumkin.
Kichik guruhlar - hamisha bog‟langan umumiylik bo‟lib, unga kiruvchi 
shaxslarning o‟zaro birgalikdagi real harakati va ular o‟rtasidagi real harakati va 
ular o‟rtasidagi real o‟zaro munosabatlar bilan bog‟langandir. Bu guruhlar rasmiy 
(formal) bo‟lishi, ya‟ni yuridik jihatdan qayd etilgan huquq va burchlarga, 
normativ asosida o‟rnatilgan strukturaga, tayinlab yoki saylab qo‟yilgan 
rahbarlikka ega bo‟lishi mumkin.
Shuningdek, yuridik jihatdan qayd etilgan statusga ega bo‟lmagan, ammo 
tarkib topgan shaxslararo munosabatlar (do‟stlik, xayrihohlik, hamjihatlik, ishonch 
va shu kabilar) tizimi bilan ifodalanadigan NORASMIY (ko‟pincha ularni 
noformal deb ham atashadi) guruhlar ham alohida ajralib turadi. Ular alohida 


105 
ajralib turadigan umumiylik (masalan, turli maktablar va hunar - texnika bilim 
yurtlarining mototsikl sportiga qiziqishi umumiyligi negizida birlashgan bir qancha 
o‟quvchisi) sifatida yuzaga chiqishi va rasmiy guruhlar ichida yetarli darajada 
barqaror tus kasb etishi (sinfdagi do‟stona ulfat tarzida kirishi) mumkin.
Rasmiy va norasmiy guruhlar o‟rtasidagi chegaralar shartli va nisbiydir. 
O‟quvchilarning bu xildagi norasmiy guruhlarini shakllantirish o‟qituvchi olib 
borishi lozim bo‟lgan tarbiyaviy ishning muhim vazifasi hisoblanadi.
Guruhlar 
rivojlanishining 
darajasi 
yoki 
saviyasi 
ularning 
klassifikatsiyasining eng muhim negizi hisoblanadi. Guruhiy rivojlanish darajasi - 
shaxslararo munosabatlarning shakllanganligining belgisi, guruhlar shakllanishi 
jarayoninig natijasidir.
Rivojlanish darajasiga ko‟ra farqlanadigan guruhlarning - diffuz guruhlar, 
sotsial yo‟nalishdagi uyushmalar, sotsial yo‟nalishga zid uyushmalar va 
birlashmalar, jamoalarning psixologik toifasi shu asnoda tarkib topadi.
Guruhiy rivojlanishning tegishli ravishda ancha ifodalangan darajalarini 
ko‟rsatadigan (har bir konkret guruh boshidan kechirishi mumkin bo‟lgan son 
sanoqsiz oraliq holatlari bilan birga) qat‟iyan beshta pozitsiya alohida ajralib 
turadi:
1) bilvositalikning mumkin qadar yuksak darajasi va faoliyatning 
shaxslararo munosabatlari bilvosita ifoda etuvchi omillarning eng yuksak sotsial 
qimmati yuqori guruhlar. Bu jamoadir.
2) agar guruhda tegishli tarzda birgalikdagi faoliyat mavjud bo‟lsa, 
shaxslararo munosabatlarni bilvosita ifoda eta oladigan eng yuksak darajadagi 
sotsial yo‟nalishga ega omillar mavjud bo‟lgan taqdirda bilvositalikning eng past 
darajasi. Bu sotsial yo‟nalishdagi uyushma (misol uchun talabalarning guruhi) dir.
3) birgalikdagi faoliyatning yo‟qligi bilan bog‟liq bilvositalikning mavjud 
emasligi. Bu diffuz guruh (misol uchun avtobusdagi yo‟lovchilar yoki umumiy 
palatadagi bemorlardir)
4) shaxslararo munosabatlarning eng yuksak darajada nosotsial yo‟nalishga 
ega bo‟lgan bilvosita omillar mavjud sharoitlardagi qandaydir birgalikdagi 


106 
faoliyatining past darajada bil vositasi ifoda etilishi (misol uchun bezorilik qiluvchi 
o‟spirinlar guruhi). Bu - antisotsial uyushmadir.
5) faoliyat vositasida ifoda etishning eng yuksak darajasi va bilvosita ifoda 
etuvchi omillarning eng yuksak darajada aksil ijtimoiy, reaktsion xarakterga 
egaligi. Bu – antisotsial birlashma ( misol uchun mafiya) dir.
Jamoaning yuksak darajada rivojlangan guruh sifatida boshqa barcha 
guruhlarga nisbatan printsipial jihatdan farqlari tajriba yo‟li bilan qayd etildi. 
Jamoada faoliyatning samaradorligi bilan o‟zaro his - hayajonli psixologik 
munosibatlarning maqbul xarakteri o‟rtasidagi nisbat ijobiy, sust rivojlangan 
guruhlarda esa, salbiy bo‟ladi. Past darajada rivojlangan guruhlarda guruhning 
miqyosi bilan uning a‟zolaridan umumiy ishga eng ko‟p hissa qo‟shish istagi 
o‟rtasidagi teskari bog‟lanish mavjudligi aniqlandi, guruhning miqyosi yiriklasha 
borishi bilan jamoadan birgalikdagi faoliyat ishtirokchilarning motivlari 
susaymaydi. Tasodifiy guruhda yordamga muhtoj kishiga yordam ko‟rsatilishi 
ehtimoli guruhning miqyosi kengayishi bilan susaya boradi, jamoada esa bunday 
qonuniyat namoyon bo‟lmaydi va hokazo.
Shunday qilib, birgalikdagi sotsial qimmatga ega va shaxs uchun 
ahamiyatga molik faoliyatning amalga oshirilishi o‟zaro jamoatchilik 
munosabatlari o‟rnatilishini, individual munosabat bilan jamoa munosabatlari 
o‟rtasidagi ziddiyatlar barham topishini ta‟minlaydi. Bunday faoliyat jarayonida 
shaxslararo munosabatlarda boshqa sharoitlarda qayd etilishi mumkin bo‟lmagan 
alohida hodisalar yuz beradiki, guruh rivojlanishining alohida belgisi sifatidagi 
jamoatchilik hosil bo‟ladi. Aynan jamoa shaxsning jamiyatga bog‟liqligini ifoda 
etadi. Shaxs ana shu bog‟liqlik orqali erkinlikka muvaffaq bo‟ladi.
O‟quv faoliyati o‟quvchilarga, yoshlarga bilim berib qolmay, ularni o‟z 
harakatlarini, operatsiyalari va malaka, tajribalarni, bilish jarayonlarini boshqarish 
o‟rgatishga yo‟naltirilgan. O‟quv faoliyati odamni mehnat faoliyatiga tayyorlaydi.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə