Kasbiy psixologiya


Tashkilotchilik qobiliyati



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/99
tarix16.03.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#102651
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   99
M.M.Axmedjanov Kasbiy psixologiya1- qo\'shimcha adabiyot

Tashkilotchilik qobiliyati
- bu birinchidan, jamoani uyushtira olish va 
jamoani jipslashtira olish: ikkinchidan; o„zini shaxsiy ishini to„g„ri tashkil qila 
olish qobiliyatidir. O„z ishini tashkil qila bilish deganda, uning o„z ishini to„g„ri 
rejalashtirib, uni nazorat qila olish nazarda tutiladi. Jamoa faoliyatini va o„z 


129 
faoliyatini rejalashtirish qobiliyati rahbar uchun muxim bo„lgan talablardan 
biridir. 
Rahbarlik mavqey sifatida shaxsda egalik xususiyatini shakllantiradi. 
Boshqarish bevosita jamoaga qaratilgan bo„lib, uning psixologik natijasi o„zlikka 
nisbatan xurmat, o„zlikni anglash, qadrlash kabilarni vujudga keltiradi. 
Rahbar ishini tashkillashtirishga ko„ra uch xil rahbarlik stiliga ega bo„lish 
mumkin. 
1) avtoritar rahbar
2) demokratik rahbar; 
3) liberal rahbar. 
Ushbu stillarning xar biri o„z natijasiga ega bo„lib, jamoada turli xil 
ijtimoiy psixologik kayfiyatni vujudga keltirishi mumkin. 
Oxirgi yillarda Moskva va boshqa yirik ilmiy markazlarda tadqiqotlar 
natijasida shunday xulosaga kelindiki, aslida xayotda sof demokratik yoki sof 
avtoritar rahbarni uchratish qiyin. Lekin uchragan paytda ham ular bir jamoani 
uzoq muddat boshqara olmasliklari ma‟lum bo„ldi. Shuning uchun ham ular 
vaziyatga bog„liq, vaziyat konkret jamoa unda qabul qilingan xatti xarakat 
normalari, shaxslararo munosabatlar tipi liderning ham, rahbarning ham ish 
taktikasi va uslubini belgilaydi degan g„oya qabul qilinmoqda. Lekin bu rahbarlik 
uslublarini psixologik mazmun va mohiyatini, bilishning amaliy ahamiyati 
shundaki, har bir uslubda o„ziga xos ijobiy tomoni bor. Moxir rahbar o„zini-o„zi 
tarbiyalar ekan, ushalarning eng ma‟quli, ayniqsa, o„zi rahbarlik qilayotgan 
jamoaga moslarini tarbiyalashi maqsadga muvofiqdir. 
Har bir lider yoki boshliq o„zicha individual va qaytarilmasdir. Buning 
boisi xar bir boshliq o„z ish faoliyatini, boshqaruv faoliyatini o„ziga xos tarzda 
tashkil etishidadir.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə