Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/99
tarix16.03.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#102651
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   99
M.M.Axmedjanov Kasbiy psixologiya1- qo\'shimcha adabiyot

14.
 
 
Liderlarning qanday tiplari farqlanadi? To`liq va aniq javobni belgilang.
a)
faoliyatining mavqeyiga qarab, boshqarish usuliga ko‟ra, faoliyat xarakteriga 
qarab; 
b)
faoliyatining mazmuniga qarab, boshqarish ahamiyatiga ko‟ra, faoliyat 
xarakteriga qarab; 
c)
faoliyatining mazmuniga qarab, boshqarish usuliga ko‟ra, faoliyat xarakteriga 
qarab; 
d)
faoliyatining mazmuniga qarab, boshqarish usuliga ko‟ra, faoliyat turiga qarab. 
15.
 
 
Faoliyat xarakteriga qarab qanday
 
tiplari farqlanadi? To`liq va aniq 
javobni belgilang.
a)
absolyut, situativ;
b)
universal, umumiy;
c)
doimiy, situativ;
d)
universal, situativ.
Foydalanilgan adabiyotlar 
1.
Karimova V.M., Xolyigitova N. Psixologiya: O„quv qo„llanma - TDIU, 2014. 
2.
G`ozuev E. Umumiy psixologiya. - T., 2002. 1- 2 kitob. 
3.
Axmetjanov M.M., Jumayev U.S. Kasbiy faoliyat psixologiyasi. Darslik, 
Buxoro, “Durdona” nashr., 2020. 326 b. 
4.
Umarov B.M., Psixologiya. Darslik- “Voris nashriyot”, Toshkent, 2012 y. 270 b 
5.
 
www.expert.psychology.ru 
6.
 
www.psycho.all.ru 
7.
 
www.psychology.net.ru 
Mavzu 6. Kasbiy psixologiyada rahbarlik va boshqaruv 
asoslari.
 
 
Tayanch iboralar: 
rahbar faoliyati, psixologik xususiyatlar, boshqaruv
qarorlari mohiyati, qaror qabul qilish darajalari, qaror qabul qilish bosqichlari, 


120 
qaror qabul qilish - psixologik jarayon sifatida, rahbar shaxsi xislatlari, 
zamonaviy rahbar qiyofasi, rahbar faoliyatida muzokara, muzokara turlari, 
boshqarish muammosi, guruhlarda liderlik, liderlik uslublari (avtoritar uslub, 
demokratik uslub, liberal uslub), rahbarlik uslubi. 
 
Hozirgi davrda boshqaruvning psixologik talqini, uning mohiyati va 
mazmuni muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa boshqaruv psixologiyasining 
mexanizmlarini tadqiqot qilish muammolari, uning nazariy asoslari, yetakchi 
funksiyalarining o„zaro aloqadorligi, o„zaro munosabatlarning ob‟ektivligi va 
sub‟ektivligi hamkorlik uchun muhim ahamiyatga ega. Agarda mazkur jarayonda 
uyg„unlik hukm sursa, jamoa yoki muayyan tizimda o„zaro tushunuv, barqarorlik, 
mahsuldorlik ro„yobga chiqadi. Bu ijtimoiy-psixologik hodisalar, holatlar, 
vaziyatlar, muammolar yechimi ko„p jihatdan boshqaruv psixologiyasi 
materiallariga, uning ijtimoiy-amaliy tizimiga, tadrijiylikka bevosita bog„liq. 
Huddi shu boisdan mazkur fan sohasini o„rganish davr talabi, sivilizatsiya taqozasi, 
jamiyat taraqqiyoti, ravnaqining zaruriyatidir. 
Boshqaruv psixologiyasi asoslarini puxta egallash orqaligina har bir 
insonda yuksak his-tuyg„ular, mehnatga ijobiy munosabat, ijtimoiy faollik, 
komfort hislarini shakllantirish mumkin. O„zini-o„zi anglash milliy ong kabi 
yuksak tuyg„ularni qaror toptirish orqali mehnatsevar, vatanparvar kishilarni 
shakllantirish joiz. Bozor iqtisodiyotining birmuncha murakkab mexanizmlari qay 
yo„sinda ishlashini tushunib yetish, muvaffaqiyatli faoliyat ko„rsata olish uchun 
nimalar qilish kerakligini anglash, unga to„g„ri yo„l topa bilish mumkindir. 
Hozirgi ijtimoiy muhitda shaxslararo munosabatlar silsilasida “birdamlik 
ruhi” va “mushtaraklik tuyg„usi” singari hamkorlik faoliyatini yo„lga qo„yishning 
samarali usullari va uslublari psixologiya fanida ishlab chiqilgan. Huddi shu nuqtai 
nazarga binoan ijrochi, amalga oshiruvchi inson fikrlashga ojiz robot emas, balki 
individual maqsad va manfaatlarga erishish yo„lida o„zining muayyan ijtimoiy 
ehtiyojlari majmuasiga ega bo„lgan o„ziga xos shaxs sub‟ektidir, degan ta‟rifni 
berish bilan birga u ziddiyatli zot ekanligiga asoslanib menejerga (boshqaruvchiga) 
jiddiy e‟tibor qaratishni hamda uning jamoadagi faoliyati darajasiga asoslanib, 


121 
jamoaning unga nisbatan munosabatini shakllantirish va aksincha holatlarni 
o„rganishga e‟tibor ortayotganligini ta‟kidlab o„tish maqsadga muvofiq. 
Jahon psixologiyasi fanida xalq xo„jaligi tarmoqlarini tashkil qilish va 
ularni boshqarish jarayonida “inson-texnika” tizimidan tashqari “inson-inson” 
(“inson-tabiat”, “inson-obraz” singari yondashish bundan istisno) munosabatlari 
muhim ahamiyat kasb etishi, uning tahlili ko„p jihatdan sotsial psixologiyaning 
empirik ma‟lumotlariga asoslanishi muayyan darajada yoritilgan. Amaliy, tatbiqiy 
xususiyatli ma‟lumotlar menejer shaxsiyatining gultojisidir. 
Ishlab chiqarish jamoalari va moddiy 
mahsulot yaratmaydigan 
muassasalarning hodimlarini sotsial psixologik jihatdan idora qilishning jabhalarini 
tadqiqot qilishda mazkur fanning metodologiyasi va xalq xo„jaligini 
boshqarishning umumiy qonuniyatlariga asoslangan holda faoliyatni uyushtirish, 
omilkorona yo„lga qo„yish yuksak samaralar beradi. Psixologiya faniga 
“boshqaruv” tushunchasi davlat, jamiyat, jamoat, ishlab chiqarish va texnikani 
boshqarish tizimidan, ya‟ni kibernetikadan kirib kelgan bo„lib u hozirgi davrda 
insonning xulqi, xususiyatlari, ruhiy holatlari, bilish jarayonlari, ommaviy, 
jamoaviy va ruhiy harakatlarni boshqarish ma‟nosini bildiradi. U hozirgi davrga 
kelib: 
“inson-inson”, 
“inson-jamoa”, 
“jamoa-inson”, 
“jamoa-jamoa” 
munosabatlarining boshqaruv imkoniyatlarini tekshirishni taqozo qiluvchi 
istiqbolli, mustaqil, maxsus sohalarga o„z predmeti ko„lamini yanada kengaytiradi. 
Natijada boshqaruv yangi qonuniyatlari, mexanizmlari, omillari, ijtimoiy 
manbalari. shaxslararo munosabat uslublari, yakka shaxsning ijtimoiylashuvi 
xossalari, menejer va tobe kishilar yoki hodimlar o„zaro muomalasining maromi, 
tekshirishning o„ziga xosligi, uslubiyatning takomillashuvi, nizoli va ziddiyatli 
vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqilona yechimini topish, mazkur 
jarayonda iliq, psixologik muhitning roli, uning ob‟ektiv va sub‟ektiv ahamiyati, 
mahsulot samaradorligini oshirishning imkoniyatlariga doir empirik va nazariy-
metodologik materiallar to„plashning qulay shart-sharoiti yuzaga keladi. 
Shuni alohida ta‟kidlab o„tish joizki, boshqaruv psixologiyasi xo„jalikni 
yoki muassasani boshqaruvining ijtimoiy-tarixiy prinsip (tamoyil) lariga va qonun 


122 
(qonuniyat) lariga bevosita asoslanadi. Bular qatoriga quyidagilarni kiritish 
mumkin: 
1) demokratik detsentralizm (mahalliy boshqaruv ustuvorligi); 
2) boshqaruvda yakkaboshchilik; 
3) siyosiy, iqtisodiy, ma‟naviy, ma‟rifiy rahbarlikda (ma‟muriyatda) 
xo„jalik yuritishning birligi; 
4) xo„jalik hisobining oqilligi; 
5) boshqaruvning rejaliligi; 
6) ommaning boshqaruv jarayonida faol qatnashuvi; 
7) hamkorlik faoliyatining ishtirokchilarini ma‟naviy va moddiy jihatdan 
rag„batlantirish; 
8) kadrlarni tayyorlash, tanlash va joylashtirish jarayonida psixodiagnostika 
tizimiga asoslanish. 
Boshqaruv psixologiyasining predmeti ta‟rifi bo„yicha bir qancha shakldagi 
mulohazalar mavjud bo„lsa-da, lekin ularning birontasi ham uning tub ma‟nodagi 
xususiyati va mohiyatini ochish imkoniyatiga ega emas. Bu asnoda XX asrning 60-
70 yillarida berilgan ta‟riflar xilma-xil bo„lib, ular sohaning yo„nalishi mazmunini 
chuqurroq yoritilishiga qaratilgandir. Ushbu fikrimizni dalillash maqsadida ayrim 
ma‟lumotlarga murojaat qilamiz va ularni tahlil etishga (sharhlashga) intilamiz. 
XX asrning 60-80 yillarida AQSH va Yevropaning bir qator 
mamlakatlarida zamonaviy boshqaruv nazariyasi rivojlana boshladi. Ilg„or 
davlatlarning nazariyotchilari tizimli boshqaruvni tashkil qilish maqsadida XXI 
asrning bo„sag„asida psixologiya fanida bir qancha konsepsiyalarni ishlab 
chiqdilar, chunonchi: 
- tizimli yondashuv; 
- tarmoqlararo uyg„unlik; 
- ichki va tashqi omillarga asoslanuvchi boshqaruvlikka bog„liq idora etish 
majmuasini yaratish;
- gemogen va geterogen xususiyatlarini hisobga oluvchi omilga
asoslanish va hokazo.


123 
Boshqaruvni muvaffaqiyatli va samarali amalga oshirish ko„p jihatdan 
tashkilotda ishni uyushtirishning darajasiga va holatiga bog„liq. 
Tashkilot bo„lishi uchun biron-bir guruh, o„z oldiga qo„yilgan bir nechta 
talabalarga javob berishi kerak, ya‟ni: 
- eng kamida 2 kishi o„zini aynan shu guruhning a‟zosi deb bilishi; 
- mazkur guruh a‟zolari uchun umumiy bo„la oladigan eng kamida bitta 
maqsadning mavjudligi; 
- o„zlari uchun ahamiyatli bo„lgan maqsadga erishish yo„lida birgalikda 
ishlash istagi guruh a‟zolarining birligi kabilar. 
Yuqoridagi talabalarni umumlashtirgan holda tashkilotga ijtimoiy 
psixologik ta‟rif berish mumkin. Jumladan, tashkilot - bu faoliyatlari bir umumiy 
maqsad yoki maqsadlarga erishish yo„lida ongli ravishda muvofiqlashtirilib 
turiladigan kishilarning guruhidir. 
Tashkilotning maqsadi uning resurslarini o„zlashtirish orqali natijaga 
erishishga qaratiladi. 
Tashkilot tavsiyanomasining eng muhim tomoni, ya‟ni mehnat taqsimoti 
haqidagi fikrni bayon qilishdir. Hatto 2 kishidan iborat tashkilotda ham maqsadga 
erishish uchun birgalikda bajariladigan ishning o„zaro taqsimoti amalga oshiriladi, 
ammo bu holatda garchand aniq vazifalar belgilab berilgan bo„lishiga qaramay, 
ularni amalga oshirishda ufqiy mehnat taqsimotiga doimo rioya qilinavermaydi. 
Biroq murakkab maqsadlari mavjud tashkilotlarda ufqiy mehnat taqsimotining o„ta 
aniq amalga oshirilishi talab qilinadi. Shuning uchun faoliyatning maqsadi va 
vazifasi aniq belgilab qo„yiladi. Aniq maxsus maqsadlarni yuzaga chiqarish uchun 
esa, bunday vazifalarni bajaruvchi bo„linmalar ta‟sis etiladi. Har bir tashkilot 
o„ziga bir nechta kichik tashkilotchilarni birlashtiradi. 
Shunga mos ravishda tashkilot oldiga qo„yilgan maqsadlarga erishish 
uchun belgilab berilgan vazifalarni ijro etish bilan shug„ullanuvchi bir nechta 
bo„limlarning faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi, o„z mohiyati bilan boshqaruv 
deb nomlangan mehnatning vertikal taqsimoti amalga oshiriladi. 
Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda boshqaruvga shunday 


124 
ta‟rif berish mumkin: “Boshqaruv - bu muassasalarda ustuvor maqsadlarni 
shakllantirish va ularga erishish yo„llarini rejalashtirish, tashkiliy, motivatsion, 
baholash, nazorat qilishni amalga oshirishdan iborat ijtimoiy psixologik yaxlit 
jarayondir”. 
Samarali boshqaruvni amalga oshirish keng ko„lamli ishlarni amalga 
oshirish bilan ko„proq bog„liq bo„lsa-da, lekin aslida quyidagilarni: 
a) o„z shaxsiy maqsadini aniqlash; 
b) o„zini va o„zgalarni xolisona baholay bilish; 
c) o„z vaqtini to„g„ri taqsimlash; 
d) o„z vaqtida va aynan maqbul qarorlarni qabul qilish; 
e) faol faoliyat ko„rsata olish; 
f) stress holatini bartaraf etish; 
g) o„zini o„zi nazorat qilishi; 
h) me‟yoriy darajada kiyinish va go„zal yashash singari muammolarni hal 
etish bilan bog„liqdir. 
Ta‟kidlab o„tilgan individual shaxsiy sifatlarning majmuasi boshqaruv 
sohasida o„z faoliyatini o„zi boshlagan har bir hodim qobiliyati va mahoratini to„liq 
namoyon etishiga imkoniyat yaratadi. Qolaversa, har bir alohida olingan 
xodimning: 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə