99
munosabati jarayonida shakllanadi. Rodjersning nazariyasiga ko‟ra
quyidagilar
muhim ahamiyatga ega:
- shaxslararo munosabatlar tenglikka asoslanishi, bir kishi ikkinchisiga
tazyiq o‟tkazmasligi, har bir kishining mavqei hurmat qilinishi lozim;
- shaxsning "o‟zagini" uning o‟zi haqidagi bahosi tashkil qiladi. Bu baho
tashqi muhit bilan o‟zaro munosabatlar
jarayonida shakllanadi;
- shaxsning "self" yoki "Men - kontseptsiya" ichki, organik va ijtimoiy
sezgilar orasidagi o‟zaro mosligini aks ettiruvchi xususiyat sifatida shakllanadi.
- shaxsning asosiy motivi "o‟zligi"ni o‟stirish motividir.
Shaxsning o‟sishi esa ijtimoiy muhit, shaxslararo munosabatlar ta‟siri ostida yoki
tezlashadi yoki sekinlashadi.
Shaxsni o‟sishga undovchi kuch, K.Rodjersning fikricha, "Men
kontseptsiya" va "ideal Men" orasidagi tafovutdir.
Shaxs
haqidagi
eng
yangi
nazariyalar.
Psixologiyada
yangi
nazariyalarning salmog‟i juda katta. Erik Bern (1902-1970)
shaxsni
rivojlantirishning amaliy va nazariy asosi sifatida xizmat qilishga yo‟naltirilgan
"transakt tahlil" nazariyasini taklif qildi. Erik Fromm (1900-1980) gumanistik
psixoanalizga
asos
soldi.
Djordj
Gerbert
Mid
(1863-1931)
simvolik
kommunikatsiyaning interaktsionistik nazariyasini ishlab chiqdi. Karl Leongard
"Shaxs aktsentuatsiyalari" nazariyasiga asos soldi.
Keyingi yillarda Aleksandr Kellining (1905-1966) "Shaxs konstruktlari"
nazariyasi juda keng tarqaldi va qo‟llanilmoqda. Bu nazariyaga asosan shaxsning
bilish jarayonlarining kechishi uning kelajakdagi hodisalarni qanday "ko‟ra olishi"
(oldindan modellashtirishi, tasavvur qilishi) bilan aniqlanadi. A. Kellining fikricha
har bir odam tadqiqotchi. U doimo o‟zidagi "shaxs konstruktlari", o‟zining maxsus
baholash shkalalari asosida reallikning obrazini tuzadi (hosil qiladi). Agar tuzilgan
obraz haqiqatdan farq qilsa, to‟g‟ri kelmasa mavjud konstruktlar qayta quriladi.
Barcha bilish
jarayonlarining samaradorligi, muvaffaqiyatli konstruktlar qurish
kishining psixologik bilim darajasiga bog‟liq.
100
Ma‟naviy ehtiyojlar moddiy ehtiyojlar bilan uzviy bog‟liqdir. Ma‟naviy
ehtiyojlarni qondirish uchun, moddiy ehtiyojlar predmeti hisoblanmish moddiy
narsalar (kitoblar,
gazetalar, yozuv va nota qog‟ozlar, bo‟yoqlar va shu kabilar)
talab qilinishi shubhasiz. ehtiyojlarning qondirilishi bilan bog‟liq bo‟lgan
faoliyatga undovchi va uning yo‟nalishini belgilovchi sabablar motivlar deb
ataladi. Unda sub‟ektning faolligi namoyon bo‟ladi. ehtiyojlar kishi faolligi va
barcha turlarining mohiyatini, asosiy harakatlantiruvchi
kuchini tashkil etarkan, u
holda motivlar ushbu mohiyatning konkret, rang - barang ko‟rinishlari sifatida
namoyon bo‟ladi. Motivlar yoki motivlashtirish psixologiyada sub‟ektning xulq -
atvori va faoliyati yo‟nalishini belgilab beradigan sabablar sifatida qaraladi.
Motivlar biri-biridan ehtiyojlar turlariga qarab farqlanadi. ehtiyoj
motivlarda namoyon bo‟ladi. Murakkab faoliyat asosida bir vaqtning o‟zida bir
qancha motivlar yotadi. Inson hatti-harakatining asosida
yotgan bunday motivlar
guruhiga motivlar tizimi deyiladi.
Motivlar anglanilgan va anglanilmagan bo‟lishi mumkin. Anglanilmagan
motivlar odatda mayllar deb yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: