Kasbiy ta`lim” fakulteti «Informatika va axborot texnologiyalari» kafedrasi



Yüklə 2,64 Mb.
səhifə15/48
tarix20.10.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#128924
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48
LEK.kompyuter grafikasi

Nogeometrik ob`ektlar.
Misol sifatida 3D Studio Max dasturini ko’rishni davom ettiramiz. Quyidagi ob`ekt turlarini qarash e`tiborga loyiq.
Yoritish manbai (light objects) tashqi va ichki yoritishni ifodalashda ishlatiladi. Turli algoritmlar yorug’lik tarqatuvchi turli manbalarni yaratadi: bir nuqtadan barcha tomonga tarqaluvchi nur; projektordagi chiquvchi fokuslangan yorug’lik; yo’naltirilgan manbadan chiquvchi yo’naltirilgan nur. Bunda manbalardan chiquvchi nur turli rangda bo’lishi, ma`lum masofadan keyin pasayishi shuningdek ob`ektlarning soyalarini hosil qilishi mumkin.

10 – Rasm. Yoritishni tashkil etish.


Kameralar (cameras) – kadr tekisligida ob`ekt aksini to’liq nazorat qilish imkonini beradi. Uning eng asosiy tavsifi, ko’rish maydonini aniqlovchi kamera ob`ektivining foks masofasidir. Bu ikki parametr o’zaro bog’liq va mos ravishda gradus va millimetrlarda o’lchanadi. Yana bir muhim tavsif bu qirqim tekisligidir. U sahna qismining ko’rinish masofasini aniqlaydi.

11 – Rasm. Kamerani o’rnatish usuli.
Bo’laklanish tizimlari (bones systems) – bir-biri bilan bog’langan bo’laklar. Ular modellashtirilayotgan ob`ekt harakatining murakkab kinematikasini ifodalaydi. Namoyish jarayonida ko’rinmas bo’lib, harakatlanayotgan ob`ektlar yoki skeletini tashkil etadi.

12 – Rasm. Tana a`zolariga ajratish.
Fazoni bukuvchilar (space warps) ob`ektlarga tashqi kuchlar ta`sirini ifodalaydi, bu – ma`lum ob`ektlarga ta`sir ko’rsatuvchi kuchlar maydoni. Misol sifatida sirtning to’lqinli deformatciyasi, yoki ob`ekt bo’laklarini sochib yuboruvchi zarbdor to’lqinlarni keltirish mumkin.

13 – Rasm. Fazo deformatciyasi.


Materiallar va xaritalar.
Materiallar sirtning namoyishi xususiyatlarini, ya`ni sirtning sahna yoritilganligi bilan munosabatini aniqlaydi.
Sirtlarning quyidagi xususiyatlari materiallarning yorug’lik bilan munosabatini aniqlaydi.
- rang (color);
- shaffoflik (transparency);
- silliqlik (shiness)
- nurning sinish koeffitcenti (refractive index).
Rang va shaffoflik nur sochilishni aniqlaydi. Sinish koeffitcenti va silliqlik yordamida sirtdan shu`lalar va nurli oynaviy qaynatish aniqlanadi.
Material rangini tanlashda quyidagilarni hisobga olish kerak:
- Materialni aniq rangini aniqlash.
- Rangning to’qliq darajasi.
- Rangning yorug’lik darajasi.
Shaffoflikning qiymati – yorug’likning qanday qismi jism orqali o’tishiga bog’liq bo’ladi. Sirtga tushuvchi yorug’lik shaffof materialdan o’tganda bir qismi tarqalib ketadi va zaiflashadi. Bu zaiflashuv shaffoflik koefitcientining qiymatiga bog’liq.
Material silliqligi – sirtga tushayotgan nur qaytishini belgilaydi. Material silliqligi qanchalik yuqori bo’lsa – namoyish paytida ulardan aniqroq aks va shu`lalar paydo bo’ladi. Namoyish paytida fotorealistik sifatni olish uchun - material xususiyatlarini juda aniq berish kerak. Shu maqsadda grafik dasturlarda turli fikr xususiyatli materiallar andoza (shablon)lari ishlatiladi. Andozalardan foydalanish dizayner ishini keskin osonlashtiradi. Sirt yuzasiga har xil bezaklarni (uzor) tushirish uchun dasturlarda teksturali xaritalar (dekorativ bezak - maps) ishla­tila­di. (Masalan devorga terilgan g’isht, timsoh terisidan tayyorlangan buyum). Oldindan tayyorlangan teksturalar har xil turdagi fayllarda (BMP, TIF,JPG, EPS,..) saqlanishi yoki ularni tez qurish qoidalari ko’rinishida saqlanishi mumkin.

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə