Kasbiy ta`lim” fakulteti «Informatika va axborot texnologiyalari» kafedrasi



Yüklə 2,64 Mb.
səhifə16/48
tarix20.10.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#128924
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   48
LEK.kompyuter grafikasi

Nazorat uchun savollar

  1. Koordinatalar sistemasi nima?

  2. Nogeometrik ob`ektlarning xususiyati nimada?

  3. Poligonal ob`ektlar qanday modellashtiriladi?

  4. Dinamik ob`ektlarni xarakterlab bering?

  5. Tasvirda rang tanglashda nimalarga e`tibor berish kerak?

  6. Sirtning qanday xususiyatlari uning yorug’lik bilan munosabatini aniqlaydi?

MA`RUZA № 5
BoshlanG’ich ma`lumotlar. OB`EKTLARNI YaRATISh.
(OYNA, PANEL, KO’RINISh)


  1. Dasturni ishga tushirish uchun sichqonchaning chap tugmasi bilan Windows sistemasining Start (Pusk) iga bosish kerak.

  2. 3DMAX yorlig’ini (1.1-rasm) topish va unga sichqon chap tugmasini bosish kerak.



1.1.-rasm 3DMAX ni ishga tushirish yorlig’i
Bundan keyin yozuvlarni qisqartirish uchun sichqon chap tugmasini LM ifoda bilan ko’rsatamiz. Dastur ishga tushirilgan. U yuklangan, ekranda 3DMAX interfeys paydo bo’lgan. Dastur ishchi maydoni proektciya (soya)lar oynalariga bo’lingan. Sukut saqlanganda ekranda proektciyaning to’rtta oynasi – Tor (yuqoridan ko’rinish), Front (oldindan ko’rinish), Left (chapdan ko’rinish) va Perspective (perspektiva - uzoqdan ko’rinish) bo’ladi. yagona vaqtda oyna proektciyalaridan faqat bittasi, ya`ni ko’rish uchun ajratilgani faol bo’ladi. Faol oq rangli ramka bilan ko’rsatilgan.
Ob`ektlarni yaratish.
Standart sodda geometrik shakllarni ko’rish.
Parallelepiped panjarali (karkasli) parallelepiped qurish.

  1. Geometry (geometriya) tugmasida LM bosiladi va ob`ekt tugmalari ro’yxatidan Extended Primitives (yaxshilangan sodda shakllar) tanlanadi.

Object Type (ob`ekt turi) ro’yxatidan oddiy 7 primetiv turlariga mos keluvchi yozuvli tugmalar paydo bo’ladi.





1.2.-rasm. Ajratilgan tugmali asboblar paneli.

  1. Chamfer Box (faqat parallelepiped tugmasida LMni bosing).

Buyruq panelining quyi qismida uch yozuv: Creation Method (yaratish usuli), Keyboard Entry (klaviaturali kiritish) va Parameters (parametrlar) paydo bo’ladi.

  1. LM bilan Perspective proektciyasi oynasini bosing va tugmani qo’yib yubormasdan, asosini chizib, kursorni diagonal bo’yicha tortib boring.

Parameters (parametrы) da Length (uzunligi) va Width (kengligi) parametrlar miqdorining o’zgarishini kuzating.

  1. Asos uzunligi va kengligini o’rnatish uchun sichqon tugmasini qo’yib yuboring.

  2. Parallelepiped balandligini berish uchun sichqonning yuqori quyi qo’yib yuborilgan tugmasida kursorni joylashtiring.

Parametrlar majmuasida Height (balandlik) parametri qiymatini kuzating.

  1. Balandlikni o’rnatish uchun LM ni bosing. Shundan keyin kursorni yana ba`zi bir masofa yuqoriga siljiting va LM ni bosing. Hozir siz o’lchagan masofa, 450 burchak bilan qirqiluvchi faska kengligiga teng bo’ladi. Faska balandligini shuningdek Fillet (faska) parmetri yordamida ham berish mumkin.

  2. Faska sirtini siliqlovchi Smooth (silliqlash) rejimini ulang. Natijada, yasalgan parallelepiped 1.3-rasmda ko’rsatilgan ko’rinishga ega bo’lishi kerak.

Biz segmentlar soni 1ga teng bo’lgan (sukut saqlanganda) parallelepiped hosil qildik. Segmentlar sonini o’zgartirish uchun Lengs Segs (uzunligiga ko’ra segmentlar) va Width Segs (kengligiga ko’ra segmentlar) parametrlarni ko’rsatish kerak. Segmentlar sonini oshirish ob`ektining turli kobig’ini keyinchalik tahrirlash uchun zarur bo’ladi. Faska chegarasida segmentlar sonini Fillet Segs (faska bo’yicha segmentlar) o’zgaruvchisi yordamida berish mumkin.



1.3-rasm. Faskali parallelepiped
Faskali tcilindr.

  1. Create (yaratish) buyruqlar panelida Geometry (Geometriya) tugmasini bosing. Ro’yxatdan Extended Primitives (yaxshilangan primitivlar) variantini tanlang va Chamfer suv (faqat tcilindr) tugmasini bosing.

Bu ishlar yordamida tcilindrli sektor va ko’p qirrali prizmani yaratish mumkin.

  1. Tcilindrning bir chekkasidan ikkinchi chekkasigacha bo’lgan asosini yasash uchun Creation Metod (Yaratish usuli) majmuasi ulagichini Ende (chekkadan) holatida, uni dismetri bo’yicha cho’zib, o’rnating.

  2. Radius miqdoriga ko’ra markazdan asosan yasash uchun Center (markazdan) ulagichini o’rnatish kerak.

Tcilindr asossining boshlang’ich nuqtasi joylashadigan proektciyaning ixtiyoriy oynasidagi nuqtaga LM ni bosing va uni qo’yib yubormasdan, asosini cho’zib kursorni toping. Asos radiusini o’rnatish uchun sichqon tugmasini qo’yib yuboring.
Parameters (parametrlar) majmuasidagi Radius (Radius) parmetrining miqdori asos radiusi o’zlarining ko’rsatadi.

  1. Sichqonning yuqori yoki quyida qo’yib yuborilgan tugmasida kursorni, tcilindr balandligini berish uchun, joylashtiring. Balandlikni o’rnatish uchun LM ni bosing. Hozir o’lchangan masofa 450 burchak ostida qirqilgan faskaning kengligiga teng bo’ladi.

  2. Parameters (parametrы) majmuasidagi quyidagi parametrlarning qiymatini bering:

Height (Balandlik) tcilindr balandligi Height Segments (balandligiga ko’ra segmentlar) – sirt segmentlari miqdori; Cap Segments (asos aylanasi) – radiusiga ko’ra segmentlar soni;
Fillet (faska) – faska miqdori;
Fillet Segs (faska bo’yicha segmentlar) – faska bo’yicha segmetnlar. Tcilindrni yasash natijasi 1.4-rasmda ko’rsatilgan.


1.4-rasm. Faskali tcilindr.

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə