Kasbiy ta’lim ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari S. Matyoqubova 20 yil



Yüklə 6,78 Mb.
səhifə258/267
tarix06.01.2023
ölçüsü6,78 Mb.
#98278
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   267
Pedagogik amaliyot 360 majmua (4)

Savolga javob beradilar
Tinglaydilar

Savollarga javob beradilar.

Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar.

Savollarga javob beradilar

3-bosqich.


Yakuniy
(10 daq.)

Mashg‘ulot yakuni va uyga vazifa berish.
3.1. Mavzuni yakunlaydi va mazkur fanning kelgusida kasbiy faoliyatlaridagi axamiyatini yoritish bilan yakunlaydi.
3.2.O‘quvchilar bilimini baholaydi.
3.3. Uyga vazifa beradi va uni bajarish yuzasidan yo‘riqnoma beradi




Diqqat qiladilar.


Vazifani yozib oladilar


Fan o‘qituvchisi: ___________________
58-Mavzu: Turli yosh guruhlarida umumiy guruhiy tasviriy faoliyat mashg’ulotini o’tkazish
REJA:

    1. Maktabgacha ta'lim muassasasida tasviriy faoliyat mashg'ulotlarini rejalashtirish va hisobga olish

    2. Tasviriy faoliyat mashg'ulotlarida bolalarni maktabga tayyorlash

Maktabgacha ta'lim muassasasida tasviriy faoliyat bo'yicha ishlarni rejalashtirishda asosiy printsip, bu tasviriy faoliyatni ta'lim-tarbiyaviy ishning eng muhim bo'limlaridan biri sifatida qarash hisoblanadi. Tasviriy faoliyat bo'yicha ishni ma'lum bir vaqtga rejalashtirishda, shu davrda faoliyatning boshqa turlari bo'yicha amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiyaviy ishlarni ham nazarda tutmoq lozim. Tasviriy faoliyat bo'yicha mashg'ulotlarni rejalashtirishda, albatta tasviriy faoliyat mashg'ulotlari o'rtasida o'zaro bog'liqlikni ham hisobga olmoq zarurdir. Tasviriy faoliyatning har bir turi o'ziga xos vazifalarni hal etadi, ammo qanday bo'lsa-da, ularni bir yo'nalish, maqsad bo'yicha (tevarak-atrof, hayotning xilma-xil, o'ziga xos ko'rinishlardagi tasviri) birlashadilar. Tasviriy faoliyat turlari - rasm chizish, loy bilan ishlash, applikatsiya o'ziga xos tasviriy texnikaga egadir. Tasviriy faoliyat bo'yicha ishni rejalashtirishda tarbiyachi, albatta har bir turdagi mashg'ulotlar soniga qat'iy rioya qilishi lozim. Tasviriy faoliyat bo'yicha mashg'ulotlarni rejalashtirish, yuqoridagilardan tashqari, mashg'ulot qanday materiallar bilan o'tkazilsa, maqsadga muvofiq bo'lishini ham tarbiyachi nazarda tutmog'i lozim. Masalan, loy bilan ishlashda - loy yoki plastilin, rasm chizishda - guash, rangli qalam, ko'mir tayoqchasi va hokazo. Shuningdek, tarbiyachi mashg’ulotning dastur mazmunini tanlashda, bolalarga qanday predmetlarni chizdirish haqida emas, balki shu predmetni chizdirish yoki loydan yasattirish orqali qanday bilim va ko'nikma berish yoki o'rgatish haqida ko'proq o'ylashi lozim. Ixtiyoriy mashg'ulotlarni rejalashtirishda esa tarbiyachi bolalarning mustaqilligini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi o'rgatish usullari to'g'risida o'ylab olishi kerakdir. Tarbiyachi ishlarni rejalashtirishda u yoki bu guruh bo'yicha dastur qo'ygan vazifalarning barchasini e'tiborda tutgan holda ish rejasini tuzadi. Shuningdek, tasviriy faoliyatlari bo'yicha bir oyga mo'ljallangan istiqlol reja tuzish ham maqsadga muvofiqdir. Bunda tarbiyachi tasviriy faoliyat mashg'ulotlari o'rtasidagi o'zaro bog'lanishni ham nazarda tutadi. Shunday qilgan taqdirdagina, bolalar ma'lum bilim, malaka va ko'nikmaga ega bo'lishlari mumkin bo'ladi. Bundan tashqari, tasviriy faoliyat turlari o'rtasidagi o'zaro bog'lanish natijasida tevarak-atrofni badiiy jihatdan o'zlashtirishlarning yangi-yangi yo'llari vujudga keladi va bolalar tevarak-atrofni obrazli qilib tasvirlashning turli xil usullari bilan tanishadilar. Demak, tasviriy faoliyat turlari o'rtasidagi o'zaro aloqa ishlarini rejalashtirishda katta ahamiyatga ega ekan



Tasviriy faoliyat bo'yicha ishni rejalashtirishda tarbiyachi bolalar bilan ishlashda foydalanadigan metod va usullariga ham ahamiyat bermog'imiz lozim. Bular ko'rsatmali va og'zaki metod hisoblanadi. Ko'rsatmali va og'zaki metod o'zaro birgalikda olib borilishi lozim. Demak, tarbiyachi tasviriy faoliyat bo'yicha ishlarni rejalashtirishga juda katta ahamiyat bermog'i lozim ekan. Tarbiyachi ishni rejalashtirishga qanday ahamiyat bergan bo'lsa, ishni hisobga olishga ham shunday e'tibor bermog'i lozim bo'ladi. Chunki bu narsa -tarbiyachiga tasviriy faoliyatga o'rgatish bo'yicha dastur vazifalari talablari qanday bajarilganligini aniqlashga va mashg'ulotlarnmg sifatli chiqishi uchun qanday tayyorgarlik ishlarini ko'proq olib borish lozimligi hamda o'rgatishlarning yangi xilma-xil metod va usullari ustida ko'proq ishlash lozimligini aniqlab olishga va keyinchalik ulardan bolalar bilan ishlashda foydalanish uchun yangi-yangi imkoniyat yaratib beradi. Tasviriy faoliyat bo'yicha bolalar ishini tahlil qilish ikki shaklda olib borilishi mumkin.


Maktabgacha ta'lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg'ulotlarida bolalar asosan amaliy ish bajaradilar, san'at asarlari bilan rasmga qarab hikoya qilish, kitobdagi illustratsiyalarni ko'rib chiqish jarayonida tanishadilar. Maktabda tasviriy san'atning turlari - rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik va dekorativ san'at asarlari bilan yanada chuqurroq tanishadilar. Maktabgacha ta'lim muassasasida tasviriy faoliyal mashg'ulotlari xilma-xildir. Masalan, rasm, mazmunli dekorativ va loy applikatsiya mashg'ulotlari. Maktabgacha ta'lim muassasalarida barcha mashg'ulotlarga katta ahamiyat beriladi. Maktabda esa tasviriy san'at darslarida rasm (naturaga qarab) mavzu asosida va dekorativ turlari o'tkaziladi. Bunda predmetli rasm bo'yicha naturaga qarab rasm chizish o'quv predmeti alohida ahamiyatga ega bo'ladi. Loy applikatsiya, qurish-yasash bo'yicha amaliy ishlar maktabda qo'l mexnatiga kiritiladi. Boshlang'ich sinf tasviriy san'at dasturining tahlili shuni ko'rsatadiki, predmetli, rasm bo'yicha o'quv vazifalari ancha murakkab tarzda kiritilishidan tashqari, bolalar bog'cha dasturi bo'yicha ayrim takrorlash ishlari kiritildi. 1-sinfda bolalar doira, kvadrat, to'rtburchak, oval kabi tuzilishga ega bo'lgan predmetlarni aniqlashga o'rganadilar, bog'chada bolalar oldiga qo'yilgan vazifa rasm chizish texnikasini egallashdir. Bunga sabab, hamma bolalar bog'chadan maktabga kelmaydilar va shu bois bolalar bilan ishni maktabga kelguncha, tayyorlov guruhda olgan bilimlardan boshlash lozim. Mavzu asosida rasm chizish maktabgacha ta'lim muassasasida o'tkaziladigan mazmunli rasmning davomi sifatida o'tkaziladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hodisa va predmetlarni kuzatib, ko'rib chiqadilar, so'ng xotiralariga asoslanib, ularni chizadilar. O'quvchilar ob'ektlar o'rtasidagi mazmunli bog'lanishlarda uzoqdagi predmetlarni kichiklashtirib tasvirlaydilar. Dekorativ rasm bo'yicha maktabda texnik tartibga doir vazifalar qo'yiladi, ya'ni naqsh tuzilishi ketma-ketligida tasviri bilan birgalikda, yordamchi chiziqlardan foydalanish va o'z ixtiyorlari bilan xalq amaliy-dekorativ san'at elementlaridan foydalanish va san'at haqida o'tkaziladigan dars-suhbat jarayonida o'rganadilar. Bolalarni tasviriy san'atga o'rgatish metodlari bolalarning xususiyatlarini hisobga olgan holda olib boriladi. Katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar va kichik o'quvchilarning ish xususiyatlari o'rtasida ancha yaqinlik bor. Shuning uchun u yoki bularni o'rgatish metodikasi o'rtasida ham ko'p o'xshashlik bor. Maktabda o'qituvchining rasmini ba'zi bir elementini ko'rsatish va shu jarayonida tushuntirish tarbiyachining ish usullarini ko'rsatib berishga yaqin turadi. Maktabda ishning ketma-ketligi tartibli ko'rinishda bo'ladi. Agar tasvirlanayotgan predmetning tuzilishi sodda bo'lsa, tartib tushuntirilgandan so'ng, o'chirib tashlanadi. Agar murakkab tuzilishga ega bo'lgan predmet tasvirlansa, o'qituvchining doskada ko'rsatib berishi bilan ketma-ket tasvirlanadi. O'qituvchi predmetning umumiy konturini qalamning uchi bilan yengilgina belgilab chiqadi hamda uning kengligini, balandligini ham ko'rsatadi. So'ng o'quvchi predmetining xomaki rasmi bilan naturani solishtirib, uning qismlarini, shaklini aniqlaydi, tuzatadi. Ish jarayonida ko'rsatish va tahlil qilish uchun rasmlar to'plarni, bolalar kitobchalaridagi rangli rasmlar, shuningdek, o'quv xarakteriga ega bo'lgan alohida rasmlardan foydalanadi. Rasm bo'yicha o'tkaziladigan har bir dars o'qituvchining suhbatidan va rasmni nimadan boshlash kerakligini tushuntirishdan boshlanadi. Ishning amaliy bajarilishiga o'tishda o'qituvchi bolalarning tartibli ravishda chizish qoida va yo'llarni eslatib turadi. Katta bog'cha yoshidagi bolalar va kichik maktab o'quvchilarining ishiga yoki rasmiga qo'yilgan talablar bir-biriga juda yaqin. Bolalar ishini tahlil qilishda diqqatni predmet proportsiyasi, konstniksiyasi, qismlarining bog'liqligi, rang va kompozitsion tuzilishiga tortish lozim. Shunday qilib, boshlang'ich sinflarda ta'lim-tarbiya masalalarining muvaffaqiyatli hal etilishi, bolalar bog'chasida olib boriladigan tasviriy faoliyati mashg'ulotlari bilan uzviy ravishda olib boriladi. Bolalarni maktabga tayyorlash maktabgacha ta'lim muassasasida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim muassasasida katta guruhdagi kuzatishlar bo'yicha rasm chizishga katta e'tibor beriladi, chunki bu narsa bolalarni naturaga qarab rasm chizishga tayyorlashda dastlabki bosqich hisoblanadi. Bu narsa bolalarda ko'rish xotirasini rivojlantiradi, ba'zida predmet bolalarda natura sifatida to'g'ri tasvirga yordam beradi. Bolalar guruhdagi olib boriladigan tasviriy faoliyati mashg'ulotlarida, qalamdan, mo'yqalamdan erkin foydalanishga o'z xarakterini va qo'l kuchini idora etishga o'rganadilar.




Yüklə 6,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə