Kasbiy ta’lim ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari S. Matyoqubova 20 yil


Talabalarning pedagogik amaliyoti mazkur vazifalarni o‘z ichiga oladi



Yüklə 6,78 Mb.
səhifə266/267
tarix06.01.2023
ölçüsü6,78 Mb.
#98278
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   267
Pedagogik amaliyot 360 majmua (4)

Talabalarning pedagogik amaliyoti mazkur vazifalarni o‘z ichiga oladi: 
1. O‘z mutaxassisligi bo‘yicha institutda olgan nazariy bilimini Amaliy ish bilan
mustahkamlash.
2. Yuqori malakali, ko‘p yillik ish tajribasiga ega o‘qituvchilarning ish tajribalarini
o‘rganish. O‘z mutaxassisligidan dars olib borish malakasini egallash.
3. Maktabdagi o‘quv O‘quv yurti hayoti, uning o‘quv-metodik yo‘nalishi, o‘quv-tarbiya
jarayoni bilan tanishish, o‘quv yurtidagi tarbiya ishlarida faol qatnashish, mustaqil ish
yuritish malakasini hosil qilish.
4. Ona tili va adabiyot fanlaridan sinfdan tashqari olib boriladigan ishlarni o‘rganish va
tashkil etishda qatnashish.
5. O‘zlashtirmovchi o‘quvchilar bilan darsda va darsdan tashqari individual ishlash
usullarini o‘rganish. O‘quvchilarning o‘zlashtrish darajasini ko‘tarishga hissa qo‘shish.

7. Amaliyot davomida sinf rahbarlari ish uslubini o‘rganish, tarbiyaviy ish rejasiga mos


tadbirlar tashkil etib, o‘tkazishga rahbarlik qilish. O‘quv yurti miqyosida o‘tadigan
tadbirlarda faol qatnashish.
8. Ona tili va adabiyotdan o‘quv xonasini jihozlashga, ko‘rgazmali qurollar, metodik
qo‘llanmalar bilan boyitishga yaqindan yordam berish.

1.2. Pedagogik amaliyot bo‘yicha talabalar bilimi va ko‘nikmalariga
qo‘yiladigan talablar: 
-
til bo‘limlarini (fonetika, so‘z yasalishi, leksikologiya, grammatika, orfografiya, orfoepiya,
punktuasiyalarni semantika va uslubiyat bilan uyg’unlikda tahlil qilish va baholash mezonlarini
amaliyotda qo‘llay bilish:
- ona tili va adabiyot bo‘yicha maktab, akademik lisey, kasb-hunar kollejlari ta’limining
mohiyati anglab yetishlari:
- ona tili va adabiyot kabinetini tashkil etish, jihozlash, texnik vositalardan foydalanishni
o‘rganish:
- ona tili sathlarini mustaqil tahlil qila olishi:
- adabiy ta’limga oid materiallarni o‘quvchilar ongiga to‘g’ri va oson yetkazish;
- ona tili va adabiyotini o‘qitishda o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, fikrlash mahsulini
og’zaki va yozma yozma nutq ko‘nikmalarini shakllantirish, malaka hosil qilish yo‘llarini
bilishlari zarur:
- so‘zning ichki (lug’aviy) ma’nolarini, ma’no darajalarini, so‘zni to‘g’ri tanlash va nutqda o‘z
o‘rnida qo‘llash sirlarini anglab yetishi, uning ilmiy-grammatik talqinini bilib olishlariga
erishsish va amalda qo‘llash;
- dars jarayonida qo‘shimcha adabiyotlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalana
bilishi:
- sinf va sinfdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil qila olishi kerak.
IV kursda talabalar uzluksiz pedagogik amaliyotni o‘taydilar. O‘quv yurti: maktab,
akademik lisey va kasb-hunar kolleji pedagogik jamoasi faoliyati bilan tanishadilar; ish rejalari
tuzib, kundalik daftar yuritish, dars kuzatish, haftalik, choraklik o‘quv rejalaridan foydalanish
malakasini hosil qiladilar. O‘quvchilar bilimini, og’zaki, yozma va mustaqil ishlarini baholash
tajribasini o‘rganadilar. Dars konspektini tayyorlab, uni tashkil etish va o‘tkazishga oid mashq
darslarini boshlaydilar. Metod birlashma ishi bilan tanishadilar, birlashma yig’ilishlarida ishtirok
etadilar, sinfdan tashqari ishlarni olib borish tajribalarini o‘rganadilar, tadbirlar tashkil etib
o‘tkazishda qatnashadilar.

Yüklə 6,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə