8 mavzu. Ish bilan bandlik: nazariya va amaliyot



Yüklə 155,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix11.12.2023
ölçüsü155,73 Kb.
#144334
  1   2   3   4   5
8 mavzu



8 mavzu. ISH BILAN BANDLIK: NAZARIYA VA AMALIYOT 
8.1. Aholining ish bilan bandligi bo‘yicha klassik va neoklassik nazariyalar 
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatida aholi ish bilan bandligi siyosatining amaliy chora-
tadbirlari bilan bir qatorda uning nazariy jihatlarini asoslash muhim ahamiyatga ega. Deyarli barcha 
iqtisodiy nazariyalar ma’lum darajada mehnat va aholining ish bilan bandligi masalasiga daxldordir. 
Tabiiyki, mehnat bozori bilan bogiiq muammolarini yoritish ham u yoki bu nazariya ishlab chiqilgan 
tarixiy davr, mualliflarning maqsadi, tadqiqotining bosh mavzusi, uning atrofidagi iqtisodiy voqelikka 
daxldorligi seziladi. 
Klassik maktabning yirik namoyandalaridan biri bo‘lgan Adam Smit va uning izdoshi David 
Rikardolar o‘z ta’limotlarida bozor tizimi resurslari orasida, ishchi kuchi resurslaridan to‘liq foydalanish 
muhim o‘rin tutadi va bozoming samaradorligini ta’minlashga qodir, deb hisoblaydilar. Bu borada 
fransuz olimi Jan Batist Sey ham ishchi kuchi va ish bilan bandlik muammolari bo‘yicha o‘z qarashlariga 
ega bo‘lib, qator masalalar bo‘yicha klassiklar tutgan yo‘lni to‘g‘ri, deb baholaydi. 
XX asrning 30-yillarida G‘arb iqtisodiyotida ro‘y bergan «Buyuk turg‘unlik» klassik maktab 
nazariyasiga qaqshatqich zarba berdi. Bu iqtisodiy inqirozni chuqur tahlil etgan J. S. Keyns, klassik 
maktab vakillaridan farqli ravishda, aralash iqtisodiy tizimni yoqlab chiqqan. Uning nazariyasiga ko‘ra, 
iqtisodiyot faqat mukammal raqobatli bozorlardan iborat emas, narxlar muayyan vaqt davomida 
o‘zgarmay ham turishi mumkin, iqtisodiyot beqaror bo‘lishi sababli davlat undagi ayrim «nosozliklar»ni 
bartaraf etishi uchun ba’zan iqtisodiyotga aralashib turishi kerak. 
XX asrning 60-yillarida esa M. Fridman iqtisodiyotda 
monetarizm 
yo‘nalishiga asos soldi. Mazkur 
maktab vakillari iqtisodiyotda pul taklifi uni rivojlantirishning bosh mezoni, degan g‘oyani ilgari 
surdilar. Monetarchilar qoidasiga ko‘ra, agar pulga doimiy taklif bo‘lsa, iqtisodiyot hamisha barqaror 
bo‘ladi va barcha resurslar to‘la bandligi sharoitida amal qiladi. 
Bu esa keynschilaming pulga taklifiga foizning mutanosib stavkasi kuchli ta’sir ko‘rsatadi, 
shuning uchun pulga bo‘lgan taklifning ko‘payishi jamlanma ishlab chiqarish hajmining ortishiga ta’siri 
sezilarli bodmaydi, degan qarashlarga zid edi. Shu boisdan J. Keyns tarafdorlari fiskal siyosat 
samaraliroq, degan fikrda edilar. 
Monetarchilar esa, aksincha, fiskal siyosat davlat tomonidan tovarlar va xizmatlami sotib olishni 
ko‘paytiradi, buning uchun davlatga qo‘shimcha mablag‘ talab qilinadi, uning qarz olishga ehtiyoji 
ortadi, deb hisoblar edilar. Shuning uchun davlat foiz stavkasini oshirishga harakat qiladi. Monetar 
nazariyada davlatning bu fiskal siyosati iqtisodiyotga xususiy investitsiyalar oqimini cheklashi 
uqtiriladi. Bu g‘oya iqtisodiyot fanida «Xususiy investitsiyalarni siqib chiqarish effekti» («Growding-
out Effect») nomini olgan. 
1970-yillaming ikkinchi yarmida «Taklif iqtisodiyoti» («Supple-side economics») nazariyasi ham 
ilgari surildi. Bu maktab vakillari A. Laffer, R. Mandell fikricha, aholiga tovarlar ishlab chiqarish va 
xizmatlar ko‘rsatishni samarali yo‘lga qo‘yish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish, ya’ni ish 
kuchi va kapital taklifini rag‘batlantirish zarur. Buning uchun davlat tomonidan soliq yukini kamaytirish 
borasida faol siyosat o‘tkazilishi lozim. Chunki tovar ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilar 
soliqlarga qo‘shimcha mahsulot birligi ishlab chiqarishga qo‘shimcha xarajatlar sifatida qaraydilar. 
Soliq yukining oshirilishi jamlanma taklifning kamayishiga olib kelishi mumkin. 
XX asr oxiriga kelib «yangi keynschilar» maktabi shakllana boshladi. Bu oqimning eng taniqli 
namoyandalari G. Menkyu, D. Romer, O. Blansher, S. Fisher va boshqalar J. Keyns standardarini 
zamonaviy iqtisodiyotni tahlil etishga tatbiq etishga harakat qildilar. G. Menkyu va D. Romer 1991-
yilda bu maktabning asosiy prinsiplari bayon etilgan ikki jildlik «Yangi keynscha iqtisodiyot» kitobini 
ham nashr etdilar. 
Tovarlar va xizmatlar bozori jamlanma talab hamda taklifni shakllantiradi. Tovar va xizmatlarga 
talab - makroiqtisodiy agentlar hisoblanadi. Firmalaming takliflari - tovarlar ishlab chiqarish va 
xizmatlar ko‘rsatish real qiymatlar bilan ayriboshlashdir, shuning uchun ularni 

Yüklə 155,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə