8 mavzu. Ish bilan bandlik: nazariya va amaliyot



Yüklə 155,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix11.12.2023
ölçüsü155,73 Kb.
#144334
1   2   3   4   5
8 mavzu

ijtimoiy-demografik guruhlari 
deb atash qabul qilingan. Aholining jinsi va yoshi bo‘yicha ish bilan 
bandlik xususiyatlarini hisobga olish maqsadida aholining quyidagi ijtimoiy-demografik guruhlarini 
ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir: erkaklar, ayollar, yoshlar (16-29 yoshgacha bo‘lgan mehnatda 
faol aholi), o‘rta yoshli kishilar (30-49 yosh), pensiyaga chiqish arafasidagi kishilar (50 yoshdan oshgan 
mehnatga qobiliyatli aholi), pensiya yoshidagi kishilar va boshqalar. 
Erkaklar va ayollar 
eng yirik ijtimoiy-demografik guruhlar bo‘lib, ulaming mehnatidan 
foydalanish o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Aholining mazkur guruhlariga tabaqalashgan yondashish 
asosini jinslarning tabiiy farqlari tashkil etadi. Erkaklar ish bilan band aholining 52,2 foizini tashkil 
etgani holda, ko‘proq jismoniy kuch va chidamga ega, ularning organizmi ayollar organizmiga nisbatan 
ishlab chiqarish sohasining noqulay ta’sirlariga kamroq beriluvchan bo‘ladi. Odatda, ularda qat’iyat va 
ishonch bosimli bo‘lib, mehnatini tatbiq etish doirasi kasbiy jihatdan ancha keng. Ayollar esa ish bilan 
band aholining 47,2 foizini tashkil etgan holda, ishdagi sinchkovlik va puxtalik, diqqatlilik, sezgirlilik, 
ta’sirchanlik yaxshi rivojlanganligi bilan ajralib turadi. 
Uzoq vaqt mobaynida erkak va ayollar ishchi kuchining tabiiy farqlari ulaming sifat tarkibidagi 
muhim farqlar bilan bir-birini to‘ldirib keldi. 
Ayollar 
ma’lumot, kasb tayyorgarligi darajasi, ijtimoiy-
iqtisodiy harakatchanligi bilan erkaklardan birmuncha orqada qolib kelganlar. Bunga misol sifatida 
aytadigan bo‘lsak, hozirgi davrda 0‘zbekistondagi korxona va tashkilot rahbarlarining atigi 28,0 % ga 
yaqini ayollardan tashkil topgan. Bu ayollar va erkaklarning ish bilan bandlik xususiyatidagi 


tabaqalanishni birmuncha kuchaytiradi. Endilikda bu tafovutlarni kamaytirish chora-tadbirlari 
ko‘rilmoqda, bu hoi ayollaming ish bilan bandlik darajasini oshirishda ma’lum darajada ijobiy siljish 
imkonini beradi.
Shu bilan birga, ayollar ishchi kuchining o‘ziga xos tomonlarida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. 
Binobarin, bu omil qanchalik to‘laroq hisobga olinsa, ayollar kasbiy mehnatining aholini ko‘paytirish 
bilan birga qo‘shib olib borilishi uchun eng yaxshi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar yaratiladi. Shuni ham 
aytish kerakki, ish bilan samarali bandlikni shakllantirishda ayollaming roli ular mehnat resurslarining 
faqat son va sifat tarkibi bilan emas, shu bilan birga ayol-onaning sog‘lom avlodni tarbiyalash sohasiga 
qo‘shgan hissasi bilan ham belgilanadi. 
Ayollardagi onalik vazifasi bilan bir qatorda psixofiziologik xususiyatlar ham mavjud bo‘lib, bu 
ularning mehnat sharoitlariga oshirilgan talablar qo‘yilishini taqozo etadi. Agar texnikadan foydalanilsa, 
erkaklar va ayollar ishchi kuchini tatbiq etishdagi farqlar ma’lum darajada birxillashuvi mumkin. Shu 
bilan birga mehnat va dam olishni tashkil etish ham ayollar organizmi xususiyatlariga ko‘proq darajada 
mos kelishi lozim. 
0‘zbekistonda ayollar ish bilan bandligining yuqori darajada ekanligi ayollar ish kuchining yangi 
xislatlari tarkib topishiga yordam beradi. Ayollar uchun kasb mehnati ular hayotining ajralmas bir 
qismiga aylanadi. 
Ish bilan bandlikda 
yoshlarning 
ijtimoiy va iqtisodiy vazifalari ularning mamlakat mehnat 
potensialini shakllantirishdagi roli bilan belgilanadi. Bu guruhda shartli ravishda ikki katta guruhni - 
ocquvchilar va ishlovchi yoshlami ajratib ko‘rsatish mumkin. 
Mehnat bozoriga chiqadigan va ish bilan bandlikka ko‘maklashish Markazlari xizmatiga murojaat 
qiladigan yoshlarning umumiy soni kadrlarning bo‘shash ko‘lami bilan belgilanadi. Bunda ko'p narsa 
xodimlar qaysi tarmoqlardan bo‘shashiga bog‘liq bo‘ladi. Agar bular mashinasozlik, to‘qimachilik 
sanoati tarmoqlarida bo‘lsa, bu joylarda ishlovchi yoshlarning ulushi ko‘proq bo‘ladi va ular orasida 
ishsizlik soni ortadi. 
Yoshlar o‘rtasidagi ishsizlik ko‘lamini tartibga solib turishning muhim usuli faoliyatning asosiy 
sohasi bo‘lgan ehtiyojini pasaytirishdan iborat bo‘lib, bunga ishlab chiqarishdan ajralgan holdata’lim 
oladiganlar sonini ko‘paytirish, kichik yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalari bor yosh ayollarga 
nisbatan esa oilalariga ijtimoiy yordam berishni yaxshilash yo‘li bilan erishiladi. 0‘qiyotgan yoshlar 
sonini kengaytirishning ikkita yo‘nalishi bo‘lishi mumkin. Birinchisi ishlab chiqarishdan ajralgan holda 
o‘qish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘lsa, ikkinchi yo‘nalishga vaqtincha chora sifatida qarash mumkin 
va u kollej, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida mehnat bozori ehtiyojlarining o‘zgarib borishiga 
muvofiq qayta ixtisoslashuv natijasida ta’lim olish muddatini uzaytirishdir. 
0‘rta yoshli kishilar (30-49 yosh) - 0‘zbekiston mehnat resurslarida eng ko‘p sonli guruh bo‘lib, 
umumiy mehnat resurslarining 55,0 % dan ortig‘ini tashkil etadi. Uning o‘ziga xos xususiyati milliy 
iqtisodiyotda ish bilan bandlikning eng 
yuqori darajasiga erishilishidir. Mazkur ijtimoiy-demografik guruh xodimlarida, asosan, kasb 
manfaatlari barqaror aniqlangan. Shuning uchun ham bu guruhda ish o‘rnini o‘zgartirishga intilish 
boshqa ijtimoiy-demografik guruhlarga nisbatan ancha kamroq. 
50 yoshdan oshgan mehnatga qobiliyatli yoshdagi kishilarning (10,0 
%) 
ish bilan bandligi mazkur 
guruhning yosh xususiyatlari bilan belgilanadi: bu ijtimoiy imkoniyatlarning pasayishi, kasbiy 
bilimlarning yuqori darajasi, katta amaliy tajribaning mavjudligidir. Mazkur ijtimoiy-demografik 
guruhda ish bilan bandlik darajasi keskin kamayadi. Buning sababi sogdiqning holati, shuningdek
imtiyozli pensiya olish imkoniyatidadir. 
Pensiya yoshi arafasidagi aholi guruhiga ish bilan bandlik xususiyati jihatidan pensiya yoshining 
dastlabki besh yili ancha yaqin bodadi. Xuddi shular pensiya yoshdagi mehnatda faol aholining o‘zagi 
(5-6 %)ni tashkil etadi. Hozirgi vaqtda ana shu yoshdagi guruhning o‘ziga xos xususiyati shuki, bunda 
ma’lumot darajasi past bodgan kishilarning ulushi ko‘proq bo‘ladi va pensionerlarning ko‘pchiligini 
ayollar tashkil etadi. Bu esa pensionerlar mehnatidan foydalanish sohasini toraytirib qo‘yadi, buning 
ustiga ular kamharakatchanlik bilan ajralib turadilar. Bu esa ularni tarmoqlar, kasblar bo‘yicha qayta 
taqsimlash imkoniyatini pasaytiradi. 


Katta yoshdagi xodimlar mehnat haqining qaror topgan darajasiga ko‘nikibroq qaraydilar va hatto 
noqulay iqtisodiy o‘zgarishlar tufayli ish haqining pasayishiga ham qarshilik qilmaydilar. Shu bilan 
birga aksariyat korxona va muassasalarning ma’muriyati mehnat jamoalarini saqlab qolishdan 
manfaatdor bo‘lib, yoshlarni ishga qabul qilishga unchalik moyil bo‘lmaydilar. Shuning uchun 
ko‘pincha mehnat jamoalarining qarib qolishi yuz beradi. Katta yoshdagi xodimlar ishdan 
bo‘shatilmaydi, shuningdek, kamroq malaka talab qiladigan mehnatning yuqori darajasi saqlab qolinadi. 
Bu hoi hozircha 0‘zbekistonda mavjud mehnat bozoriga xos bo‘lib turgan xususiyatlardan biridir. 
Pensiya yoshi arafasidagi va pensiya yoshidagi kishilarning ma’lumot darajasi, yuqorida aytganimizdek, 
birmuncha pastroq bo‘ladi. Ular ko‘p hollarda kam malaka talab qiladigan, aholining boshqa guruhlari 
uchun unchalik nufuzli bodmagan ishlami bajarib turadilar. 
Bulaming hammasi katta yoshdagi kishilarning ish bilan bandligini ishchi kuchi yetishmagan 
yillarda qaror topgan an’ananing saqlanishiga ko‘maklashadi. Katta yoshdagi kishilar guruhi mehnatiga 
talab kelgusida qanday
ettiruvchi eng muhim omil uning harakatchanlik darajasidir. 

Yüklə 155,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə