8 mavzu. Ish bilan bandlik: nazariya va amaliyot



Yüklə 155,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix11.12.2023
ölçüsü155,73 Kb.
#144334
1   2   3   4   5
8 mavzu

aholining samarador bandligi
deb hisoblash mumkin. 
Ish bilan bandlikning samaradorligini davlat taraqqiyotining mafkurasi aks ettiradigan 
ko‘rsatkichlar bilan tavsiflab berish mumkin. Bular mehnat resurslarining ijtimoiy foydali faoliyatida 
ishtirok etish xususiyatlariga asoslangan taqsimlash proporsiyalaridan iboratdir. Ular mehnat 
unumdorligining o‘sish darajasi, aholining ishga bodgan ehtiyoji qondirilishi va ish bilan todiq bandlikka 
erishilishi kabi ko‘rsatkichlar bilan ifodalaniladi. Chunki ijtimoiy mehnat unumdorligi qanchalik yuqori 
bodsa, jamiyatda xodimlarning daromadlari va moddiy shart-sharoitlar shunchalik ko‘proq to‘planadi. 
Ayni vaqtda mehnat sohasini texnik-tashkiliy tomonidan takomillashtirish, kadrlar malakasini oshirish, 
aholi guruhlarining mehnat va turmush sharoitining o‘ziga xos tomonlarini hisobga olish imkonini 
beradi. 
Ish bilan bandlik samaradorligining xususiyatlaridan yana biri mehnatga qobiliyatli aholining ish 
bilan ta’minlanganlik darajasidir. Iqtisodiy jihatdan bu ko‘rsatkich aholining ish va ish o‘rinlariga 
bodgan ehtiyojini aks ettiradi. 
Ish bilan bandlik samaradorligining uchinchi xususiyati ishlovchilami mamlakat iqtisodiyotining 
tarmoqlari bo‘yicha taqsimlash tuzilmasidan iboratdir. Hozirgi vaqtda aholining ish bilan bandligi 
bo‘yicha iqtisodiyotdagi tarmoq tuzilishi mavjud jamiyat mehnat potensialidan foydalanish 
samaradorligi darajasi pastligini aks ettiradi va u tubdan o‘zgartirishga muhtoj. 
Nihoyat, ish bilan bandlik samaradorligining to‘rtinchi xususiyati bodib ishlovchilaming kasb-
malaka guruhlariga bodinishi hisoblanadi. U o‘zida ish bilan band aholining kasb-malaka guruhlari 
bo‘yicha taqsimlanishining malakali xodimlarga bodgan ehtiyoj bilan mutanosiblik darajasini aks 
ettiradi. 
Davlatning todov talabini ko‘paytirishga yo‘naltirilgan xilma-xil usullar vositasida iqtisodiyotga 
aralashuvi orqali iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish va buning natijasida ish bilan bandlikni 
kengaytirishga erishish mumkin. Bunda hal qiluvchi rol, Keyns nazariyasiga ko‘ra, xususiy sarmoya 
qo‘yilmalarini davlat tomonidan rag‘batlantirish va tartibga solish hisoblanadi. Sarmoya qo‘yilmalarini 
kengaytirish, ishlab chiqarishni rivojlantirish asosida aholining ish bilan bandligini oshirishni anglatadi. 
Ammo, faqat 40- va 50-yillarga kelib, keynschilik «ish bilan toda bandlik» shiori asosida burjua 
iqtisodiy nazariyasi va amaliyotining tashkilotchilariga aylandi. 40-yillar o‘rtalarida ishsizlikni tartibga 
solish bo‘yicha paydo bodgan rasmiy hukumat hujjatlari va qonunchilik ish bilan todiq bandlikni miqdor 
jihatdan aniqlamagan. U, masalan, inglizlarning oq kitobi «Ish bilan bandlik siyosati» (1944-yil) va 
Amerikaning «Ish bilan bandlik to‘g‘risida hujjat»larida (1946-yil) ham aks etmagan. Urushdan keyingi 
«Ish bilan todiq bandlik» siyosati, aslini olganda, ishsizlikni tugatishni maqsad qilib qo‘ymagan. 
Ishsizlikning 2-4 % doirasida so‘zsiz mavjud bo‘lishini burjua iqtisodchilari minimal yo‘l qo‘yilishi 
mumkin bo‘lgan miqdor, deb qarashgan. 
Ko‘rsatkichning pastroq bo‘lishi «mehnat bozorining normal ishlashiga» muvofiq kelmaydigan, 
ishchi kuchi talab va taklifining optimal nisbatini buzadigan holat sifatida baholangan. 70-yillar 
oxirigacha G‘arbiy Yevropadagi 2-3 % ishsizlik va AQShdagi 4,0 % ishsizlik davlat siyosati sifatida 
qabul qilingan. Hatto sotsial- demokratik hukumat «ish bilan to‘liq bandlik» siyosatini o‘tkazgan 
Shvetsiyada ishsizlikning rasmiy tan olingan eng kam darajasi 1,5 % ni tashkil etgan. 
Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) uslubiyatiga ko‘ra, ish bilan band emaslik darajasi ishsizlar 
sonining mehnat resurslari soniga boigan nisbati bilan tenglashadi. U ishchi kuchigabo‘lgan talab va 
taklifdagi tuzilmaviy nomutanosiblikni ko‘rsatadi va bu bilan bo‘sh ish joylari va ish izlayotgan 
shaxslaming bir vaqtda mavjudligini bildiradi. 


Bugungi kunda ish bilan bandlik qator omillar ta’sirida shakllanmoqda. 
1. Ishlab chiqarish sohasida sodir bodayotgan o‘zgarishlar: 
- xomashyo, materiallarni yetkazib berish va moliyalashning kamayishi munosabati bilan ishlab 
chiqarish (ish, xizmatlar) hajmining kamayishi; 
- korxonalarda mehnatni tashkil etish va unga haq todashning takomik lashtirilishi; 
- korxonalarda boshqaruv tuzilmalarining takomillashtirilishi. 
2. Iste’mol savatining qimmatlashuvi natijasida aholi turmush darajasi, uning daromadlari va 
iste’moli darajasidagi o‘zgarishlarda namoyon bodadigan iqtisodiy omillar. 
3. Omillarning ijtimoiy-demografik guruhi: 
- mehnatga layoqatli aholi soni; 
- tabiiy o‘sish va odish miqdori; 
- mamlakatda yoshlar miqdorining uzluksiz o‘sib borishi (kollej va litsey bitiruvchilari, harbiy 
xizmatdan qaytganlar va hokazo); 
- migratsiya jarayonlarini faollashtirish; 
- kadrlar qo‘nimsizligining keskinlashuvi. 
Ish bilan bandlikning hozirgi holati ko‘p jihatdan mehnat va ijtimoiy siyosat sohasidagi 
o‘zgarishlar bilan bogdiq. 
Ish bilan bandlik sohasidagi vaziyatning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri tarmoqlarda ish bilan 
ta’minlanish darajasi turlicha ekanligida. 
- noishlab chiqarish sohasidagi ish bilan bandlikning past darajada ekanligi ishlovchilaming 
ko‘pchilik qismi moddiy ishlab chiqarish sohasida mehnat qilayotganligi bilan xarakterlanadi
- qishloq xo‘jaligi va sanoatda ish bilan band bodgan xodimlar soni nisbatan yuqori bodsa-da, 
ularning jami ish bilan bandlikdagi ulushi biroz pasaygan. 
Ish bilan bandlikning eng muhim xususiyatlariga, uning samaradorligi nuqtayi nazaridan, 
yiriklashgan makrodarajada baho berish zarur. Bunday baho berish faqat mavjud muammolarni aniqlash 
uchun emas, balki ish bilan bandlik sohasidagi ortib borayotgan qonuniy tamoyillarni aniqlash uchun 
ham muhimdir. Bundan tashqari, ko‘rsatkichlar mazmunining tasdiqlashicha, ish bilan bandlik faqat 
iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lib qolmay, shu bilan birga, yaqqol ifodalangan ijtimoiy mazmunga ham 
ega. 
8.7. Ish bilan bandlik sohasida ijtimoiy-demografik guruhlar 
Aholi ish bilan bandligining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatiga xos xususiyatlar, shu jumladan, ish 
bilan bandlik turlari, kasb-malaka gumhlari bo‘yicha taqsimlashdagi qonuniyatlar kishilarning yoshi va 
jinsi bo‘yicha farqlanishi bilan ifodalandi. 
Aholining ijtimoiy-foydali faoliyatda qatnashish xususiyati bo‘yicha jins-yosh guruhlarini 

Yüklə 155,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə