8 mavzu. Ish bilan bandlik: nazariya va amaliyot



Yüklə 155,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix11.12.2023
ölçüsü155,73 Kb.
#144334
1   2   3   4   5
8 mavzu

Harakatchanlik 
bodishiga kelsak, bu 
hoi iqtisodiyotni rivojlantirish va mehnat bozorini shakllantirishning tanlangan variantlariga bogdiq. 
Bordi-yu, ishchi kuchiga bodgan umumiy talabning qisqarishi natijasida iqtisodiyotning ahvoli 
yomonlashadigan bodsa, u holda katta yoshdagi xodimlarning mehnat sohasidan ketishi tezlashadi. 
Aholining barcha ijtimoiy-demografik guruhlarining ish bilan bandligini aks umumiy tushuncha 
bo‘lib, u aholining ijtimoiy maqomi, kasbga mansubligi, yashash joyining o‘zgarishlariga hozirligini aks 
ettiradi. Bunda hududiy harakatchanlik ishchi kuchi «bozor» holatining eng muhim sifat belgilaridan 
biri hisoblanadi. 0‘zbekistonda migratsiya jarayonlari islohotdan awalgi yillarda ma’lum darajada 
iqtisodiy rivojlanishning rejalilik omili bilan belgilanib kelingan. Shuning uchun ham ishchi kuchining 
harakatchanligiga doir yangi sifat darajasining shakllanishi va uning migratsiya jarayonida aniq 
namoyon bodishini mutaxassislar eng muhim ilmiy va amaliy tizimga kiritadilar. 
Iqtisodiy faol aholining ish bilan bandligi makroiqtisodiyotda juda muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. 
Iqtisodiy faol aholi moddiy boyliklar ishlab chiqarishda xizmat ko‘rsatish hamda iste’mol qiymatlarini 
yaratishda potensial ishtirok etish qobiliyatiga ega bodgan shaxslar yig‘indisidir. 
Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) va 0‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari 
vazirligining milliy xususiyatlarni hisobga olgan tasnifiga ko‘ra, iqtisodiy faol aholi tarkibiga mehnatga 
yaroqli ish bilan band bodganlar va ishsizlar kiritiladi. Ish bilan bandlik deganda, ishga ega bodgan 
mehnatga layoqatli aholi tushuniladi (8.3-rasm). 
Ish bilan band bodganlarga (har ikki jinsga mansub 16 yosh va undan katta bodgan):
- haq olish uchun toia yoki to‘liqsiz ish kuni shartlarida yollanma ish, shuningdek, faoliyat uchun 
bevosita to‘lov yoki daromadni olish muddatidan qat’i nazar, daromad keltiruvchi boshqa ishni mustaqil 
yoki ayrim fuqarolar uchun bajarib turganlar; 
- turli sabablarga ko‘ra (kasallik, ta’til, mehnat safarlari, qayta tayyorlash va boshqalar) vaqtincha 
ish joyida yo‘q bodganlar; 
- xususiy korxona va tadbirkorlikda maosh olmay ishni bajarib turganlar kiritiladi. 
Ishsizlarga esa 16 yosh va undan katta bodgan yoshdagi o‘zlariga bogdiq bodmagan sabablarga 
ko‘ra: 
- ishga (daromad keltiradigan mashg‘ulotga) ega bodmagan; 
- ish izlayotgan va ish bilan bandlikka ko‘maklashish Markazi xizmatida ro‘yxatga olingan; 
- ishga tushishga tayyor bodgan shaxslar kiritiladi. 
Ish bilan band aholi - ijtimoiy ishlab chiqarishda faoliyat yuritayotgan mehnat resurslarining faol 
qismidir. XMT uslubiyati bo‘yicha unga quyidagilar kiritiladi: 
ljyollanib ishlayotganlar, shujumladan, xorijda; 
2) tadbirkorlar
3) mehnat daromadiga egalar va talabalar; 
4) qisman ish bilan band talabalar va uy bekalari
5) erkin kasb egalari bodgan shaxslar; 
6) harbiy xizmatchilar


7) oilaning yordam beruvchi a’zolari (bolalami tarbiyalash, nogironlar va keksa yoshdagi 
fuqarolarga qarash bilan band bodganlar). 
Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) tomonidan ish bilan bandlik tushun- chasigaberilgan ta’rifga 
ko‘ra, iqtisodiy faol aholini aniqlash uchun belgilangan, muayyan qisqa davr mobaynida (bir hafta yoki 
bir kun) quyidagi toifalarga kiritilgan katta yoshdagi barcha shaxslar ish bilan band bodgan aholi 
qatoriga qo‘shiladi: 
-yollash bo‘yicha ish bilan band bodganlar: 1) «ishlayotgan shaxslar» - hisobot davri mobaynida 
pul yoki natura shaklidagi ish haqi yoki maosh uchun madum ishni bajarayotganlar; 2) «ish joyiga ega 
bodgan, ammo ishlamayotganlar» - hozirgi ish joyida ishlagan, garchi rasman ish joyini saqlab tursa-da, 
hisobot davrida vaqtincha ishlamayotgan shaxslar; 
- o‘z korxonasida ish bilan band bodganlar: 1) «ishlayotgan» shaxslar - hisobot davri mobaynida 
pul yoki natura shaklida foyda yoki oilaviy daromad olish maqsadida madum ishni bajarayotganlar; 2) 
«korxonasi bor, ammo ishlamayotganlar» - firma, ferma yoki xizmat ko‘rsatish korxonasiga ega bodgan, 
hisobot davri mobaynida u yoki bu sababli vaqtincha ishlamayotgan shaxslar. 
Xalqaro standartlarda «ma’lum ish» tushunchasiga kamida bir soat mobaynida bajariladigan ish, 
deb aniqlik kiritiladi. 
Ishni yollanma va xususiy korxonadagi ish bo‘yicha farqlash bilan aholining ish bilan bandligi - 
bu faqat maosh olish uchun ishlash emas, balki foyda yoki oilaviy daromad olish uchun, yuqorida aytib 
o‘tilganidek, o‘z iste’moli uchun ishlab chiqarish ham ekanligini ta’kidlash lozim. Bunday yondashuv 
aholi ish bilan bandligining har ikki turini belgilashda tegishli atamalami qoilash imkonini beradi. 
Ta’kidlash lozimki, bunday farqlash ish bilan band aholi maqomini baholash imkonini bermaydi.

Yüklə 155,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə