8 mavzu. Ish bilan bandlik: nazariya va amaliyot



Yüklə 155,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix11.12.2023
ölçüsü155,73 Kb.
#144334
1   2   3   4   5
8 mavzu

real qiymatlar bozori, 
deb ham atashadi. 


Moliya bozorlari pul va qimmatli qog‘ozlar bozorlaridan iborat. Pul bozorida talab va taklif 
moliyalashtirilsa, qimmatli qog‘ozlar bozorida ishlab chiqaruvchilar asosiy qarz oluvchilar hisoblanadi. 
Klassik iqtisodchilar o‘z xulosalarini asoslashda aholining ish bilan toiiq bandligi, bozor 
xo‘jaligining me’yori, narxlar va ish haqining nisbati uning elastikligidir, deb hisoblaganlar. 
Bozorda sotish mumkin bo‘lgan mahsulotlar hajmi faqat umumiy xarajatlar darajasiga emas, balki 
narxlar darajasiga ham bog‘liq. Shu sababli jamg‘arma xarajatlar hajmi, ishlab chiqarish hajmi va ish 
bilan bandlik miqdorini kamaytirish narxlaming pasayishiga ham olib keladi. Narxlaming pasayishi esa 
ishlab chiqarish xarajatlari, shu jumladan, ish haqi uchun sarf-xarajatlari pasayishiga sababchidir. 
Natijada, korxona egalari haq to‘lash stavkalarini pasaytirishga majbur boTadilar. 
Ishsizlar tomonidan bodadigan raqobat esa ularni bunga rozi bodishga majbur qiladi. Bozordagi 
boshqa tovarlar narxlarining pasayishi ham bunga ta’sir qiladi. 
Shu tariqa klassik iqtisodchilar majburiy ishsizlik bodishi mumkin emas, degan xulosaga 
kelganlar. Bozor tartibining bunday omillari, chunonchi, foiz stavkasi va narxlar, ish haqi nisbatining 
elastikligi ish bilan to‘liq bandlikni saqlab turishga qodir. Davlatning bu sohadagi «yordami» ortiqcha 
bo‘libgina qolmay, zararli bodishi ham mumkin. 
XIX asrning oxirlarida klassiklaming izdoshlari ulaming umumiy g‘oya va qarashlarini 
rivojlantirib, iqtisodiyot nazariyasining 
neoklassik 
yo‘nalishi yuzaga keldi. Bu yo‘nalishning asoschisi 
Kembrij universitetining professori Alfred Marshall (1842-1924) bo‘lib, uning bozor narxi, tadbirkorlik, 
iste’molchilik xulqi va boshqa bir qancha yangi nazariy qoidalari ma’lum va mashxurlashib, hozirda 
ham iqtisodchilar undan foydalanib kelmoqdalar. 
A. Marshall talab va taklifni tartibga solish aholining ish bilan bandligini ta’minlash uchun muhim 
ahamiyatga ega iqtisodiy ko‘rsatkich ekanligiga e’tibor qaratgan. Shu bilan birga, u butun ishchi kuchi 
talabini pirovard natija sifatida tartibga soluvchi narsa iste’molchilarning talabi boiib, uning 
mutanosibligi bozor iqtisodiyotidagi munosabatlarda o‘z-o‘zidan amalga oshiriladi, deb hisoblagan. 
Neoklassik nazariyaning boshqa vakillari kabi A. Marshall ham aholiga beriladigan yuqori ish 
haqi muqarrar ravishda ish bilan bandlik darajasini kamaytiradi va ishsizlik miqdorini oshiradi, deb 
hisoblagan. Buni asoslash uchun u «eng kam unumdorlik nazariyasi»dan foydalangan. 
Uning bu asari paydo boigan vaqtda aholining ishsizlik darajasi unchalik katta bodmagan va ish 
bilan bandlikning beqarorligi u qadar keskin muammo hisoblanmagan. Ish bilan bandlikning 
beqarorligini A. Marshall katta musibat sifatida baholagan va haqli ravishda jamoatchilikning e’tiborini 
jalb qilishini e’tirof etgan. Biroq u bozor iqtisodiyotidagi ko‘plab muammolami o‘z-o‘zidan tartibga 
keladigan iqtisodiyot muammolari deb hisoblab, aholi ish bilan bandligining davlat tomonidan tartibga 
solinishiga zarurat yo‘q, deb bilgan. 
Artur Pigu (1877-1955) A. Marshallning izdoshi va shogirdi boigan. Uning aholini ish bilan 
bandlik sohasidagi asosiy asari «Ishsizlik nazariyasi» 1933-yilda chop etilgan. Bu asarda aholining ish 
bilan bandligi to‘g‘risidagi klassik nazariyaning asosiy qoidalari ancha toiiq bay on etilgan edi. Uning 
fikricha, ishsizlikning sababi ish haqining yuqori darajasi dir, ish haqining qisqarishi esa ish bilan 
bandlikni oshiradi, chunki u ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va qo‘shimcha ishchilami yollash 
uchun imkoniyat yaratadi. Uning fikricha, ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishi tovarlar narxini 
umumiy ravishda pasayishi va ish haqi hisobiga tirikchilik o‘tkazmaydigan aholi guruhlarining xarid 
qilish qobiliyatining oshishiga olib keladi.
uchun yanada mosroq ish joyiga o‘tishini yengillashtiradi. Mehnat bozori orqali korxonalar zarur 
miqdorda va talab qilingan sifatga ega ishchi kuchi bilan ta’minlanadi. Mehnat bozori qanday kadrlar, 
mutaxassislar, kasblarga talab borligini, ulardan qandaylari ortiqchaligini ko‘rsatadi. Bu ko‘pgina 
mamlakatlar uchun dolzarb muammodir. Uning hal etilishi jamiyatning ijtimoiy taraqqiyotini 
ta’minlashga qodir samarali iqtisodiyotning yaratilishini anglatadi. 
Ish bilan bandlikni ish kuchiga talabni kengaytirish uchun uni foydali faoliyatga jalb qilish 
ko‘lamlari, shart-sharoit va shakllarini ta’minlash, ish bilan band bo‘lgan xodimlarni shakllantirish, 
taqsimlash, foydalanish, bo‘shatish, qayta tayyorlash va qayta taqsimlashga yo‘naltirilgan chora-
tadbirlar va harakatlar yig‘indisi, deb ta’riflash mumkin. 


Bu konsepsiya doirasida toia oqil (ratsional) va samarali bandlik farqlanadi. Ish bilan «to‘liq» 
bandlik sotsializmdagi mehnatning umumiyligi va majburiyligining aniq ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan 
amalga oshirilishidir. U mehnatga layoqatli aholiga ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanishning 
haqiqiy imkoniyatlari berilishi bilan bog‘liq. Yuqorida aytib o‘tilgan kamchiliklami hisobga olib, ish 
bilan to‘liq bandlik darajasi bozor iqtisodiyotiga moslashib boradi. 
Mehnatga qobiliyatli aholini ijtimoiy xo‘jalikka jalb qilishning eng yuqori darajasi sifatida talqin 
qilish ham o‘zgarib boryapti. Ish bilan to‘liq bandlikka aholini jalb qilishning har qanday darajasida 
erishish mumkin, bunda u aholining ish o‘rinlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga muvofiq kelishi, 
taklif etilayotgan ish o‘rinlari iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq oqilona bo'lishi lozim. Bu o‘rinda 
iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq ish o‘rni deganda shunday ish o‘rni tushuniladiki, u insonning 
yuksak mehnat unumdorligiga erishishi, o‘zi va oilasining yaxshi yashashi uchun yetarli bo‘ladigan 
daromadga ega bo‘lishi tushuniladi. Shu bilan birga bu ish o‘rni uning salomatligiga zarar yetkazmasligi 
va insoniy qadr-qimmatini yerga urmasligi kerak. 
Shunday qilib, ish bilan to‘liq bandlik mehnatga qobiliyatli barcha fuqarolami kasbiy mehnat 
sohasiga jalb qilishni anglatmaydi. Inson o‘z istagi bo‘yicha ijtimoiy foydali mehnatda bandlik 
sohalaridan birini (kasbiy mehnatni, uy xo‘jaligini xususiy korxona va xususiy tadbirkorlik va shu 
kabilarni) tanlashga haqli. Biroq tartibga soluvchi asosiy faoliyat turi daromad keltiruvchi, shaxs 
farovonligini oshiruvchi va rivojlantirishini ta’minlovchi kasbiy mehnat bilan band bo‘lishdir. Kasbiy 
mehnat bilan band bo‘lish darajasi xodimlar umumiy sonining, ular ishlayotgan korxona qanday 
tashkiliy-huquqiy shaklga ega bo‘lishidan qat’i nazar, mehnat resurlari soniga nisbati bilan belgilanadi. 
Buning ma’nosi shuki, aholining ish bilan bandlikdagi mazkur proporsiyasi ishlab chiqarish 
samaradorligini oshirish manfaatlari, uni jadallashtirish natijalari, fan-texnika taraqqiyoti mehnat 
unumdorligini oshirish manfaatlariga to‘liq mos kelishi zarur. Shuningdek, sog‘lom avlodni 
yetishtirishga, yuqori malakali, yaxshi ta’lim olgan serharakat xodimlarni tarbiyalash uchun qulay 
sharoit yaratib berilsa, aholining bunday bandligining proporsiyasi eng maqbul hisoblanadi. 
Iqtisodiy islohot jarayonida mehnat samaradorligining ortishiga qarab, aholining mehnat bilan 
bandligi darajasi yalpi mamlakat bo£yicha pasayish tendensiyasiga ega. Yaqin kelgusida 
respublikamizda ish bilan bandlikning rivojlanish xususiyatlari ana shunday kechadi. Bu yerda yuqori 
samarali iqtisodiyot nisbatan kamroq miqdordagi xodimlarga ehtiyoj sezadi, shu bilan birga aholining 
ishchi o‘rinlariga bo‘lgan ehtiyoji ham biroz kamayadi, chunki mehnat bilan ijtimoiy foydali bandlikning 
boshqa sohalariga qiziqish ortadi. 
Kishilarning ijtimoiy zarur ish bilan bandlikka bo‘lgan ehtiyoji va uni amalga oshirish 
imkoniyatini rejali tartibga solib borish lozim. Bundan maqsad insonning faoliyat ko‘rsatish, shart-
sharoitlarni yaxshilash va iqtisodiyotning samarali ishlashini ta’minlashdir. 
Ish bilan bandlik maqomi ijtimoiy foydali faoliyatda ishtirok etuvchi mehnat resurslarining bir 
qismi uchun belgilanadi. Bular daromad olish maqsadida tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish 
uchun ish kuchini taklif qiladigan kishilar guruhi, shuningdek, ijtimoiy foydali faoliyatda ishtirok etsa 
ham, bevosita pul daromadi keltirmaydigan aholi guruhi yoxud ne’matlar ishlab chiqarish va xizmat 
ko‘rsatish bilan bevosita bog‘liq daromad keltiradigan kishilar guruhlaridan tashkil topadi. 
Birinchi guruhga iqtisodiyotning davlat sektorida ish bilan band bo‘lgan korporativ, aksiyadorlar 
jamiyatlari va xususiy sektorda ishlaydigan fuqarolar kiradi. Ikkinchi guruhga ishlab chiqarishdan 
ajralgan holda ta’lim oladigan o‘quvchilar, mamlakat qurolli kuchlarining xizmatchilari kiradi. 
Shunday qilib, ish bilan band aholiga yollanib ishlaydigan fuqarolar, shu jumladan, to‘liq yoki 
noto‘liq ish kuni (hafta) mobaynida haq olib ish bajaradigan, tegishli shartnoma, bitim bilan tasdiqlangan 
haq todanuvchi ishga ega shaxslar, hamda kasalligi, ta’tilga chiqqanligi munosabati bilan ishda 
bo‘lmagan fuqarolar kiradi. 0‘zini mustaqil ravishda ish bilan ta’minlaydigan shaxslar, shu jumladan, 
xususiy tadbirkorlar va fermerlar, harbiy qismlardagi qo‘shin turlarida xizmat qilayotgan shaxslar, 
o‘quvchilar ham ish bilan band kishilar jumlasiga kiradi. 
Ish izlayotgan, ishini o‘zgartirayotgan, vaqtincha ishlamayotgan aholi va ishdan ajralgan holda 
o‘qimayotgan, ishning mavsumiy ekanligi tufayli vaqtincha ishlamayotgan aholi iqtisodiy faol ish bilan 


band bo‘lmagan aholi guruhiga mansubdir. Ishsiz maqomiga ega bo‘lgan shaxslar ham ish bilan band 
bo‘lmagan iqtisodiy faol aholi jumlasiga kiradi. 
Ish bilan bandlik munosabatlari iqtisodiy, demografik va ijtimoiy jarayonlar bilan bog‘liq. Ish 
bilan bandlikning iqtisodiy mazmuni xodimning o‘z mehnati bilan o‘ziga munosib hayot kechirishni 
ta’minlash bilan bir qatorda, ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirishni ham ifodalaydi. 
Jamiyatning har bir a’zosi uchun munosib daromadga ega bo‘lib, o‘z sog‘lig‘ini saqlash uchun 
yetarli imkonga ega bo‘lish, ijtimoiy ishlab chiqarishning usuliga mos keladigan madumot va kasb 
darajasini egallashni ta’minlaydigan bandlikni 

Yüklə 155,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə