Kasbiy ta'lim jarayonida pedagogik innavatsiyalar mundarija


O'qitish jarayonida talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini oshirish yo'llari



Yüklə 197,62 Kb.
səhifə8/10
tarix22.03.2024
ölçüsü197,62 Kb.
#181880
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KASBIY TA\'LIM JARAYONIDA PEDAGOGIK INNAVATSIYALAR

2.2 O'qitish jarayonida talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini oshirish yo'llari
Bu usullar ishlab chiqarilishiga sabab loyihalar ustida ish bilan bog‘­liq tashkiliy muammolar edi, chunki o‘quvchilar har xil tezlikda ish­lashlari tufayli butun guruh uchun insruktaj o‘tkazishga qulay vaqtni to­pish qiyin edi. Bir o‘quvchi hammadan tez ishlab, yangi ko‘nikmani o‘r­ganishga tayyor bo‘lgan bo‘lsa, sekinroq ishlagan o‘quvchilar uchun esa yangi instruktajning foydasi juda kam edi. qaytaga, yangi instruktaj ular­ning ishlariga halal berganday yoki keragi yo‘q to‘xtlalish kabi tuyular edi. Ya’ni o‘quvchilar qiziqishi (motivatsiyasi) qisman barbod qi­linadi.
Yo‘naltiruvchi tekstlar yordami bilan mustaqil instruktaj imkoniyati paydo bo‘ldi va har bir o‘quvchi aynan unga yangi ko‘nikma uchun bi­limlar kerak bo‘lgan paytda shu bilimlarni olishi mumkin bo‘ldi. Eng bi­rinchi yo‘naltiruvchi tekstlar – bu asli og‘zaki ravishda o‘tkaziladigan ins­truktajlarning yozma shakli edi. Lekin baribir barcha maxsus ma’­lumotlar o‘quvchilarga iloji boricha og‘zaki berilar edi. 
Bugungi kunda esa yo‘naltiruvchi tekstlar shunday tuzilganki, o‘quv­­chilar yo‘naltiruvchi savollar yordamida o‘zlari kerakli ma’lu­motlarni (kitob, jadval, instruksiya, videokassetalar yoki kompyuter disk­­laridan olib) ishlab chiqarishni o‘rganishadi. 
Natijada hozir yangi bir o‘rgatish usuli va yangi bir o‘rganishni tash­killashtirish tarzi vujudga keldi. Uning asosiy belgisi – bu o‘quvchi ko‘p­roq mustaqil ravishda o‘rganishidir; Instruktor esa zaifroq o’quv­chilar bilan ko‘proq shug‘ullanishi mumkin bo‘lib qoldi. o’quvchi­larning mustaqil ishlashi esa o‘z navbatida qo‘shimcha foyda keltir­moq­da: yuqoriroq ko‘nikma va qobiliyatlar sohasida, ya’ni birgalikda mu­loqotda bo‘lish, birgalikda reja tuzish, qaror qabul qilish hamda o‘z ishini tekshirish kabi qobiliyatlar rivojlanadi.
Komandada (birgalikda) ishlash orqali muayan ijtimoiy kompeten­siyalar rivoj topadi va ularga mo‘ljallangan maqsadlar ham belgilanishi mumkin bo‘ldi. Ko‘rib turibmizki, vaqt o‘tgan sari yo‘naltiruvchi tekst usuli qo‘llanishining ma’nosi o‘zgardi, chunki bugungi kunga kelib bu usul aynan o‘sha «poydevor kvalifikatsiyalar» deb atalgan qobiliyatlarni rivojlantirish maqsadida qo‘llanadi. Bu tu­shun­chani Germaniyada ta’limot munozarasiga mehnat bozori tadqiqotchisi D.Mertens kirit­gan. U bu tushuncha bilan asosan uslubiy kompetensiyalarni (ya’ni fikr­lash, tashkillashtirish va rejalashtirish usullarini) atagan. 
Hozirgi kunda esa, bu tushuncha bilan shunday qobiliyatlar, ko‘nik­ma va o‘zini tutish tarzlari ataladiki, ular aynan shu kasb-hunarga oid kva­lifikatsiyalardan tashqari va ularga qo‘shimcha sifatida barcha bosh­qa kasb-hunarlarda kerak bo‘ladigan xatti-harakatlarni bildiradi.
Bular orasida – mustaqil rejalashtirish, amalga oshirish va o‘z ishini tek­shirish. 4pog‘ona usuli bilan solishtiradigan bo‘lsak, bu usulda ins­truk­torning faoliyati ko‘proq darsdan oldin va darsdan keyin qilinadigan ishlardan iborat. Lekin bevosita instruktaj jarayonida qilinadigan ishlar emas; o‘quvchilar esa, qaytaga, barcha davrlarda (fazalarda) mustaqil ish­lashadi.
Germaniyada KHTning eng muhim maqsadi – o‘quvchini malakali kasbiy faoliyatni bajarishga qodir qilish, buning ichiga esa mustaqil reja­lashtirish, amalga oshirish va tekshirish kiradi. Bo‘lajak ishchi-muta­xas­sislar bu talabga kasb-hunarida javob berishlari kerak.
Albatta, ishchi-mutaxassislar bunday keng malakaga ularning ish joyidagi shart-sharoitlar va imkoniyatlari doirasida javob bera oladilar. 
Shu bois mustaqil rejalashtirish, amalga oshirish va tekshirishni ishchi-mutaxassisning korxonadagi faoliyat vakolatlari bilan adash­tirish mumkin emas. 
Mustaqil harakat qilish degani shu anglatadiki, ishchi-mutaxassis unga topshirilgan ishlarni mustaqil ravishda, ya’ni birovning boshkarib turishisiz amalga oshirishi kerak. Masalan, biror ishni boshlashdan oldin ish tartibini rejalashtirish, ishlab chiqarish usulini belgilash yoki kerakli materiallarni tanlash va ish tugatilganidan keyin natija sifati kontrolini o‘tkazish.
Bundan tashqari, mustaqil va ma’suliyatli ishlovchi ishchi-mu­taxassislardan kutiladigan narsa shuki, ular ish tartibini iqtisodiy krite­riylar asosida, ya’ni tejamkorlik asosida rejalashtirish va amalga oshi­rishlari kerak. Ya’ni ular, masalan, tejamli ishlab chiqarish usullarini ishlatish, materiallardan yoki energiyadan tejamli foydalanish usullarini bi­lishlari kerak.





Yüklə 197,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə