Kasbiy ta'lim jarayonida pedagogik innavatsiyalar mundarija


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV



Yüklə 197,62 Kb.
səhifə3/10
tarix22.03.2024
ölçüsü197,62 Kb.
#181880
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KASBIY TA\'LIM JARAYONIDA PEDAGOGIK INNAVATSIYALAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV


2.KASB HUNAR TA'LIM TIZIMI VA JARAYONI
Kasb-hunar kollejlarida o'quv ustaxonalari o'quvchilarga kasb - hunar asoslarini mehnat harakatlari, operatsiyalarni kichik mutaxassislar bajaradigan vazifalarini, tegishli kasb uchun asos bo'lgan ishlarni bajarish usullarini sifatli o'rganish maxsus sharoit yaratish maqsadida tashkil etiladi. Turli kasblar bo'yicha mehnatning mazmuniga, ishlab chiqarish ishlarining o'qitilishi xosligiga qarab, turli kasblar uchun o'quv ustaxonalarida ishlab chiqarish ta'limining muddati turlichadir. Tokar, frezerchi, remontchi-slesar, payvandchi va shunga o'xshash kasblarga, ya'ni o'quv va ishlab chiqarish vazifalarini muvaffaqiyatli qo'shib olib borish mumkin bo'lgan joylarda o'quvchilar o'quv ustaxonalarida ikki yil davomida ta'lim oladilar, bu esa ta'lim davrining 50-60 foizini tashkil qiladi. Mutaxassislarning mehnati murakkab, qimmatbaho, yirik o'lchamli ishlab chiqarish uskunalariga xizmat ko'rsatish, ularni tuzatish, sozlash bilan murakkab texnologik jarayonlarni, qurilish-montaj ishlari va shunga o'xshash ishlarni bajarish bilan bog'liq bo'lgan boshqa kasblar bo'yicha o'quv ustaxonalarida faqat asosiy harakatlar va operatsiyalarni: slesarlik, elektr-montaj ishlari, qurilishda pardozlash, dastlabki montaj ishlari va shu kabilarni o'rganish uchun tashkil qilinadi. Chunki to'la texnologiya jarayonini bajarishga o'rgatish uchun maxsus o'quv sharoitini vujudga keltirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas.
Kasb bo'yicha mehnat mazmunining xususiyatiga qarab, o'quv ustaxonalarida o'quvchilarni ishlab chiqarish ta'limi ulaming unumli mehnati jarayonida o'tkaziladi. Shu sababli o'quv ustaxonalari ta'lim talablariga ham, ishlab chiqarish talablariga ham muvofiq bo'lishi zarur.
O'quvchilarning ish o'rinlarini rejalashtirish, tashkil etish va jihozlash, o'quv ustaxonalarini tashkil etish hamda o'quv ishlab chiqarish faoliyati xususiyatlari, tabiiyki turli kasblar uchun turlichadir. Ammo, umuman, o'quv ustaxonalari uchun xos bo'lgan umumiy talablarni ajratib ko'rsatish mumkin. Mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim xizmatlarining ochiqligi va sifati masalalariga davlat tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘tgan yillarda kasb-hunar ta’limini rivojlantirish, ta’lim jarayonini modernizatsiyalash va mazmunini yangilashni ta’minlash maqsadida uning huquqiy bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi, iqtidorli yoshlarning xalqaro va respublika olimpiadalari hamda tanlovlarda salmoqli natijalarga erishishlarida ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator tizimli chora-tadbirlar ko‘rildi.
Shu bilan birga, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi rivojlanishini tahlil qilish natijalari tizimning bugungi kun talablariga javob bermasligini va tub islohotlarga muhtojligini ko‘rsatdi:
birinchidan, kasb-hunar kollejlari aholi yashash joylariga yaqin bo‘lmagan masofada joylashtirilganligi, ayniqsa, hududlarda transport infratuzilmasi yetarli darajada rivojlanmaganligi hamda ob-havo sharoitlari tufayli o‘quvchilarning vaqti-vaqti bilan ommaviy ravishda dars mashg‘ulotlarini qoldirishlariga sabab bo‘lmoqda;
ikkinchidan, kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini shakllantirishning mavjud amaliyoti kasb-hunar kollejlari ta’lim yo‘nalishlariga javob bermaydigan o‘quv ustaxonalari tashkil etilishiga, butlovchi va ehtiyot qismlar bilan yetarli darajada ta’minlanmasligiga olib keldi. Kasb-hunar kollejlari moddiy-texnik jihozlanishining o‘rtacha darajasi bugungi kunda atigi 56 foizni tashkil etadi, 31 ta kasb-hunar kollejida o‘quv ustaxonalari umuman mavjud emas;
uchinchidan, yetarli darajada moliyalashtirilmaganligi natijasida kasb-hunar ta’limi tizimi uchun zarur bo‘lgan ko‘plab darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari nashr etilmadi, darsliklarning 50 foizi rus va qoraqalpoq tillariga tarjima qilinmagan, amaldagi darsliklar biror marta yangilanmagan;
to‘rtinchidan, kasb-hunar kollejlarida kadrlar tayyorlash tizimi hududlardagi iqtisodiy tarmoqlarning real ehtiyojlaridan ortda qolganligi, shuningdek, kasb-hunar kollejlari uchun belgilangan qabul kvotalarida mehnat bozori konyunkturasi va ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish imkoniyatlari hisobga olinmasligi bitiruvchilarni ishga joylashtirishda qiyinchilik tug‘dirmoqda;
beshinchidan, kasb-hunar kollejlaridagi mavjud o‘quv jarayonini tashkil etishning hozirgi holati, qo‘llanilayotgan o‘quv-normativ hujjatlar hamda o‘qitish muddatlari kasblarning murakkablik darajasiga javob bermaydi, ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etishdagi kamchiliklar olinayotgan bilim darajasi tushib ketishiga va tegishli ravishda qator ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bitiruvchilarga bo‘lgan ehtiyojning pasayishiga olib keladi va natijada o‘qishni tamomlagandan keyin ish joylarida ularni qo‘shimcha o‘qitish zaruratini keltirib chiqarmoqda;
oltinchidan, aholi turli toifalarini “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi bo‘yicha kasbga tayyorlash tizimining yetarli rivojlanmaganligi aksariyat katta yoshli aholi, shuningdek, ishsiz yoshlar va nogiron shaxslarning mehnat bozorida keraksiz bo‘lib qolishiga olib kelmoqda;
yettinchidan, kasb-hunar kollejlarida o‘quv jarayonini tashkil etishga va o‘quvchilarni intellektual, ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalashga yuzaki yondashish, ularning bo‘sh vaqtlarini band etishning samarasiz mexanizmi o‘quvchilar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoiy qilmishlar soni ortishiga, ularning o‘qishga qiziqishi hamda davomatning tushib ketishiga sabab bo‘lmoqda.
2017/2018 o‘quv yilidan boshlab 11 yillik majburiy umumiy o‘rta ta’lim tizimiga o‘tilishi jamoatchilik, ota-onalar va 9-sinflar bitiruvchilari tomonidan keng qo‘llab-quvvatlandi.
Ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash uchun shart-sharoitlar yaratish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish maqsadida:
1. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
2018/2019 o‘quv yilidan boshlab majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim maktablarida, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablarda, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktab-internatlarida hamda akademik litseylarda uzluksiz va 11 yillik muddatda amalga oshiriladi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son)
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga o‘qishga qabul qilish umumta’lim maktablarining 11-sinflari bitiruvchilari hisobidan, ixtiyoriylik asosida, tegishli mutaxassislikka (kasbga) ega bo‘lish uchun 6 oydan 2 yilgacha bo‘lgan o‘qitish muddatlarida amalga oshiriladi;
kasb-hunar kollejlariga 2017/2018 o‘quv yiliga qadar (ushbu o‘quv yili qo‘shilgan holda) o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar o‘qishni o‘zlari ta’lim olayotgan kasb-hunar kollejlarida amaldagi o‘quv dasturlari asosida belgilangan tartibda tugatadilar.
2. Quyidagilar kasb-hunar ta’limi sohasida kadrlar tayyorlash tizimining muhim vazifalari deb hisoblansin:
Iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalarini, zamonaviy texnika va texnologik tendensiyalarni hisobga olib ehtiyoj yuqori bo‘lgan va turdosh mutaxassisliklar bo‘yicha zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq qilgan holda ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan va kamida ikkita xorijiy tilni biladigan malakali kadrlarni tayyorlash;

Yüklə 197,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə