Kasbiy ta'lim jarayonida pedagogik innavatsiyalar mundarija


Kurs ishini maqsadi va vazifalari



Yüklə 197,62 Kb.
səhifə2/10
tarix22.03.2024
ölçüsü197,62 Kb.
#181880
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KASBIY TA\'LIM JARAYONIDA PEDAGOGIK INNAVATSIYALAR

Kurs ishini maqsadi va vazifalari: Kasbiy ta'lim jarayonida pedagogik innavatsiyalar
-kasbiy ta'lim mutaxasisliklarini tayyorlashda nazariy va amaliy bilimlarni rejalashtirish
- kasb hunar ta'lim tizimi va jarayoni
-o'quv ustaxonasida daesni tashkil etish va o'tkazish
-Kasbiy talimda pedagogik innavatsiyalar
-Innavatsion texnologiyalar haqida tushuncha
-Ochiq darslarni o'tkazish va darslarni tahlil qilish
-O'qitish jarayonida talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini oshirish yo'llari
Kurs ishini obyekti: Kasbiy ta’lim
Kurs ishini hajmi: Kirish, Ikki bob, To’rtta bob, Xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.


I.Bob Kasb-hunar ta’limining metodologik asoslari va tamoyillari
1.Kasbiy ta’lim mutaxassislarini tayyorlashda nazariy va amaliy bilimlarni rejalashtirish
Amaliy mashg‘ulot kasb-xunar ta’limining tarkibiy qismi bo‘lib o‘quv ustaxonalarida, laboratoriyalarda, o‘quv paligonlarida ish o‘rnida joylashgan real vositalardan foydalanilgan xolda o‘tkaziladi. Kasb-xunar ta’limi tizimining shuki nazariya va amaliyot bir biridan aloxida, yani nazariy ta’lim o‘quv auditoriyada, amaliyot ustaxona va laboratoriyalarda amalga oshiriladi. Nazariy darsda keraqli maxsus bilimlar amaliy darsga nisbatan ilgariloq berilishini ta’mindash kerak. Amaliy mashg‘ulotlarda ta’lim berivchi ish faqat ish topshiriqlariga tegishli qo‘shimcha bilimlarni berishi kerak. Agarda amaliy masho‘ulotlarda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarning avvalgi bilimlarida kamchilikni aniqlasa, u keraqli nazariy bilimlarni beradi. Darsni rejalashtirish – kutilayotgan o‘quv natijalariga erishish maqsadida o‘quv jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish: ta’lim metodlarini tanlash, tarqatma materiallar va o‘quv ditaktik vositalar tayyorlash. Barcha imkoniyatlarni xisobga olgan xolda, bir marta tuzilgan rejada o‘zgartirishlar bo‘lmasligiga xarakat qilishi kerak. Ta’lim beruvchi uchun rejalashtirish o‘quv jarayonini boshqarishda xatolarga yo‘l qo‘ymaslik deganidir. Ta’lim oluvchi uchun rejalashtirish, u bo‘lajak o‘quv jarayoni to‘g‘risida va ta’limdan nimalarni kutishi mumkinligi xaqidagi aniq tasavvurga ega bo‘lishi deganidir. Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni rejalashtirish quyidagi darajalarda amalga oshirilishi mumkin: Butun ta’lim davri darajasida; Bir o‘quv yili darajasida; Bir smestr darajasida; Bir oy darajasida; Bir xafta darajasida; Bir kun darajasida; Nazariy darsning bir soat darajasida; Ko‘pincha xar xil vaqt darajalari uchun mo‘jallangan rejalar bir vaqtning o‘zida qo‘llaniladi. Maksadlar va mazmunlarni rejalashtirish odatda maxsus bir soxa buyicha buladi va uni ta’lim beruvchining uzi tuzadi. Buning uchun tanlangan maxsus soxa bir necha mavzularga yoki material soxalariga bulinadi. Sung metodlar va rejalashtiriladi. Bu munosabatda e’tiboringizni «Ta’lim beruvchining didaktik xattixarakatlari» modeliga karatmokchimiz.
Yukorida tasvirlangan ta’lim beruvchining didaktik xatti-xarakatlari modeli bir maxsus soxani rejalashtirish maksadida kullanishi mumkin.azariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni tug‘ri rejalashtirish uchun, ta’lim beruvchi o‘zining vaziyatidan boshlashi lozim, ya’ni «Mavzuni ilm-fanning eng so‘nggi zamonaviy talablariga muvofik o‘rgata olamanmi yoki buning uchun men yana aloxida tayyorlanishim kerakmi?» xamda «Biror ishlab chiqarilgan nazariy dars rejasi yoki amaliy mashg‘ulotlarning rejasi bormi?» degan savolga javob berishi kerak. Bundan keyin, ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarning dastlabki bilim va ko‘nikmalarini aniklab olishi lozim.Buning uchun kuyidagi asosiy savollar kuyilishi lozim: Nazariy dars yoki amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun ta’lim oluvchilarning dastlabki bilimlari kay darajada? • Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun kanday shartsharoitlar mavjud? • Kanday o‘kuv mazmunlar o‘rgatilishi ko‘ • llbzda tutilmokda? Rejalashtirish uchun yukoridagi savollarni o‘rganib chikish - nazariy dars va amaliy mashg‘ulotning boshka barcha tayyorlash xarakatlariga asosdir. Bu tushunchalar va savollar o‘rtasidagi bog‘liklikni quyida ko‘rsatilgan omillar aniq ko‘rsatadi. Maksadlar: Nima uchun ? Xar bir nazariy dars va xar bir amaliy mashg‘ulot oldindan belgilangan maksadlarga rioya kilishi lozim. Odatda O‘kuv dasturi asosida belgilashimiz mumkin bulgan aniq bir maqsadga erishilishi lozim. Maqsadlar yozma ravishda nazariy dars rejasiga kiritiladi va maksad erishilgan-erishilmaganligi test va topshiriqlar yordamida tekshiriladi va mustaxkamlanadi. Mazmunlar: Nima ? Belgilangan o‘quv maksadlarga muvofiq ravishda bilimlar soxaning mazmuni (shu jumladan ko‘nikmalar va o‘zini tutish tarzlari) belgilanadi. Bu mazmunlar bir tomondan keraqli dastlabki bilimlarni (nazariy dars mazmunini) va boshka tomondan topshiriklarni bajarish uchun kerakli maxsus bilimlarni (amaliy mashg‘ulot mazmunini) inobatga olishi kerak. Metod: Kay tarzda ? Agar maqsadlar va mazmunlar aniq bo‘lsa, aynan shunday metodlar tanlab olinishi kerakki, ular shu maqsad va mazmunlarni o‘lchanadigan natijalarga aylantira olishlari lozim. Bu munosabatda "an’anaviy" va "interfaol metodlar" deb atalgan metodlar ta’lim beruvchi tomonidan tanlab olinadi va qo‘llanadi.\ SHaroitlar: Nimalar yordamida ? SHaroitlar deganda, birinchi navbatda moddiy-texnik shart-sharoitlar tushuniladi. Bir tomondan, moddiy-texnik sharoitlar. ya’ni binolar, sinfxonalar, o‘kuv ustaxonalar, laboratoriyalar, ularning jixozlanganlik darajasi, instrumentlar, chikim materiallarning umumiy xolati va xokazo, chunki ular ma’lum sifat standartlariga javob berishi kerak. Boshka tomondan esa, o‘quv vositalari tushuniladi, chunki ular o‘quv jarayondagi bilimlarni o‘zlashtirilishiga yordam beradi. o‘quv maksadlariga mo‘ljallangan ko‘plab o‘quv vositalari mavjud. Lekin gap vositalarning ko‘pligida emas, balki muayyan o‘quv maksadiga erishish uchun ma’qul keladigan vositalarni tanlab olishdadir. Tashkillashtirish: Bu kanday amalga oshiriladi ? YUkorida aytilgan xamma narsalar vakt omilini inobatga olgan xolda tashkil kilinishi kerak. CHunki xar bir nazariy dars va xar bir amaliy mashg‘ulot uchun anik vaqt me’yorlari bor va aynan shu vakt doirasida o‘quv maksadlarga erishish lozim. Buning uchun nafakat puxta reja, balki unumli tashknllashtirish xam kerak. Vakt davri, vakt davomi va ukuv joyi - tashknllashtirish jarayonida belgilanadi. Urgatish va urganishni tashkil kilishning xilma-xil imkoniyatlari mavjud. Natijalar: Maqsadga erishildimi ? Nazariy dars yoki amaliy mashg‘ulotning oxirida maqsadlarga erishilganerishilmaganligi tekshirilishi kerak. Buning uchun baxolash vositalari, metodlari va mezonlari belgilanishi lozim. Buning imkoniyatlari - mashkdar, ogzaki va yozma testlar xamda imtixonlar. Ular ta’lim oluvchilarning kobiliyatlari, bilim, kunikma va malakalarini baxolash nmkoniyatini yaratadi. O‘qitish va o‘qish sikli- nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarni rejalashtirish omillariga asoslangan bo‘lib, nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlar rejalashtirish, amalga oshirish xamda xulosa chikarish boskichlariga taallukli didaktik xattixarakatlarni tushuntiradi Bu siklda nazariy dars va amaliy mashg‘ulot bir-biridan ajratilmaydi. 1-boskich: Nazariy dars va amaliy mashg‘ulotga nisbatan inobatga olinishi kerak bo‘lgan mavjud vaziyat va dastlabki shart-sharoitlarni o‘rganish. SHu o‘rinda 3 xil taxlil, ya’ni adresatlar (ta’lim oluvchilar) taxlili, shart-sharoitlar taxlili va maxsus soxa (mazmun) taxlili amalga oshirilishi lozim. Bu taxlillar odatda boshlanishida, natijalari esa keyinrok kerak buladi. O‘qitish va o‘qish sikli. 2-boskich: O‘quv dasturi asosida o‘quv maksadlarni belgilash yoki aniklash. Nazariy dars va amaliy mashg‘ulot uchun maxsus o‘quv maksadlar belgilab oli 3- bosqich: Nazariy dars yoki amaliy mashg‘ulot rejasini tuzish. Bu rejada barcha mazmunlar, mavzular, rejalashtirilgan metodlar, tanlab olingan o‘quv-didaktik materiallarga muvofik xolda o‘quv vositalar xamda umumiy vakt taqsimoti aks etadi. Bu rejada nafakat ta’lim beruvchining xatti-xarakatlari, balki ta’lim oluvchilarning rejalashtirilgan xatti-xarakatlari xam ko‘rsatilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. 4-boskich: O‘quv-didaktik materiallarni tayyorlash, chunki ular amalga oshirish bosqichining asosiy dastlabki shartlaridan biridir. Agar tayyor materiallar bor bo‘lsa, ularning orasidan to‘g‘ri keladiganlari tanlab olinadi. Agar tayyor o‘quvdidaktik materiallar yoki o‘quv vositalar bo‘lmasa, ular ishlab chikarilishi kerak. Odatda bosma o‘quv vositalar, masalan tarkatma materiallar, slaydlar va topshirik varakalari kerak bo‘ladi, ularga qo‘shimcha ravishda esa matnli o‘quv adabiyotlari ishlatiladi. Xuddi shunga o‘xshab darsdan oldin plakat loyixalari va plakatlarning o‘zi ishlab chikiladi. 5-boskich: Rejalashtirish va tashkillashtirish asosida nazariy dars va amaliy mashg‘ulotni amalga oshirish (o‘tkazish). Bu degani, barcha o‘quv vositalari bilan jixozlangan sinfxona xamda, kerak bo‘lsa, ustaxonada joylashgan o‘quv burchagi va vaqt etarlicha bo‘lishi kerak. 6-boskich: Nazariy dars va amaliy mashg‘ulot davomida o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni baxolash. Bir tomondan, bu - ta’lim oluvchilar keraqli bilimlarni o‘zlashtirib olganliklarining nazorati. YA’ni «Ta’lim oluvchilar maksadga erishishdimi?» degan savolga javob berilishi kerak. Boshka tomondan esa, ta’lim beruvchi uchun uz-uzini xamda ishining sifati kanday bulganligi tekshirish. YA’ni «Men oldimga kuygan maksadlarimga erishdimmi?» degan savolga javob berilishi kerak. Ikkala xolda xam o‘lchanadigan natijalar bo‘lishi muximdir.
kasb hunar ta'lim tizimi va jarayoni
Mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim xizmatlarining ochiqligi va sifati masalalariga davlat tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘tgan yillarda kasb-hunar ta’limini rivojlantirish, ta’lim jarayonini modernizatsiyalash va mazmunini yangilashni ta’minlash maqsadida uning huquqiy bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi, iqtidorli yoshlarning xalqaro va respublika olimpiadalari hamda tanlovlarda salmoqli natijalarga erishishlarida ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator tizimli chora-tadbirlar ko‘rildi.
Shu bilan birga, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi rivojlanishini tahlil qilish natijalari tizimning bugungi kun talablariga javob bermasligini va tub islohotlarga muhtojligini ko‘rsatdi:
birinchidan, kasb-hunar kollejlari aholi yashash joylariga yaqin bo‘lmagan masofada joylashtirilganligi, ayniqsa, hududlarda transport infratuzilmasi yetarli darajada rivojlanmaganligi hamda ob-havo sharoitlari tufayli o‘quvchilarning vaqti-vaqti bilan ommaviy ravishda dars mashg‘ulotlarini qoldirishlariga sabab bo‘lmoqda;
ikkinchidan, kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini shakllantirishning mavjud amaliyoti kasb-hunar kollejlari ta’lim yo‘nalishlariga javob bermaydigan o‘quv ustaxonalari tashkil etilishiga, butlovchi va ehtiyot qismlar bilan yetarli darajada ta’minlanmasligiga olib keldi. Kasb-hunar kollejlari moddiy-texnik jihozlanishining o‘rtacha darajasi bugungi kunda atigi 56 foizni tashkil etadi, 31 ta kasb-hunar kollejida o‘quv ustaxonalari umuman mavjud emas;
uchinchidan, yetarli darajada moliyalashtirilmaganligi natijasida kasb-hunar ta’limi tizimi uchun zarur bo‘lgan ko‘plab darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari nashr etilmadi, darsliklarning 50 foizi rus va qoraqalpoq tillariga tarjima qilinmagan, amaldagi darsliklar biror marta yangilanmagan;
to‘rtinchidan, kasb-hunar kollejlarida kadrlar tayyorlash tizimi hududlardagi iqtisodiy tarmoqlarning real ehtiyojlaridan ortda qolganligi, shuningdek, kasb-hunar kollejlari uchun belgilangan qabul kvotalarida mehnat bozori konyunkturasi va ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish imkoniyatlari hisobga olinmasligi bitiruvchilarni ishga joylashtirishda qiyinchilik tug‘dirmoqda;
beshinchidan, kasb-hunar kollejlaridagi mavjud o‘quv jarayonini tashkil etishning hozirgi holati, qo‘llanilayotgan o‘quv-normativ hujjatlar hamda o‘qitish muddatlari kasblarning murakkablik darajasiga javob bermaydi, ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etishdagi kamchiliklar olinayotgan bilim darajasi tushib ketishiga va tegishli ravishda qator ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bitiruvchilarga bo‘lgan ehtiyojning pasayishiga olib keladi va natijada o‘qishni tamomlagandan keyin ish joylarida ularni qo‘shimcha o‘qitish zaruratini keltirib chiqarmoqda;
oltinchidan, aholi turli toifalarini “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi bo‘yicha kasbga tayyorlash tizimining yetarli rivojlanmaganligi aksariyat katta yoshli aholi, shuningdek, ishsiz yoshlar va nogiron shaxslarning mehnat bozorida keraksiz bo‘lib qolishiga olib kelmoqda;
2017/2018 o‘quv yilidan boshlab 11 yillik majburiy umumiy o‘rta ta’lim tizimiga o‘tilishi jamoatchilik, ota-onalar va 9-sinflar bitiruvchilari tomonidan keng qo‘llab-quvvatlandi.

Yüklə 197,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə