Kationlarning analitik guruhlarga bo`linishi. Birinchi guruh kationlarining sifat reaksiyalari



Yüklə 43,16 Kb.
səhifə2/7
tarix04.05.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#108460
1   2   3   4   5   6   7
Kationlarning analitik guruhlarga bo`linishi. Birinchi guruh kat

V – analitik guruhga: As+3, As+5, Sn+2, Sn+4, Sb+3 va Sb+5 ionlari kiradi.
I-guruh kationlariga umumiy xarakteristika va ularning sifat reaksiyalari.

I-analitik guruhga kiruvchi kationlarning barchasi rangsiz, ammo anion rangli bo`lganda(masalan CrO42-, MnO4- va hokazo). K+, Na+ va NH4+ ionlarining deyarli barcha tuzlari, shuningdek gidroksidlari ham suvda yaxshi eriydi.


Magniy metalli davriy sistemaning ikkinchi guruhida joylashgan. U K+, Na+ (birinchi guruhda joylashgan) va NH4+ kationlaridan o`z xossalariga ko`ra farq qiladi. Mg(OH)2 suvda yomon eriydi, kuchsiz asos. MgCO3, Mg2(OH)2CO3, Mg3(PO4)2, MgHPO4 II-analitik guruh kationlari (Ca+2, Ba+2, Sr+2 ) ning tuzlari singari suvda kam eriydi. Lekin II-guruh kationlari Ca+2, Ba+2 va Sr+2 ni (NH4)2CO3 guruh reagenti bilan cho`ktirish jarayonida MgCO3 ammoniyli tuzlar ishtirokida eruvchan bo`lib, oqibatda eritmada I-guruh kationlari bilan qoladi. Ana shu sababli Mg2+ I-analitik guruhga kiritilgan.
I-analitik guruh kationlarining birikmalari muhim biologik ahamiyatga ega. Ularning xlorid, nitrat, sulfat va karbonat tuzlari tuproqdan suvga tez o`tadi. Sho`rlangan tuproq tarkibida NaCl, Na2SO4 va NaHCO3 tuzlari ko`proq uchraydi. O`simliklar uchun xavflisi NaHCO3 tuzidir.
K+ hamda NH4+ kationlari mineral o`g`itlar tarkibiga kiradi. Fotosintez jarayoni K+ ionlari ishtirokida jadallashadi.Bu kationlar NH4H2PO4, (NH4)2HPO4, NH4NO3, (NH4)2SO4, KNO3, KCl va K2SO4 tuzlari holida o`g`it sifatida ishlatiladi.
Mg2+ kationi o`simliklardagi yashil pigment xlorofill zarrachasi tarkibiga kiradi.
Tirik organizmda ovqatni hazm qilish, asab impulslarini uzatish Na+ va K+ ionlari ishtirokida boradi. Shu sababli NaCl ozuqani zaruriy komponentlaridan biridir, uning 0,9 % li eritmasi fiziologik eritma sifatida ishlatiladi. NaHCO3 va MgO oshqozon shirasidagi ortiqcha kislotalilikni neytrallash uchun qo`llaniladi.
Ammiakning 10 % li eritmasi “novshadil spirt” nomi bilan ishlatiladi. Ammoniy tuzlari va NH3 tabiatda oqsil moddalarining chirishidan hosil bo`ladi. Ularning molxona binolarida va suv havzalarida paydo bo`lishi, ularning ifloslanganligini ko`rsatadi.

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə