Katta yoshdagi bolalarda norevmatik miokarditning ekg dagi asosiy simptomlari


International Conference on Research in Humanities, Applied Sciences and Education



Yüklə 231,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix22.06.2023
ölçüsü231,29 Kb.
#118521
1   2   3   4   5
International Conference on Research in Humanities, Applied Sciences and Education
Hosted from Berlin, Germany 
https://conferencea.org June 5
th
 2022
156 
Miokardning yengil shakli simptomlarsiz kechib, og‘ir shaklida esa yurak ritmining murakkab buzilishlari 
oqibatida yurak yetishmovchiligi va qon aylanishning o‘tkir buzilishi bilan kechadi (E.N.Amosova 2018, 
V.S.Prixodka. 2011). 
Bolalarda miokardit boshqa kasalliklarga nisbatan klinik ko‘rinishi nospetsifik kechadi, shu bilan ko‘plab 
amaliyot shifokorlari oldida qiyinchilik tugdiradi. Xozirgi kunda miokardit bilan kasallangan bemorlar qon 
zardobida antikardial antitelolar aniqlangan (V.P. Krivonostov 2016). 
Bolalarda miokarditlarning klinik ko‘rinishi asosan etimologiyasiga, tarqalishiga, patologik 
jarayonning chuqurligi va turlicha kechishiga qarab aniqlanadi. Kasallikning klinik kurinishi nespetsifik 
kechadi. Miokardning yengil shakli simptomlarsiz kechib, og‘ir shaklida esa yurak ritmining murakkab 
buzilishlari oqibatida yurak yetishmovchiligi va qon aylanishning o‘tkir buzilishi bilan kechadi. 
Shular asosida bolalar kardiologiyasining dolzarb vazifalaridan biri Samarqand shahrida har xil yoshdagi 
bolalar orasida NM ning zamonaviy klinik kechishidagi xususiyatlarni va ularning tarqalishini aniqlash yotadi. 
Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli bolalar klinik markazining kardio-revmatologiya bo‘limida so‘nggi 2018-
2019 yillar davomida NM bilan kasallangan 50 ta erta yoshdagi bemor bolalarda klinik va elektrokardiografik 
tahlillarni o‘rgandik. 
Erta yoshdagi bolalarda norevmatik karditning xozirgi davrdagi klinik manzarasini va EKG simptomlarni 
o‘rganish va olingan ma’lumotlar adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlar bilan solishtirma taxlilini o‘tqazish.
Ilmiy ishning vazifalari. 
Erta yoshdagi bolalarda norevmatik karditning xozirgi davrda klinik kechishini o‘rganish va diagnostik 
mezonlarni aniqlash. 
Erta yoshdagi bolalarda norevmatik karditga xos EKGdagi o‘zgarishni o‘rganish va xususiyatlarni aniqlash. 
Izlanishlar jarayonida olingan natijalar adabiyotlardagi ma’lumotlar bilan taqqosiy analiz o‘tkazish.
O‘tkazilgan tekshirishlar natijalari. Tekshirishlarimiz shuni ko‘rsatdiki norevmatik miokardit bilan 
kasallangan 86% erta yoshdagi bolalar anamnezidan o‘tkir respirator infeksiya bilan zararlangan. Perinatal 
anamnezi taxlil qilinganda kamqonlik 82%, xomiladorlik gestozlari 46% tashkil etgan. 
Norevmatik miokardit bilan kasallangan erta yoshdagi bolalarni perimorbid foni o‘rganilganda 
anemiya fonida rivojlanishi 92%, eksudativ kataral diatez va gipotrofiya 36%, limfatiko-gipoplastik diatez
esa 30% uchrashi aniqlandi. Norevmatik miokarditning klinik simptomlardan umumiy xolsizlik 88%, ko‘p 
terlash 86%, yo‘tal 50%, lab-burun atrofi ko‘karishi 58%, teri oq marmar tusda 76% tashkil etdi. Yurak 
tonlarining bo‘g‘iqligi barcha bemorlarda kuzatildi. «ot dupuri» ritmi 32% tashkil etdi. Taxikardiya 80%, 14% 
aritmiya, ekstrasistoliya 14%, bradikardiya 4% tashkil etdi.
EKG o‘zgarishlaridan: Ritm buzilishiga ko‘ra, sinusli taxikardiya 88%, 12% sinusli aritmiya, ekstrasistoliya 
14%, sinusli bradikardiya 6% tashkil etdi. O‘tkazuvchanlikning buzilishiga ko‘ra esa qorinchalararo 
o‘tkazuvchanlik buzilishi 24%, qiskarish fazasining buzilishi 66%, Giss tutami o‘ng oyoqchasi notuliq 
blokadasi 24% uchrashi aniqlandi.
Yurak o‘ng qorincha gipertrofiyasi 24% tashkil etdi. Yurak chap qorinchasining gipertrofiyasini 46%ni tashkil 
etishi kuzatildi. Kardiomegaliya esa 20% aniqlandi. 
S-T sigmenti QRS kompleksining tugashi, T tishcha boshlanish o‘rtasidagi masofadir. Sog’lom bolalarda izo 
chiziqdan 0,5-1 mm pastga tushishi yoki ko‘tarilishi mumkin. Bizning tekshirishlarimiz natijasiga ko‘ra 3 
yoshgacha bolalarning 8 nafarida S-T sigmenti V2, V3 ko‘krak ulanishida izo chiziqdan 2,5 mm yuqorida. 
7 nafarida V3, V4 ulanishlari izo chiziqdan 3 mm yuqorida. 3-7 yoshli bolalarda S-T sigmenti o‘zgarishsiz.
7-12 yoshli bolalarning 2 nafarida III, V1 ulanishlarida S-T sigmenti 2,5 mm yuqori (subepikard ishemiyasi). 
3 nafarida I, AVL, V5 ulanishlarida S-T sigmenti 4 mm yukori (subendokard ishemiyasi).
Jadval. 7 Yoshdan 12 yoshgacha bolalarda EKG tishchalarining 
millimetrda, intervallarning sekuddagi o‘lchamlari. 
Tишчалар 
Отведение 

II 
III 
V
1
V
5



Yüklə 231,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə