Katta yoshdagi bolalarda norevmatik miokarditning ekg dagi asosiy simptomlari



Yüklə 231,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix22.06.2023
ölçüsü231,29 Kb.
#118521
1   2   3   4   5
Kalit so‘zlar
: EKG, bolalar, respirator. 
Norevmatik miokardit - bu yurakning turli etiologiyali yalig`lanishi bo‘lib, revmatizmga yoki boshka 
sistemali kasalliklariga bog‘liq bo‘lmasligi bilan xarakterlanadi. Miokardit – BJSST klassifikatsiyasi bo‘yicha 
etiologiyasi aniqlangan yurak mushagining spetsifik kasalligiga kirib, miokardning infiltrativ yallig‘lanishi 
bo‘lib, fibrozlanish, nekrozlanish yoki miotsitlar degeneratsiyasi bilan kechadi. Miokardit yurak mushagining 
boshqa etiologiyali yallig‘lanishidan deffirinsiallashning qiyinligi bilan ko‘plab amaliyot shifokorlari oldida 
qiyinchilik tug‘diradi.
Norevmatik miokardit va dilatatsion kardiomiopatiyaning klinik ko‘rinishlari o‘xshashligi va patologik 
mofologik belgilari yo‘qligi sababli bir biridan farqlash qiyin. Ko‘plab miokarditlar natijasida dilatatsion 
kardiomiopatiya rivojlanadi, bunda yallig‘lanish jarayonlarining yuqolishi bilan bir vaqtda miokarda 
kardioskleroz rivojlanishi kuzatiladi. Shuning uchun xam miokardit dolzarb muommo bo‘lib qolmoqda
natijada xar tomonlama o‘rganishni talab etmoqda. Bolalarda yallig‘lanish jarayoni nafaqat miokarda balki 
perikard va endokardning zararlanishi bilan xam kechadi, shu sababli Belokon N.A «kardit» terminini 
qo‘llashni taklif kildi. 
Muammoning dolzarbligi. Miokardit turli yoshda kuzatiladi, ayniqsa erta yoshli bolalar orasida ko‘p uchraydi. 
Ayrim xollarda miokarditning yengil formalari simptomsiz kechishi sababli ular xech qaerda qayd 
qilinmaydi, bu esa uning aniq tarqalish darajasini aniqlashda qiyinchilik tug‘diradi (N.V. Orlova, 
T.V.Pariyskaya 2019).
Ma’lumotlarga ko‘ra 24 – 33 % bolalarda miokatdit simptomsiz kechishi mumkin ( E.Rarillo 2018 ). 
YU.M.Belozerov keltirishicha 1000 kishidan 10 kishida miokardit uchraydi (YU.M.Belozerova 2014). O‘tkir 
virusli infeksiya bilan kasallangan bemorlarning 1-5% da miokard zararlanishini kuzatish mumkin 
(YU.M.Belozerova 2014) .



Yüklə 231,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə