Кўчмас мулк объектларини баҳолаш усуллари



Yüklə 17,56 Kb.
səhifə2/5
tarix22.03.2024
ölçüsü17,56 Kb.
#183073
1   2   3   4   5
Roziqov Nazirjon 110-20

.

  • (MHXS) talablariga moslashtirish kerakligi ko’rsatilgan. Bu albatta xorijiy investorlarni respublikamiz fond bozoriga kirib kelishini rag’batlantiradi hamda bu boradagi moliyaviy instrumentlar aksiya, obligatsiya, veksel, depozit va jamg’arma sertifikatlari va boshqa qimmatli qog’ozlar bilan bo’g’liq munosabatlarning rivojlanishiga olib keladi. Investorlarni jalb qilishning asosiy shartlaridan biri ularni qimmatli qog’ozlar to’g’risidagi ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlash hisoblanadi. Hozirgi kunda respublikamizda amalda bo’lgan hisobotlar foydalanuvchilar (investorlar)ning ehtiyojlarini to’liq qondirmaydi, chunki hisob va hisobotlarga soliq hisobi nuqtai nazaridan yondashiladi. Mulkiy huquqlarni belgilangan shaklga va majburiy rekvizitlarga amal qilgan holda tasdiqlovchi hujjatlar qimmatli qog’ozlar hisoblanib, ularni taqdim etgan taqdirdagina mazkur huquqlarni amalga oshirish yoki boshqa shaxslarga berish mumkin bo’ladi. Qimmatli qog’ozlar jumlasiga quyidagilar kiradi: obligatsiya, veksel, depozit va jamg’arma sertifikatlari, konosanent, aksiya va qonun hujjatlari bilan qimmatli qog’ozlar jumlasiga kiritilgan boshqa hujjatlar kiradi.

.

  • Qimmatli qog’ozlarga O’zbekiston Respublikasi “Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida”gi Qonunda quyidagi ta’rif berilgan: qimmatli qog‘ozlar — hujjatlar bo‘lib, ular mazkur hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish imkoniyatini nazarda tutadi. Qimmatli qog’ozlarning metodologik masalalari o’zbekistonlik iqtisodchi olimlar I.Butikov, Sh.Shoxa’zamiy, J.Zaynalov tomonidan, qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalar hisobini takomillashtirish masalalari K.Urazov, S.Tashnazarov va boshqalar tomonidan tadqiq etilgan.

.

  • Bizningcha, qimmatli qog’ozlar bu qarz beruvchiga va yoki investorga belgilangan tartibda kelajakda ma’lum daromad olish uchun qonuniy ta’minlangan huquqni beruvchi moliyaviy vositadir. Tadqiqot metodologiyasi. Maqolada abstrakt-mantiqiy fikrlash, qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv, ma’lumotlarni guruhlash usullaridan foydalanildi. Tahlil va natijalar. Qimmatli qog’ozlar tannarx, likvidlik, rentabellik, muomala tezligi, investitsion salohiyat kabi iqtisodiy xususiyatlari bilan tavsiflanadi.
  • Qimmatli qog’ozlarning O’zbekiston Respublikasi “Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida”gi Qonunda quyidagi turlari ko’rsatilgan 1-Aksiyalar 2-Obligatsiyalar 3-G‘azna majburiyatlari 4-Depozit sertifikatlari
  • 5-Qimmatli qog‘ozlarning hosilalari 6-Veksellar.

Yüklə 17,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə