Кўчмас мулк объектларини баҳолаш усуллари



Yüklə 17,56 Kb.
səhifə3/5
tarix22.03.2024
ölçüsü17,56 Kb.
#183073
1   2   3   4   5
Roziqov Nazirjon 110-20

.

  • Aksiya — o‘z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan, egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog‘oz Obligatsiya — emissiyaviy qimmatli qog‘oz bo‘lib, u obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning nominal qiymatidan qat’iy belgilangan foizni olishga bo‘lgan huquqini yoxud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlaydi.
  • O‘zbekiston Respublikasining g‘azna majburiyatlari — emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar bo‘lib, ular emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar egalari O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga pul mablag‘lari kiritganligini tasdiqlaydi va bu qimmatli qog‘ozlarga egalik qilishning butun muddati mobaynida qat’iy belgilangan daromad olish huquqini beradi
  • Depozit sertifikati — bankka qo‘yilgan omonat summasini va omonatchining (sertifikat saqlovchining) omonat summasini hamda sertifikatda shartlashilgan foizlarni sertifikatni bergan bankdan yoki shu bankning istalgan filialidan belgilangan muddat tugaganidan keyin olish huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog‘oz
  • Qimmatli qog‘ozlarning hosilalari — o‘z egalarining boshqa qimmatli qog‘ozlarga nisbatan huquqlarini yoki majburiyatlarini tasdiqlovchi va yuridik shaxslar tomonidan opsionlar, qimmatli qog‘ozlarga doir fyucherslar, depozitar tilxatlar va boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqariladi
  • Veksel — veksel beruvchining yoxud vekselda ko‘rsatilgan boshqa to‘lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan summani to‘lashga doir qat’iy majburiyatini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog‘oz
  • 21-son BHMS ga asosan qimmatli qog’ozlarning hisobi 0610-“Qimmatli qog’ozlar” schyotida davlat foizli obligasiyalari va mahalliy qarzlar, aksiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlarga qilingan uzoq muddatli investitsiyalarning mavjudligi va harakatining hisobi yuritiladi. Unga ko’ra aksiyalar, obligasiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar 0610-“Qimmatli qog’ozlar” schyotining debetida ushbu qo’yilmalar hisobiga berilgan qiymatliklar hisobga olinadigan schotlar bilan bog’langan holda hisobga olinadi. Korxonalarda qimmatli qog’ozlarni hisobga olish va ular hisobini yuritish uchun alohida subschyotlar ochish lozim, ya’ni 0611-“Aksiyalar”, 0612-“Obligasiyalar” kabi subschyotlarning ochilishi qimmatli qog’ozlarning alohida turlari bo’yicha axborot olishni, ular hisobini yuritishni takomillashtiradi.

Yüklə 17,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə