Aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani
elektr energiyasi bilan ta’minlashni
yaxshilash maq-
sadida o‘tgan besh yil mobaynida viloyatning shahar
va tumanlarida 129
kilometr elektr tarmoqlari, 150 ta
transformator punkti barpo etildi. Bundan tashqari,
16 ming 133
kilometr elektr tarmoqlari, 118 ta
podstansiya va 6 ming 700 ta transformator punkti
rekonstruksiya qilindi, kapital va joriy ta’mirlandi.
Buning natijasida 77 mingdan ziyod xonadonda elektr
energiyasi ta’minoti yaxshilandi.
Ishlab chiqilayotgan dasturda bu boradagi ishlami
Andijon viloyatida ham,
mamlakatimizning boshqa
hududlarida ham tizimli ravishda davom ettirish
nazarda tutilmoqda. Xususan, past kuchlanishli elektr
tarmoqlarini modemizatsiya qilish,
elektr tarmoqlari
uskunalaridan foydalanish muddatlarini uzaytirish,
elektr uzatish tarmoqlarining quwatini oshirish va
boshqa choralar belgilanadi.
Birgina Andijon viloyatida kelgusi besh yilda
3 ming 31 kilometr elektr tarmoqlari, 639 ta transfor-
mator punkti, 14 ta podstansiya qurish rejalashtirila-
yotgani dasturdagi ishlaming koiamidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: