Kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan


Odamlar orasida yashash, ularning dardiga



Yüklə 8,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə229/231
tarix28.11.2023
ölçüsü8,31 Mb.
#134723
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   231
1.Mirziyoyev Sh Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan (1)

Odamlar orasida yashash, ularning dardiga
quloq solish, aholining ehtiyojlari va qonuniy ta-
lablarini amalga oshirish uchun tezkor choralar
ko‘rish - har bir rahbarning asosiy vazifasi, deb
hisoblayman.
Bu muhim sohada, afsuski, hali ko‘pgina kamchilik- 
larimiz bor. Faqat keyingi 2 oy mobaynida Bosh va- 
ziming virtual qabulxonasiga shahar fuqarolaridan 
60 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi. Bu mamla- 
katimiz bo‘yicha barcha murojaatlaming 32 foizini 
tashkil qiladi. Ulaming asosiy qismi uy-joy sha- 
roitlarini, bank tizimi faoliyatini yaxshilash, bandlik 
va suv ta’minoti masalalari bo‘yicha Olmazor, Mirzo 
Ulug‘bek, Yunusobod, Shayxontohur va Chilonzor 
tumanlariga to‘g‘ri keladi. Aksariyat hollarda, sha- 
har aholisi huquqni muhofaza qilish tizimi ishlaridan 
norozi boimoqda.
Kadrlarbilan ishlashda yo‘l qo‘yilayotgannuqsonlar 
ushbu kamchiliklaming asosiy sabablaridan biridir. 
Ayni vaqtda, qo‘yilgan vazifalami mas’uliyat bilan va 
professional darajada amalga oshirishga qodir boigan 
kadrlaming amaliy zaxirasi yaratilmaganini afsus bi- 
lan qayd etish kerak.
Shulami hisobga olib, bir oy mobaynida har bir 
tumandagi vaziyatni puxta o‘rganib chiqish, tuman 
hokimliklari va shahar hokimligi boshqarmalarini ish- 
chan va zamonaviy fikrlaydigan kadrlar bilan mustah-
31 -S h . Mirziyoyev
481


kamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chi- 
qish zarur va shart deb o‘ylayman.
Muhtaram yurtdoshlar!
Aziz hamshaharlar!
Vatanimiz poytaxti, uning oltin ostonasi bo‘l- 
gan azim Toshkentimiz barchamiz uchun onadek 
ulug‘ va mo‘tabardir. Biz bu buyuk shahar timsolida 
0 ‘zbekistonimizni, uning bugungi ozod va obod qiyo- 
fasini, nurafshon kelajagini ko‘ramiz.
Toshkentni yanada go‘zal va obod shaharga ay- 
lantirish - barchamizning muqaddas farzandlik bur- 
chimizdir. Mening saylovoldi dasturimdan o‘rin olgan 
barcha reja va tadbirlar ayni shu ezgu maqsadga qa- 
ratilgandir. Hech shubhasiz, bu boradagi amaliy sa’y- 
harakatlarimiz nafaqat Toshkent shahri, balki butun 
mamlakatimiz rivojiga beqiyos hissa b o iib qo‘shi- 
ladi.
Yangi, demokratik 0 ‘zbekiston davlatini qurish va 
uni dunyodagi rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib 
chiqishda doimo oldingi safda b o iib kelayotgan siz, 
azizlar ana shu ulkan marralarga erishishda barchaga 
o‘mak va namuna boiasiz deb ishonaman.
Hamisha ulug‘ maqsadlar bilan yashaydigan mard 
va olijanob xalqimizga, siz, hurmatli poytaxt ahliga 
farzandlik mehri va sadoqati bilan xizmat qilish, siz- 
laming yuksak ishonchingizni oqlash - men uchun 
chinakam saodatdir.
Aziz vatandoshlar!

Yüklə 8,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə