Kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan


Ko‘ptarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish



Yüklə 8,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/231
tarix28.11.2023
ölçüsü8,31 Mb.
#134723
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   231
1.Mirziyoyev Sh Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan (1)

Ko‘ptarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish
dasturini 
qabul qilib, uning doirasida ekin maydonlarini 
optimallashtirish va paxta ekishni bosqichma-bosqich 
qisqartirish rejalashtirilmoqda.
Bu sohada yer va suv resurslaridan oqilona foy- 
dalanish, zamonaviy intensiv agrotexnologiyalami 
joriy etish, mahsulotni saqlash va chuqur qayta ishlash 
infratuzilmalarini takomillashtirishni biz hal qiluvchi 
vazifa sifatida kun tartibiga qo‘ymoqdamiz.
Biz bunday ulkan vazifalami amalga oshirishda
tabiiyki, barcha viloyatlarimiz qatori qadimiy deh- 
qonchilik an’analariga ega boigan Farg‘ona ahliga, 
uning 
g‘ayrat-shijoati, 
mirishkorlik 
fazilatlariga 
tayanamiz.
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz bo‘yicha yetishti- 
rilayotgan g‘allaning 10 foizi, paxtaning 8 foizi, meva- 
sabzavotning 10 foizdan ziyodi Farg‘ona viloyatiga 
to‘g‘ri kelishi viloyat dehqonlarining bu boradagi 
ulkan salohiyatidan dalolat beradi.
Faqat ishning ko‘zini biladigan, har qarich 
yeming qadriga yetib, unga butun mehrini, borlig‘ini 
berib mehnat qiladigan insonlargina bunday yuqori 
natijalarga erishishga qodir boiadi.
Keyingi besh yilda viloyatda paxta maydonlari 
5 ming 800 gektarga qisqartirilib, ko‘proq daromad 
beradigan, eksportbop meva-sabzavot va poliz may- 
donlari kengaytirilgani, yurtimizdagi bogiam ing
55


beshdan bir qismi shu zaminga to‘g‘ri kelayotgani 
viloyat qishloq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgarishlar jadal 
amalga oshirilayotganini ko‘rsatadi.
Viloyat dehqon va fermerlari bu yil ham barcha 
qishloq xo‘jaligi tarmoqlari bo‘yicha m o i hosil 
yetishtirib, uni o‘z vaqtida, yuqori sifat bilan yig‘ib- 
terib oldilar. 
Fursatdan foydalanib, viloyatning 
mirishkor dehqon va fermerlarini, barcha dala 
mehnatkashlarini, siz, muhtaram Farg‘ona ahlini 
erishgan ulkan yutuqlaringiz bilan chin qalbimdan 
tabriklab, sizlarga samimiy minnatdorlik bildirishni 
o‘z burchim deb bilaman.
Aziz do‘stlar, saylovoldi dasturimizda davlatning 
iqtisodiyotdagi rolini qisqartish, hududlami kompleks 
rivojlantirish bo‘yicha ham aniq vazifalar belgilangan. 
Ulaming barchasi aw alo xalqimizga, har bir fuqaroga 
qanday naf yetkazishi, uning dasturxonida, kundalik 
hayotida aks etishi biz uchun o‘ta muhimdir.
Jumladan, ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar 
miqdorini bosqichma-bosqich oshirib borish, iste’mol 
tovarlari, jumladan, 
arzon narxdagi oziq-ovqat 
mahsulotlari ro‘yxatini kengaytirish va hajmini 
oshirish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.
Dasturimizning 
to‘rtinchi 
ustuvor 
yo‘nalishi 

Yüklə 8,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə