Kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan


Navbatdagi dastur - Onalik va bolalikni



Yüklə 8,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/231
tarix28.11.2023
ölçüsü8,31 Mb.
#134723
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   231
1.Mirziyoyev Sh Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan (1)

Navbatdagi dastur - Onalik va bolalikni
muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari dasturi ishlab chiqildi.
Muhtarama onalarimiz, munis ayollarimiz - bizni 
dunyoga keltirgan, oq yuvib, oq tarab voyaga yet- 
kazgan, xonadonlarimiz ko‘rki, tarovati b o iib kela- 
yotgan aziz va mehribon zotlardir. Ularga har qancha 
e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatsak, e’zozlab boshimizga 
ko‘tarsak, shuncha kam, albatta.
Ayni shu maqsadga qaratilgan dasturda kelgusi 
ikki yilda ayollar va bolalarga maxsus va yuqori 
texnologiyalar asosida tibbiy yordam ko‘rsatishni 
yaxshilash, jumladan, ularga xizmat ko‘rsatadigan 
davolash-profilaktika tashkilotlarining moddiy-texnik 
bazasini va kadrlar tarkibini yanada mustahkamlash 
bo‘yicha muhim chora-tadbirlar nazarda tutiladi.
Xususan, kelgusi besh yilda Samarqand viloyatining 
Bulung‘ur, Oqdaryo va Kattaqo‘rg‘on tumanlari 
tibbiyot birlashmalarining tug‘uruqxona boiim lari 
hamda Samarqand shahridagi uchta tug‘uruqxona 
kompleksi rekonstruksiya qilinadi.
Y ana ikkita muhim ijtimoiy dastur -
Farmatsevtika
sanoatini yanada rivojlantirish hamda Aholini
dori 
vositalari 
bilan 
ta’minlash 
darajasini
oshirish va dori-darmon narxlari shakllanishini
takomillashtirish dasturlari 
ishlab chiqildi.
Xabaringiz bor, yaqinda «Aholini dori-darmon 
vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni 
yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi
197


qaror qabul qilindi. Mazkur qaror mamlakatimizda 
farmatsevtika 
sanoatini 
rivojlantirish, 
aholi 
va 
davolash muassasalarini sifatli va xavfsiz dori-darmon 
vositalari bilan ta’minlashga, aholi salomatligini 
yanada mustahkamlashga qaratilgani bilan e’tiborlidir.
Viloyatda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish 
bo‘yicha 24 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilib
22 ta yangi loyiha ishga tushiriladi. Natijada yoshlar 
uchun 500 ga yaqin yangi ish o‘mi yaratiladi. Jumla- 
dan, Pastdarg‘om tumanida «Pastdarg‘om Farm» 
korxonasi tomonidan yiliga 50 million dona dori 
vositalari ishlab chiqarish quvvatiga ega boigan
3 milliard so‘mlik loyiha hayotga joriy etiladi.

Yüklə 8,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə