Kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan



Yüklə 8,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/231
tarix28.11.2023
ölçüsü8,31 Mb.
#134723
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   231
1.Mirziyoyev Sh Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan (1)

Tashqi siyosat 
sohasida 0 ‘zbekiston Respub- 
likasining Birinchi Prezidenti tomonidan ishlab 
chiqilgan prinsip va yondashuvlarga to iiq amal 
qilamiz.
Bu boradagi siyosatimizning asosiy ma’no-mazmu- 
ni - tinchlikparvarlik, boshqa davlatlaming ichki 
ishlariga aralashmaslik, yuzaga keladigan ziddiyat va 
qarama-qarshiliklami faqat tinch, siyosiy y o i bilan hal 
etish, barcha xorijiy davlatlar va jahon hamjamiyati 
bilan amaliy hamkorlik qilishdan iborat.
Mamlakatimiz hech qanday harbiy-siyosiy bloklarga 
qo‘shilmaydi, boshqa davlatlaming harbiy baza va 
obyektlari 0 ‘zbekiston hududida joylashtirilishiga, 
shuningdek, harbiy xizmatchilarimizning mamla-
199


katimiz hududidan tashqarida boiishiga y o i qo‘yil- 
maydi.
Tashqi siyosatni amalga oshirishda barcha davlatlar, 
birinchi navbatda, qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stona 
munosabatlar va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada 
mustahkamlashni 
o‘zimizning 
birinchi 
darajali 
vazifamiz deb bilamiz.
Aziz va muhtaram vatandoshlar!
Hammamiz yaxshi tushunamiz, Vatanimiz taraq- 
qiyotining hozirgi o‘ta mas’uliyatli davrida biz o‘z 
oldimizga qo‘ygan vazifalar juda murakkab boiib
ulami to iiq va sifatli amalga oshirish uchun barchamiz 
birgalikda, bahamjihat harakat qilishimiz zarur.
Biz bu borada, avvalo, ko‘pni ko‘rgan xalqimizga, 
jumladan, mening hayotimda unutilmas iz qoldirgan, 
mard va olijanob, mehnatkash Samarqand ahliga, siz, 
azizlarga, bizga xayrixoh va tarafdor boigan barcha 
yurtdoshlarimizga tayanamiz.
Men butun xalqimiz qatorida Samarqand ahlining 
tinch, erkin va farovon hayotini ta’minlash, uning 
ezgu orzu-niyatlarini amalga oshirish y o iid a butun 
borlig‘imni bag‘ishlab xizmat qilishni, sizlaming 
ishonchingizni oqlashni o‘zim uchun eng yuksak 
sharaf deb bilaman.
So‘zimning oxirida sizlarga va sizlar orqali butun 
Samarqand xalqiga sihat-salomatlik, baxt va omad, 
xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman.
E’tiboringiz uchun rahmat.

Yüklə 8,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə