Kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan



Yüklə 8,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/231
tarix28.11.2023
ölçüsü8,31 Mb.
#134723
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   231
1.Mirziyoyev Sh Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan (1)

«Mening jigit vaqtim,
sening qiz vaqting» 
deb boshlanadigan qo‘shiqni 
hammamiz jon dilimiz bilan tinglar, tinglabgina 
qolmasdan, unga jo ‘r b o iib aytar edik. Hozir ham 
shu ajoyib qo‘shiqni eshitsam, nafaqat men, balki 
juda ko‘pchiligimiz yoshlikning betakror damlariga 
qaytgandek boiam iz, o‘zimizni yasharib, yana kuch- 
g‘ayratga toigandek sezamiz.
Qoraqalpoq adabiyotini ham men ana shu 
kursdoshlarim orqali yaqindan taniganman.
Men ko‘pincha qoraqalpoq do‘stlarimga, ular- 
ning o‘zidan eshitgan 
«Ayt, sen, Ajiniyozning
qo‘siqlaridan» 
deb iltimos qilardim va ular bu 
iltimosimni bajo keltirishardi. Shu tariqa men 
Joim irza Oymirzayev, Xo‘jabek Seyitov, Tilovbergan 
Jumamuratov, Turdimurat Najimov, Sadiq Nurim- 
betov, Abbos Dabilov, keyinchalik « 0 ‘zbekiston 
Qahramoni» degan yuksak unvonga sazovor boigan 
Ibroyim Yusupov, Toiepbergen Qaipbergenov kabi 
ulkan shoir va adiblaming asarlari bilan tanishib, 
qoraqalpoq xalqining urf-odat va qadriyatlari, dard-u 
armonlari va orzu-intilishlari haqida boy tasawurga 
ega boiganman.
Ana shunday ustozlar izidan borib, bugungi kunda 
barakali ijod qilayotgan 0 ‘zbekiston va Qoraqal- 
pogiston xalq shoirlari va yozuvchilari Jiyanboy 
Izbaskanov, Kenisboy Karimov, 0 ‘rozboy Abdurah- 
monov, Guliston Annaqilicheva, Muratboy Nizanov 
va boshqa o‘nlab ijodkorlaming asarlarini imkonim 
boricha kuzatib borishga harakat qilaman.
208


Ba’zan men o‘zi, agar irrigator bo‘lmaganimda, 
balki shoir boiarmidim, deb o‘ylab ham qolaman. 
Mendan qanday shoir chiqardi, buni bilmayman-u, 
lekin she’riyatning, adabiyotning chinakam muxlisi 
b o iish baxti nasib etganidan baxtiyorman.
Qoraqalpoq diyori o‘zining dunyoda o‘xshashi 
yo‘q, betakror san’ati bilan barchamizni hayratga 
solib keladi. Bu zamindan yetishib chiqqan Oyimxon 
Shomurotova, 
Joidasbek 
Quttimuratov, 
Otajon 
Xudoyshukurov, Zamira Davletmuratova kabi buyuk 
san’atkorlaming - Olloh ulaming barchasini rahmat 
qilsin - xotirasini xalqimiz hech qachon unutmaydi.
Mashhur san’at arboblari - kompozitor Najmiddin 
Muhammeddinov va artist Najmiddin Ansatboyev, 
Tamara Doshumova, Muyassar Razzoqova, Gulpar- 
shin Sirimbetova, Jalgasboy Sultanboyev, Mirzagul 
Sapayeva, Maxset Xo‘janiyazov, Gulxatiysha Ayim- 
betova, Aygul Nadirova, yorqin iste’dodli opera 
xonandalari Jenisbek Piyazov va Eliza Aytniyazovani 
mamlakatimizda tanimaydigan odam topilmaydi, 
desam, mubolag‘a boimaydi. Shu o‘rinda sizlar 
bilan bir taklif haqida fikrlashib, maslahatlashib 
olsak. Ya’ni, qoraqalpoq zaminini butun dunyoda 
ulugiagan ana shunday buyuk san’atkorlar sharafiga 
Nukus shahrida go‘zal bir bog‘ barpo etib, ulaming 
xotirasini abadiylashtirsak, merosini xalqimiz, ayniqsa, 
yoshlarimiz o‘rtasida keng targ ib qilish ishlarini 
yanada jonlantirsak, nima deysizlar?
Mamlakatimizdagi eng qadimiy teatrlardan biri 
boigan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali 
teatri yurtimizda ham, chet ellarda ham m aium
va mashhurdir. Ne-ne iste’dodli san’atkorlar, teatr
1 4 -S h . M irziyoyev
209


arboblarini kamolga yetkazgan ushbu teatming 
tashkil topganiga 90 yil toimoqda. Bu tarixiy sanani 
poytaxtimiz Toshkent shahrida, viloyatlarimizda, 
mamlakatimiz miqyosida keng nishonlash bo‘yicha 
katta amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, ushbu 
san’at maskanining moddiy-texnik bazasi, kadrlar 
salohiyatini mustahkamlash, uning statusi, ya’ni 
maqomini oshirish, ijodiy jamoani har tomonlama 
qoilab-quwatlash kabi masalalar ko‘zda tutilmoqda. 
Bir so‘z bilan aytganda, bu sanani barchamiz birgalikda 
albatta yuqori darajada o‘tkazamiz.
Qoraqalpoq oikasida ajdodlarimizdan qolgan 
noyob folklor namunalarini avlodlarga bezavol 
yetkazib kelayotgan usta baxshi va jirovlar G‘ayratdin 
Utemuratov va Tenilboy Qalliyevning ijodi har qancha 
tahsinga sazovor.
Nukus 
shahridagi 
Igor 
Savitskiy 
nomidagi 
Qoraqalpoq davlat san’at muzeyi o‘zining bebaho 
tasviriy san’at asarlari bilan nafaqat mamlakatimizda, 
balki jahonda ham katta shuhrat qozongan. Bu yerda 
90 mingga yaqin nodir eksponatlar jamlangan boiib, 
ulaming orasida o‘zbek va ms rassomlarining asarlari, 
qoraqalpoq xalq amaliy san’ati namunalari, qadimiy 
Xorazm davlatiga mansub yodgorliklami ko‘rish 
mumkin. 
2003-yilda 
Birinchi 
Prezidentimizning 
tashabbusi bilan mazkur muzey uchun yangi, 
zamonaviy bino barpo etilganidan sizlar yaxshi 
xabardorsiz, albatta. Biz yaqin vaqt ichida ana shu 
qurilishning ikkinchi bosqichini, uni bugungi kun 
talablari asosida jihozlash va yangi ekspozitsiyasini 
yaratish ishlarini albatta yakuniga yetkazamiz.
210


Mamlakatimizning ilm-fan taraqqiyotiga muno- 
sib hissa qo‘shgan marhum akademiklar Marat 
Nurmuhammedov, Sobir Kamolov, Chaijou Abdi- 
rov, Abat Dauletov, Amin Baxiyev, Tursinbay 
Eshanovlaming hayoti va faoliyatini jamoatchiligimiz 
doimo hurmat bilan eslaydi. Bugungi kunda ana shu 
sohada Husniddin Hamidov, Jumanazar Bozorboyev 
singari akademiklarimiz, taniqli tibbiyot professori 
Abdulla Xudoybergenov, Toshkent davlat yuridik 
universiteti rektori, yuridik fanlari doktori Yesemurat 
Kanyazov kabi olimlarimiz samarali xizmat qilib 
kelmoqdalar.
0 ‘zining fidokorona mehnati bilan « 0 ‘zbekiston 
Qahramoni» degan oliy unvonga sazovor boigan 
mohir shifokor Onesiya Saitova, mirishkor fermer 
Sarsenbay Seytnazarov va arxeolog olim G‘ayratdin 
Xojaniyazovning nomlarini el-yurtimiz yaxshi biladi.
Shular 
qatorida 
«Nuroniy» 
jam g‘armasining 
Qoraqalpogiston Respublikasi boiim i raisi Sharaf 
LJsnatdinov, shuningdek, Janabay Shimanov, Jalil 
Muyaddinov, Qaipbergen Yusupov kabi muhtaram 
faxriylar va mahalla jonkuyarlari o‘zlarining ibratli 
faoliyati bilan barchaga o‘mak b o iib kelmoqdalar.
Qadrli do‘stlar!
Qoraqalpogiston Respublikasi mamlakatimizning 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qanday katta o‘rin 
tutishini barchamiz yaxshi bilamiz va buni yuqori 
baholaymiz.
Bu haqda so‘z yuritishdan oldin muhim bir masala- 
ga e’tiboringizni qaratishni istardim.
2010-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining 
sobiq Bosh kotibi janob Pan Gi Mun 0 ‘zbekistonga
211


tashrif buyurganida, men muhtaram Yurtboshimizning 
topshirig‘iga binoan yuksak martabali mehmon- 
ning Qoraqalpog‘istonga safari davomida unga ham- 
rohlik qildim. Biz vertolyotda parvoz qilib, butun 
Qoraqalpog‘iston hududini, qurib borayotgan Orol 
dengizini tepadan turib yaqqol kuzatish imkoniga ega 
boidik.
0 ‘shanda men mehmonimizga Orol dengizi bilan 
bogiiq ekologik ofat haqida, jumladan, dengiz tubidan 
har yili 700 - 800 million tonna tuz bo‘ronlari havoga 
ko‘tarilishi haqida gapirib bergan edim.
Bunday ayanchli manzarani o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, 
ishoninglar, janob Bosh kotibning ko‘zidan yosh chiqib 
ketdi. 

Yüklə 8,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə