Kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan


Sakkizinchidan, Maktabgacha ta’lim muassa-



Yüklə 8,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/231
tarix28.11.2023
ölçüsü8,31 Mb.
#134723
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   231
1.Mirziyoyev Sh Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan (1)

Sakkizinchidan, Maktabgacha ta’lim muassa-
salarini rekonstruksiya va modernizatsiyalash
dasturi tayyorlanmoqda.
Ushbu dasturga ko‘ra, Samarqand viloyatida kelgusi 
besh yilda 800 o‘rinli 16 ta yangi bolalar bog‘chasi 
quriladi. 4250 o‘rinli 45 ta muassasa rekonstruksiya 
qilinadi va kapital ta’mirlanadi.
To‘qqizinchidan, 
Bozorlarni 
rekonstruksiya
va modernizatsiya qilish, savdo tizimini tako-
millashtirish dasturi ishlab chiqilmoqda.
Dasturga ko‘ra, viloyat aholisiga ko‘rsatilayotgan 
xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida kelgusi 
besh yilda qariyb 20 milliard so‘mlik investitsiyalar 
hisobiga 9 ta dehqon bozori rekonstruksiya qilish 
mo‘ljallanmoqda.
Xususan, 2017-yilda Kattaqo‘rg‘on dehqon bozo- 
rida 2 milliard so‘mlik rekonstruksiya ishlari amalga 
oshirilib, bu yerda 1 ming 80 o‘rinli 9 ta savdo 
paviloni barpo etiladi. Bozor hududida zamonaviy 
infrastruktura yaratiladi.
0 ‘ninchidan, Pensionerlarga tibbiy xizmat ko‘r-
satishni yanada yaxshilash dasturini ishlab chiqish
yakunlanmoqda.
Bugungi yorug‘ kunlarga yetib kelishimizda yoshi 
ulug‘ otaxon va onaxonlarimiz, nuroniylarimizning 
xizmatlari juda katta va biz ulaming oldida doimo 
qarzdormiz. Tayyorlanayotgan dasturda ana shu qarzni 
imkon qadar uzish maqsadida pensioner, nogiron,
195


yolg‘iz qariyalar va aholining kam ta’minlangan 
qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini 
yanada rivojlantirish nazarda tutilmoqda.
Samarqand viloyatida ham nogironlar, keksalar va 
kam ta’minlangan fuqarolar sog‘lig‘ini qayta tiklash 
maqsadida har yili ulaming 3 ming 500 nafarini, 
shuningdek, 2 ming nafardan ortiq umsh va mehnat 
fronti 
faxriylarini turli 
sanatoriylarga imtiyozli 
yoilanmalar bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda.
Hozirgi paytda Ikkinchi jahon umshi qatnashchi- 
lari bir yilda bir marta mamlakatimizdagi sanatoriy- 
larga bepul yoilanmalar bilan ta’minlanmoqda. 
Endilikda salomatligi yoki boshqa sabablar tufayli 
bu imtiyozdan foydalana olmayotgan keksalarimizga 
yoilanmalaming puli beriladi. 
Bugungi 
kunda 
sanatoriy yoilanmasining o‘rtacha narxi 800 ming 
so‘mni tashkil etmoqda. Demak, ana shu mablag‘ 
sanatoriylarga borib davolanish imkoniyatiga ega 
boim agan keksalarimizga beriladi.
Shuningdek, «Nuroniy» jam g‘armasi, «Mahalla» 
jamoat fondi, 
Kasaba uyushmalari va jamoat 
tashkilotlari bilan hamkorlikda yolgiz qariyalami har 
yili qish mavsumi uchun kiyim-bosh va oziq-ovqat 
zaxirasi bilan ta’minlash doimiy e’tiborimizda boiadi.
2017-2020-yillarda yurtimizdagi barcha «Mumv- 
vat» va «Saxovat» uylarini rekonstmksiya qilish va 
kapital ta’mirlash, ulaming moddiy-texnik bazasini 
mustahkamlab, zamonaviy sharoitlar yaratish ko‘zda 
tutilgan.
Tayyorlanayotgan 
dasturga 
ko‘ra, 
«Nuroniy» 
jam g‘armasining davlat budjetidan mablag‘ bilan 
ta’minlanadigan shahar va tuman boiim lari tashkil 
etilib, mahalliy hokimliklar tomonidan ulaming
196


moddiy-texnik bazasi yaratib beriladi. Har bitta 
mahallada raisning nuroniylar masalalari bo‘yicha 
maslahatchisi lavozimini joriy etish belgilanmoqda.

Yüklə 8,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə