Kelishi va rivojlanishi haqida



Yüklə 186,69 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix13.12.2023
ölçüsü186,69 Kb.
#149364


191 
ADABIYOTDA ONG OQINI YO‘NALISHINING VUJUDGA 
KELISHI VA RIVOJLANISHI HAQIDA 
(U.Folknerning,,Shovqin va g‘azab’’ romani misolida) 
 
D.Muqimova (SamDChTI magistranti) 
 
Аннотация: В статье анализируются возникновение и развитие потока 
сознания в художественной литературе и другие особенности на примере романа 
известного английского писателя У. Фолкнера «Шум и гнев». 
Ключевые слова: поток сознания, художественные течения, модернизм, 
современная литература, роман. 
Annotation: This article analyzes the emergence and development of the flow of 
consciousness in fiction and other peculiarities on the example of the famous English writer 
W. Faulkner's novel,, The Sound and the Fury’’. 
Key words: stream of consciousness, art trends, modernism, modern literature, 
novel. 
Bizga ma’lumki, jahon adabiyotida ong oqimi yo‘nalishi XX asrning birinchi 
choragida vujudga kelgan. Aslini olganda esa 
«Ong oqimi»
adabiy yo‘nalish sifatida paydo 
bo‘lgan modern adabiyotining ildizi dunyoda yaratilgan ilk rivoyat, asotir-miflarga borib 
taqaladi. Odam alayhissalomning o‘g‘illari Hobil va Qobilning fojiasi, ularning istig‘fori, 
tavba-tazarrusi, iztiroblari hali-hanuz ong oqimining teran tomirlarida oqib kelmoqda. 
Bir jihatdan ong oqimiga xos murakkab jarayonni qog‘ozga tushirish osondek 
tuyulsa-da, aslida murakkab ijodiy ish hisoblanadi. Bu yo‘nalishda yozilgan asarlar shakli 
va uslubi ko‘p hollarda assotsiativ syujetni talab etadi va u asosiy syujet turiga aylanadi. 
Assotsiativ syujet, o‘z navbatida, o‘ziga xos tasvir printsiplarini talab etadi. 
XX asrga kelib g‘arb adabiyotiga mazmun va mohiyatiga kora bir biridan farq 
qiluvchi turli xil oqinlar va yonalishlar kirib keldi va keng rivoj topdi. Bunga misol 
qilib 
naturalizm, modernizm, realizm
kabi turli oqimlar va yonalishlarni sanab o‘tishimiz 
mumkin. XX asr ingliz adabiyotining yorqin vakili U.Folkner ijod qilgan 
ong oqimi
yo‘nalishi ham shunday adabiy yo‘nalishlardan biri sanaladi. Adibning ayni jahon 
moliyaviy va iqtisodiy inqirozi avj olgan 1929- yilda yozilgan,,
 The Sound and the Fury
’’-
,
,Shovqin va g‘zab’’ 
romani ham ong oqimi uslubida yozilgan asarlarga yaqqol misol bo‘la 
oladi.
Asar to‘rt qisimdan iborat bo‘lib unda XX asrning 1- qismi Xususan 1-jahon 
urushidan keying Amerika janiyatining ijtimoiy hayoti yaqqol namoyon etib beriladi. 
Shuni alohida takidlash lozimki “SHovqin va g‘azab” romani aynan “shovqin”, ya’ni 
yozuvchining “g‘azabi” bilan she’riyat musiqasi to‘qnashuvining yorqin namunasidek 
namoyon bo‘ladi, ushbu jarayonni aks ettirishga harakat qiladi, ulkan badiiy makonga 
aylantirmoqchi bo‘ladi. Ushbu to‘rt fasldan iborat romanda ijodiy shijoat manbasi sifatida 
ayol obrazi, ayollik ibtidosi bosh omildek talqin qilinadi. Gap qahramonlardan biri – Keddi 
Kompson haqida ketmoqda. Muallif uning portretini chizarkan, shunday ta’riflaydi: 
“…orqasi kir bo‘lib ketgan ishtonchali qizaloq olmurut daraxtiga chiqib olib, derazadan 
dafnga tayyorgarlik qanday ketayotganini kuzatarkan, pastda turgan akalariga nimalar 
bo‘layotganini aytib turardi” [tarjima – M.X.]. 
Folkner matnining har bir qismi – o‘tmish qiyofasiga yana bir yangi rangli chiziq 
tortilgandek tasavvur hosil qiladi. Bu chiziq umumiy manzara bilan uyg‘unlashib ketib, 
o‘tmishda hamma narsa o‘z joyida bo‘lganligini ko‘rsatib turadi. Bir vaqtning o‘zida bu 


192 
shiddat bilan harakatlanuvchi, o‘tmishni bugungi kunga olib chiquvchi va shu tobda uni 
o‘zgartirib yuboruvchi vaqtdir. Romanda haraqat va qarshi harakat mavjudligi Keddi 
Kompsonni lirik his-tuyg‘ular, ajib va g‘alati ayollik ibtido ifodalovchisiga aylantiradi. 
Ushbu ayollik ibtido zamirida or-nomusini yo‘qotgan, nomiga dog‘ tushirgan ayol haqidagi 
naturalistik hamda ruhan azoblangan, ehtiros va shahvoniy istaklarini tiya olmagan ayol 
haqida simvolistik romanlar to‘qnashadi va bir-biriga qorishib ketadi. Bundan tashqari, 
ayollik ibtidosida jinslar muammosi, onalik va bolalik xususidagi qizg‘in bahs-munozara, 
ishq, gunohga botish, zinogarlik, oila, butun dunyo halokatga uchrashi mavzuidagi ramzli 
hikoya yotibdi. 
Nima bo‘lganda ham, U.Folknerning “SHovqin va g‘azab” romani – bir butun yaxlit 
holdagi badiiy asardir. Ushbu asar o‘zining ichki keskinligi, ifodaviyligi va mazmundorligi 
jihatidan simvolizm ruhida yozilgan she’riy asarlarga yaqin hisoblanadi,chunki bunday 
nasriy asarlar adib tomonidan, eng avvalo, she’riyat chegaralarini kengaytirish maqsadida 
yozilgan, undagi universal va hamma narsaga singib ketuvchi, bir maromda kechuvchi 
badiiy hodisada hayotning asl ma’nosi axtariladi. 
Ushbu holatdan ham ko‘rishimiz mumkinki 
Ong oqimi
yo‘nalishida yozilgan badiiy 
asarlarda voqea-
hodisalar emas, insonning oʻzi, uning oʻy
-fikrlari, alamlari, iztiroblari, 
ruhiy olami tasvirlash yetakchilik qilyapti, insonning ruhiy olami, 
oʻy
-fikrlari, alamlari, 
iztiroblari, ochib berilyapti. Shuning uchun ham bunday asarlarda ichki kechinmalar, 
tuygʻular,
hislar in ’ikosi orqali inson qiyofasining 
toʻ
la namoyon 
boʻlishi
badiiylikning 
muhim mezoni bo‘lib xizmat qiladi. 
 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 
1
.
H.Umurov. Adabiyot nazariyasi, Samarqand. 2001. 
2. E.Xudoyberdiyev. Aadabiyotshunoslikka kirish. Toshkent. 2007. 
3. W.Faulkner. The Sound and the Fury. 1979. 
4. www.ziyonet.uz
5. www.ziyouz.uz 

Yüklə 186,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə