Kelishik kategoriyasi umumiy grammatik ma’nosining nutqiy voqealanishida lisoniy va nolisoniy omillar hamkorligi



Yüklə 5 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü5 Kb.
#154702
Kelishik kategoriyasi umumiy grammatik ma’nosining nutqiy voqeal-fayllar.org (1)


Kelishik kategoriyasi umumiy grammatik ma’nosining nutqiy voqealanishida lisoniy va nolisoniy omillar hamkorligi

Kelishik kategoriyasi umumiy grammatik ma’nosining nutqiy voqealanishida lisoniy va nolisoniy omillar hamkorligi

Ma'lumki, grammatik ma'no ifodalashning turli vositalari mavjud. Masalan, fonetik, leksik, morfologik va sintaktik usullar shular jumlasidandir. Demak, grammatik ma'noni faqat so'z yoki so'z-shaklga nisbat berish ma'qul emas. Nutqni shakllantiruvchi barcha lisoniy birliklar grammatik aharniyat kasb etishi mumkin.


Grammatik ma'no deganda til (fonetik, leksik, morfolo­gik va sintaktik) birliklarning bevosita nutqni shakllantiruvchi umumlashma abstrakt ma'nolari tushuniladi. Ta'rifni qisq'acha sharhlaymiz. Ko'rinadiki, ta'rifda uch muhim unsur mavjud. Ular quyidagilar: a) grammatik ma'noning barcha til birliklariga xosligi; b) bevosita(!)nutqni shakllantirishi; v) umumlashma va abstraktligi.
Keyingi mavzularning birida grammatik ma'no ifodalash usullari haqida fikr yuritganimizda siz grammatik ma'no ifodalash­ning barcha til birliklariga xosligim anglab etasiz.
Grarmnatik ma'noning bevosita nutqni shakllantirishi deganda shuni tushunish lozimki, lisoniy birliklar grammatik ma'nodan xoli qilinsa, u nutqqa tayyor bo'lmay qoladi. Masalan, bola leksemasining lug'aviy ma'nosi nutqqa grammatik ma'no vositasida kiradi. lining kelishik, son, subuektiv baho, hokim yoki tobe uzvlik, qaysi gap bo'lagi ekanlik grammatik ma'nolari lisoniy sathda yo'q. Demak, leksema lug'aviy ma'nosi ustiga ana shu grammatik ma'nolar qavatlansa, u nutq tarkibiga kira oladi. Shu boisdan birorta til birligi grammatik ma'nodan xoli bo'lolmaydi.
Grammatik ma'no nutqda to'g'ridan-to'g'ri voqelanaveradi. Bunga morfologik shakllaming grammatik ma'nolari asosida amin bo'lish mumkin.
Grammatik ma'no umumlashma tabiatga ega deganda unmg juda ko'p lisoniy birliklarga birday tegishli, umumiy ekanligi nazarda tutiladi. Masalan, «ot», «sifat», «son» grammatik m juda katta miqdordagi so'zlar uchun umumiydir. Lug'aviy ma'/(semema) har bir leksemada o'ziga xos va yakka, xususiy bo'lsa, grammatik ma'no bir tipdagi juda ko'p leksemalar uchun umumiy-dir. Yoki [WPm - kesimlik ko'rsatkichlari bilan shakllangan atov birligi] smtaktik qolipining o'ng tomoni uning grammatik ma'nosi bo'lib, u chap, ya'ni shakliy tomoni bilan birgalikda o'zbektilidagi barcha nutqiy gaplar uchun umumiydir.
Grammatik ma'nonining abstraktligi deganda uning bevo-sita kuzatishda berilmaganligi nazarda tutiladi. Masalan, biz hozirgma keltirgan [WPm - kesimlik ko'rsatkichlari bilan shakl­langan atov birligi] sintaktik qolipining grammatik ma'nosi ko'zga tashlanib turgan til birliklari orqasiga yashiringandir.
Grammatik ma'no morfologik sathda so'zlarning umumiy ma'nosi bo'lmish so'z turkumlari (masalan, otlarda umumiy pred-metlik, fe'llardagi jarayonlilik), shuningdek, har bir so'zshaklning ma'lum bir morfologik kategoriya doirasida qarama-qarshi qo'yiluvchi ma'nosi (masalan, zamon, shaxs-son, egalik, kelishik) sifatida yuzaga chiqsa, sintaksis doirasida predikativlik, so'z birik-masidagi hokim va tobe uzvlarning, gap bo'laklanning, gapning tema-rematik uzvlarining bir-binga o'zaro munosabati sifatida namoyon bo'ladi. Keng ma'noda so'z yasalish hodisasi ham grammatik ma'noga daxldor. Chunki yasalish natijasida so'zning turkumlardagi o'mi o'zgarib ketadi. Bu esa ularning yangi grammatik tabiat kasb etganligini ko'rsatadi. Masalan, aql so'zi «ot», «mavhum ot» grammatik ma'nolariga ega. Undan -li so'z yasovchi shakli vositasida sifat yasalishi bilan, albatta, grammatik ma'noda ham katta o'zgarish yuz berdi. Ko'rinadiki, birorta lisoniy birlik (bir planli bo'lgan fonetik birliklardan tashqari) grammatik ma'nodan xoli bo'lolmaydi. Faqat mustaqil leksemalardagina lug'aviy va grammatik ma'no dialektik bog'liqlikda bo'ladi. Sintaktik qoliplar, yordamchi leksemalar va grammatik shakllarda faqat grammatik ma'no mavjuddir.
Grammatik ma'no grammatik shakllanmagan leksemalar-ning lisoniy mohiyatida mavjud bo'lishi ham, grammatik shakl yoki grammatik qoliplar yordamida ifodalanishi ham mumkin. Masalan, kitoblar so'zshaklvning «turdosh ot» grammatik ma'nosi boshqa barcha turdosh otlarda bo'lgani kabi uning zotida mavjud, «ko'plik» ma'nosi esa ma'lum bir shakl (-lar) yordamida
ifodalangan. Kitobni o 'qimoq birikuvidagi kitob so'zining «tobe uzv» grammatik ma'nosi unga lisoniy sintaktik qolip asosida «yopishtirilgan».
http://fayllar.org
Yüklə 5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə