Kelishildi “tasdiqlayman” M. M. I. B. D. O’ : Yo. Sheronov Maktab direktori: M. Xakimova



Yüklə 5,38 Mb.
səhifə33/38
tarix04.02.2023
ölçüsü5,38 Mb.
#100143
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
1-sinf soati

III Yakuniy qism :
Bugun biz sizlar bilan tabiat haqida suhbatlashdik. Yerimizdagi har bir xas- cho`p ham biz uchun qadrli ekani haqida bilib oldik. Tasavvur qiling, agar uyimizda bir kun kechgacha suv, tabiiy gaz va elektr nuri bo`lmasa qanday holat yuzaga keladi. Endi bu holatni yer yuzida bo`lmasligini ko`z oldingizga keltiring. Buning uchun bizlar nima qilishimiz kerak?
Dars yakunida o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.

MMIBDO‘: __________________________


Sana:
28-mavzu: Men sevgan ertak qahramoni
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarda ertaklarni o`qishga qiziqish tuyg`usini tarbiyalash.Ertak qahramonlari timsolida o`quvchilarni kamtar,insonparvar,yaxshilarni qadrlashga,kattalarni hurmat qilishga o`rgatish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi.
Kun shiori: Ertaklar – yaxshilikka yetaklar !
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat.
Tashkiliy qism:O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.
II.Asosiy qism:
O`qituvchi:“Bir bor ekan,bir yo`q ekan,qadim-qadim zamonda…”.Bolajonlar,bu nima?
O`quvchi: Bu ertak.
O`qituvchi:Qanday ertaklarni bilasiz?
O`quvchilar:”Bo`g`irsoq”,”Echki bolalari vaBo`ri”,”Sholg`om”,”Zumrad va Qimmat”,”Uch og`a-ini botirlar”va boshqalar ertak nomlarini aytishadi.
Ertaklar doimo yaxshilikka yetaklaydi.Ertakda xalq og`zaki ijodining xususiyatlari to`laligicha namoyon bo`ladi.O`tmishda ham,hozirgi zamonda ham ertaklar yozma adabiyot vakillari tomonidan ham yaratilgan.Demak,ularning barchasi og`zaki tarzda yaratilgan desak xato bo`ladi
Ertaklarda asosan,hayvonlar,turli afsonaviy jonzotlar qahramon sifatida qatnashadi.Aksariyat o`zbek ertaklarida mardlik,halollik,va`daga vafo,adolat,ota-onaga,katta-kichikka hurmat,Vatanga muhabbat,jasurlik kabi tushunchalar va fazilatlar ilgari tushuniladi.


Yüklə 5,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə