«Kelishuvlar»



Yüklə 3,28 Mb.
səhifə11/13
tarix27.12.2023
ölçüsü3,28 Mb.
#162730
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
pedagogik texnologiyalar

Uslubning maqsadi. Talaba (yoki o’quvchi)larni mashg’ulotda o’tilgan mavzuni egallaganlik va mavzu bo’yicha tayanch tushunchalarni o’zlashtirib olinganlik darajalarini aniqlash, o’z bilimlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o’zlarining bilim darajalarini baholay olish, yakka va guruhlarda ishlay olish, safdoshlarining fikriga hurmat bilan qarash, shuningdek o’z bilimlarini bir tizimga solishga o’rgatish.
Uslubning qo’llanishi: O’quv mashg’ulotlarining barcha turlarida (dars boshlanishi yoki dars oxirida, yoki o’quv predmetining biron – bir bo’limi tugallanganda) o’tilgan mavzuni o’zlashtirilganlik darajasini baholash, takrorlash, mustahkamlash yoki oraliq va yakuniy nazorat o’tkazish uchun, shuningdek, yangi mavzuni boshlashdan oldin talaba (yoki o’quvchi)larning bilimlarini tekshirib olish uchun mo’ljallangan. Ushbu uslubni mashg’ulot jarayonida yoki mashg’ulotning bir qismida yakka, kichik guruh hamda jamoa shaklida tashkil etish mumkin. Ushbu uslubdan uyga vazifa berishda ham foydalansa bo’ladi.
Mashg’ulotda foydalaniladigan vositalar: tarqatma materiallar, tayanch tushunchalar ro’yxati, qalam (yoki ruchka), slayd.
Izoh: Reja bo’yicha belgilangan mavzu asosida hamda o`qituvchining qo’ygan maqsadi (tekshirish, mustahkamlash, baholash)ga mos tayyorlangan tarqatma materiallar (agar yakka tartibda o’tkazish mo’ljallangan bo’lsa, guruh o’quvchilari soniga, agar kichik guruhlarda o’tkazshi belgilangan bo’lsa, u holda guruhlar soniga qarab, tarqatma materiallar tayyorlanadi).
Mashg’ulotni o’tkazish tartibi:
talaba (yoki o’quvchi)larni guruhlarga (sharoitga qarab) ajratiladi;
talaba (yoki o’quvchi)lar mashg’ulotni o’tkazishga qo’yilgan talab va qoidalar bilan tanishtiriladi;
tarqatma materiallar guruh a’zolariga tarqatiladi.
talaba (yoki o’quvchi)lar yakka tartibda o’tilgan mavzu yoki yangi mavzu bo’yicha tarqatma materialda berilgan tushunchalar bilan tanishadilar;
talaba (yoki o’quvchi)lar tarqatma materialda mavzu bo’yicha berilgan tushunchalar yoniga egallagan (yoki o’zlarining) bilimlari asosida (berilgan tushunchalarni qanday tushungan bo’lsalar shunday) izoh yozadilar (yakka tartibda);
o’qituvchi tarqatma materialda mavzu bo’yicha berilgan tushunchalarni o’qiydi va jamoa bilan birgalikda har bir tushunchaga to’g’ri izohni belgilaydi yoki ekranda har bir tushunchaning izohi berilgan slayd orqali (imkoni bo’lsa) tanishtiriladi;
har bir talaba (yoki o’quvchi) to’g’ri javob bilan belgilangan javoblarning farqlarni aniqlaydilar, kerakli tushunchaga ega bo’ladilar, o’z – o’zlarini tekshiradilar, baholaydilar, shuningdek bilimlarini yana bir bor mustahkamlaydilar.
Izoh: «Tushunchalar tahlili» uslubini «Chaynvord», «Uzluksiz zanjir», «Klaster», «Blits – zanjir» shaklida ham tashkil etish mumkin.
«Tushunchalar tahlili» uslubidan bir darsning o’zida dars boshlanishida o’tgan mavzuni takrorlash, mustahkamlash yoki yangi mavzu bo’yicha talaba (yoki o’quvchi)larning dastlabki bilimlari, qanday tushunchalarni egalaganliklari va shu darsning oxirida bugungi mavzudan nimalarni bilib olganliklarini aniqlash uchun ham foydalanish mumkin.
Quyidagi mashg’ulotda foydalaniladigan tarqatma materialni misol tariqasida keltiramiz (ilova).




Yüklə 3,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə