Kenjayev Zuhriddin


Sinf soatlarni quyidagi tartibda tashkil qilish mumkin



Yüklə 155,18 Kb.
səhifə5/5
tarix28.11.2023
ölçüsü155,18 Kb.
#136762
1   2   3   4   5
6-sinf-soati-2023-2024-oʻquv-yili-uchun-toʻliq

Sinf soatlarni quyidagi tartibda tashkil qilish mumkin:
Kun shiori:

  1. Kirish;

  2. Asosiy qism: hikoya, suhbat,ma’ruza, guruhlarda ishlash;

  3. Yakuniy qism.

Sinf soatlarda foydalahish uchunmavzuga doir adabiyotlar ko`rgazmasi tashkil etiladi. Jarayonni ochiq muloqot, davra suhbati, bahs-munozara, treninglar va boshqa har xil noan’anaviy tarzda tashkil etish mumkin.

(Izoh: Taqdim etilayotgan Sinf soatlar dasturiga Umumta’lim maktablarining sinf rahbarlari metod kengashi qaroriga ko‘ra 15 % gacha o‘zgartirish kiritilishi mumkin.)


Tasdiqlayman”


Maktab MMIBDO‘ ___________________
Sinf soati” mashg‘ulotlarining 2023-2024-o‘quv yili-mavzu rejas
6-SINF





Mavzu

Soat

Sana

Uyga vazifa

1

O‘zbekiston –vatanim manim.

1







2

Yo’l belgilarining turlari (Yo’l harakati qoidalari)

1







3

Yurtim jamoli.

1







4

Ustozlar bizning faxrimiz (1-oktabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan).

1







5

Gaz va elektr manbaini tejash.

1







6

Bir og‘iz shirin so‘z (Filologiya fanlari oyligi doirasida). Jamoat joylarida telefondan foydalanish.

1







7

Ko‘cha va yo‘llarning qatnov qismidagi chiziqlar (Yo‘l harakati qoidalari).

1







8

Ona tilim – mening iftixorim! (“Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan).

1







9

Velosipedda harakatlanish (Yo‘l harakati qoidalari).

1







10

Bag‘rikenglik.










11

Davlatimiz bayrog‘i (18-noyabr - Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan).

1







12

Temir yo‘l kesishuvlaridagi harakat (Yo‘l harakati qoidalari).

1







13

8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun.

1







14

Milliy iftixor tuyg‘usi (10-dekabr - Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan).

1







15

Transport vositalarining to‘xtash yo‘li (Yo‘l harakati qoidalari).

1







16

Yangi yilda yangi orzular (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan).

1







17

Mardlar qo‘riqlaydi vatanni (14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan).

1







18

Mening mahallamda yashash yaxshi (Tarix fani oyligi doirasida).

1







19

O‘quvchilarning yo‘l transport hodisasi ro‘y bergandagi vazifalari (Yo‘l harakati qoidalari).

1







20

Salomatlik va shaxsiy gigiyena

1







21

Barkamol avlod orzusi (Matematika, informatika fanlari oyligi doirasida).

1







22

Olamni mahliyo aylagan diyor! (O‘zbekiston BMTga qabul qilingan kunga bag‘ishlanadi)

1







23

Tabiat va biz(Fizika, biologiya fanlari oyligi doirasida).

1







24

Onalarni ardoqlab (8-mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan).

1







25

Suvni tejang - u hayot manbai.

1







26

Umrboqiy qadriyatlar (21-mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan).

1







27

Amir Temur buyuk sarkarda va davlat arbobi.(Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan).

1







28

Mehnatdan kelsa boylik – turmush bo‘lar chiroylik (Tasviriy san’at, musiqa, mehnat fan oyliklari doirasida).

1







29

Yurtimiz favvoralari(1-may favvoralar kuni munosabati bilan).

1







30

Tarixiy xotirasiz kelajak bo‘lmaydi (Xotira va qadrlash kuni oldidan).

1







31

Til bilmoq, el bilmoq (Xorijiy tillar fanlari oyligi doirasida).

1







32

Jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish (Yo‘l harakati qoidalari).

2







33

Men yoqtirgan kitob.










1-mavzu: O‘zbekiston-Vatanim manim
Kun shiori: “Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun !”

Maqsad: Mustaqillik kunini nima uchun eng ulug`, eng aziz ayyom sifatida bayram qilinishi,hayotimizdagi bugungi imkoniyatlar qanday paydo bo`lganligi, sobiq mustabid tuzum davrida xalqimiz qanday qiyinchiliklarni boshidan kechirganligi, Yurtimizda yoshlarning bilim olishi uchun qanday qulay imkoniyatlar yaratilganligi, dunyoda qanday gunoh kechirilmasligi haqidagi tushunchalar shakllantiriladi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:
O, sen Vatan, kindik qoni tomgan joy
Seni so`rmay, ko`rmay bo`lurmi?
Ko`z ko`rgani yoshu qarining –
Ona bag`rin sevmay bo`lurmi?
Abdulla Oripov

O`qituvchi:


Jahon keng, dunyoda mamlakatlar ko`p, lekin bu olamda betakror ona-yurtimiz – O`zbekistonimiz yakka-yu yagonadir. Bu go`zal yurt, bu go`zal zamin faqat bizga ato etilgan. Mana shu ulug` tuyg`i har birimizning dilimizga jo bo`lishi, hayotimiz mazmuniga aylanishi lozim.
Islom Karimov
O`zbekiston- kelajagi buyuk davlat. Bu-mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir. Bu insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’i nazar fuqarolarining huquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlatdir.

Zar unadi tuproqlarida,


Hayot kular quchoqlarida,
Jannat oqar gulbog`larida,
Biling, bu yurt O`zbekistondir!

Dillarida duolari bor,


Daholari, donolari bor,
Kelajakka nidolari bor,
Biling, bu yurt O`zbekistondir!
Topshiriq: Bayram munosabati bo`lganligi uchun ko`tarinki, kayfiyat ila o`quvchilardan ona-yurtimiz O`zbekistonimizni madh etuvchi she’r va qo`shiqlardan bahramand bo`linadi.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.


MMIBDO‘: ______________________

Sana:__________
2-MAVZU: Yo’l belgilarining turlari (Yo’l harakati qoidalari)!
Sinf saoti mashg`ulotning maqsadi: Yo`l begilari haqida tushuncha berish
Kun shiori: Yo`l belgilarini o`rganamiz
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
O’qituvchi:
Yoʻl belgilari — haydovchilar, piyodalar, yoʻlovchilar, yoʻl taʼmirlovchilar, chorva mollarini haydab boruvchilarning avtomobil yoʻllari va shahar koʻchalarida harakatlanishini tartibga solish, ularni xavfli uchastkalar haqida ogohlantirish uchun tegishli joylarga osib qoʻyiladigan shartli belgilar. Yoʻllarda harakatlanishni tartibga solishga ilgaridan harakat qilingan. Otaravalar va izvoshlar oʻrnini avtomobillar va b. transport vositalari egallay borgan sari qoidalar, ulardagi belgilar ham takomillashib bordi. Yoʻl belgilaridagi grafiklar, texnik tafsilotlar 1968 y.da Venada oʻtkazilgan "Yoʻl belgilari va signallari haqidagi konvensiya" hamda bu konvensiyani toʻldiruvchi Yevropa kelishuvi (1971, Jeneva) talablariga koʻra ishlab chiqildi. Oʻzbekiston Respublikasida 2001 y.da xalqaro meʼyorlar asosida, mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda yangi "Yoʻl harakati qoidalari" ishlab chiqildi. Bu qoidalarga Y.b.ning quyidagi asosiy 4 ta: ogohlantiruvchi, imtiyoz, taqiqlovchi, buyuruvchi guruhi va undan tashqari axborot-ishora, servis, qo'shimcha axborot belgilari kiritilgan.
Ogohlantiruvchi belgilar — yoʻl harakati qatnashchilariga yoʻlning harakatlanishda vaziyatga qarab chora koʻrishni talab qiladigan xavfli qismlarining joylashuvi hamda ularning xususiyatlari toʻgʻrisida maʼlumot berish uchun qoʻllaniladi. Imtiyoz belgilari — chorrahalarda, alohida joylashgan qatnov qismlari kesishgan joylarda, shuningdek yoʻlning tor qismida yoʻl harakati qatnashchilarining harakatlanish navbatini belgilash uchun qoʻllaniladi. Taqiqlovchi belgilar — yoʻl harakatiga maʼlum cheklashlar kiritish yoki ularni bekor qilish uchun qoʻllaniladi. Buyuruvchi belgilar — transport vositalariga koʻrsatilgan yoʻnalishda yoki faqat maʼlum yoʻnalishlarda harakatlanishlari lozimligini buyuradi. Axborot-ishora belgilari — harakat qatnashchilariga yoʻldagi harakat tartibi xususiyatlari hamda aholi yashaydigan joylar va manzillarning joylashuvi haqida maʼlumot berish uchun qoʻllaniladi. Servis belgilari — transport vositalari, yoʻlovchilar va haydovchilarga xizmat koʻrsatish joylari xaqida maʼlumot berish uchun qoʻllaniladi. Qoʻshimcha axborot belgilari — ular bilan birgalikda qoʻllanilgan belgilarga aniqlik kiritish yoki ularning taʼsirini cheklash uchun qoʻllaniladi.
Barcha belgilar qorongʻi paytlarda yoritilib turiladigan boʻlishi yoki kamida 100 metr naridan koʻrishga imkon beradigan materiallar bilan qoplanishi lozim.
IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.
V. O’quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.
MMIBDO‘: ______________________
Sana:__________
3-mavzu: Yurtim jamoli
Kun shiori:“Tabiatni asragan odam –o`zini, oilasini va yurtini asragan bo`ladi”.
Maqsad:O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ona-yurtimiz O`zbekistonimizni asrab-avaylashni, tabiatga bo`lgan mehrimizni yanada rivojlantirish lozim ekanligini uqtirish .
Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar, bayromona holat.
Doskada: “ Insonni ona dunyoga keltirib tarbiyalasa, tabiat-voyaga yetkazadi”.

O`qituvchi:
Inson tabiatga, o`zini o`rab olgan muhitga nisbatan o`z munosabatini o`zgartirishi, tabiat qonunlarini bilishi, organishi va ular asosida hayotini rivojlantirishi shart. Tabiat qonunlariga mos keladigan hayot yo`llarini ishlab chiqish kerak. Aks holda inson va jamiyat katta tabiiy ofatlarning kelib chiqishiga sababchi bo`ladi va shu ofatlardan halok bo`ladi.
Bir necha million yillar davomida bunyod bo`lgan koinotning tabiiy ko`rinishi keyingi 10-15 yil ichida juda og`ir holatga tushdi.
Havo buzildi, ifloslandi. Jumladan, tuproq zaharli moddalar bois “jarohatlandi”, suvlar turli moddalar bilan ifloslandi va hokazo. Bu holatlar inson salomatligiga salbiy ta’sir qila boshladi.
Inson onadan tug`ilib, dunyoga kelgan chog`idanoq, tabiat ehsonidan bahramand bo`ladi. Ilk bor havodan to`yib nafas oladi. Odamzod o`sib-unishi uchun oziq-ovqat,suv, quyosh harorati juda zarur bo`lib, u bularning hammasini tabiatdan oladi. Insonni ona dunyoga keltirib tarbiyalasa, tabiat-voyaga yetkazadi. Shuning uchun uni “Ona-tabiat” deb atashadi. Odamzodning sog`lom bo`lishi uni o`rab olgan atrof-muhitga, tabiatga bog`liq. Tabiat musaffo bo`lsa, odam ham sog`lom, baquvvat bo`ladi.
Topshiriq: Sog`lom hayot sari ,tabiatni asraymiz!

Eslatma: Aylana, yoki to`rtburchak, uchburchak ichiga savol yoziladi, guruhlardan chiqqan o`quvchilar birin-ketin savolga javob beradi, javob berolmagan yo`lda qoladi, javob beradigan o`quvchi marra tomon ketaveradi. (savol – tabiat haqida ko`p javob bergan o`quvchi marra g`olibi bo`ladi)
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.
V. O’quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.
MMIBDO‘: ______________________
6-sinflar uchun Sinf soati (Tarbiyaviy soat) 2023-2024 o‘quv yiliga mo‘ljallangan rejasi asosidagi mavzularni o‘z ichiga olgan ishlanma. Barchasi yangi reja asosida qo‘shimcha rasmlar bilan boyitilgan holda tayyorlangan hech qanday kamchiliklari yo‘q boshqa konspektlarga aldanib qolmang ularning namunasining o‘zidayoq kamchiliklari namoyon bo‘lib turibdi. Eng ishonchli variantdagi konspektni to‘liq hajmda yuklab olish uchun
https://t.me/lider_admin
ga murojaat qiling yoki
+998 99 005 22 44

(telegram mavjud)
raqamiga qo‘ng‘iroq qiling


FAYL BAHOSI: 10 000 so’m
To’lov uchun:
HUMO: 9860030367385355
UZCARD: 8600310426671822

Karimov Ilxomjon karta egasi


2023-2024 o’quv yili

Yüklə 155,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə