Kimyo talabalikka ilk qadam 1-qism I bob kimyoning asosiy tushunchalari



Yüklə 381,58 Kb.
səhifə22/24
tarix06.04.2022
ölçüsü381,58 Kb.
#85116
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
2 5357362512188674321

Tuzlar – kimyoviy xossasi
1. Juftlarning qaysi biridagi moddalar orasida kimyoviy jarayon sodir bo‘ladi?

A) Na2O, SO2 B) SiO2, CO2

C) KCl, Na2CO3 D) Fe2O3, CO2
2. Qaysi moddalar ta’sirlaShuvi natijasida tuz hosil bo‘ladi?

A) SO2+H2O→ B) SiO2+CO2→ C) CaO+FeO→

D) Na2O+CO2→ E) Na2O+H2O→
3. Asosli tuz hosil qilishi mumkin bo‘lgan moddalar juftini ko‘rsating:

A) Ba(OH)2, HCl B) BaCO3, HCl

C) BaCl2, H2SO4 D) BaO, KNO3

E) Ba(NO3)2, MgCl2


4. Keltirilgan reaksiyalarning qaysi biri sodir bo‘lmaydi?

A) CuSO4+Fe→ B) Pb(NO3)2+Zn→

C) Cu(NO3)2+Pb→ D) ZnSO4+Fe→

5. Qaysi holda reaksiya sodir bo‘lmaydi?

A) Cu+AgNO3→ B) Pb+Cu(NO3)2

C) Cu+Hg(NO3)2→ D) Cu+Pb(NO3)2


6. Quyidagi reaksiyalarning qaysilari suvli eritmada oxirigacha sodir bo‘ladi?

1) Ca(OH)2+CO2→ 2) NH4Cl+KOH→

3) CaCl2+HNO3→ 4) Ca3(PO4)2+NaNO3

5) Ba(OH)2+2NaCI→ 6) CaBr2+2AgNO3

A) 1,2,6 B) 1,3,6 C) 2,4,6 D) 3,4,6 E) 1,5,6
7. Qaysi reaksiyada asosli tuz hosil bo‘lishi mumkin?

A) KOH+H2SO4→ B) Ca(OH)2+H3PO4

C) KOH+CO2→ D) NaOH+H3PO4→ E) KOH+H2S→
8. Qanday modda yordamida Mg(HSO3)2 o‘rta tuzga aylanishi mumkin?

A) magniy gidroksid B) sulfit angidrid

C) natriy gidrosulfit D) sulfit kislota

E) natriy sulfit


9. Qaysi birikma portlovchi modda (porox) tayyorlashda ishlatiladi?

A) natriy karbonat B) potash C) kaliyli selitra

D) o‘yuvchi kaliy E) osh tuzi
10. Ohaktosh, bo‘r, marmar va malaxit qizdirilganda qanday gazlar hosil bo‘ladi?

A) CO2; NO2; SO2; SO3 B) H2; O2; N2; CO2

C) CO2; CO2; CO2; CO2 D) CO2; CO2; CO2; SO2
11. Qaysi modda suvda eriganda bir bosqichli dissotsilanish natijasida S-2 ioni hosil bo‘ladi?

A) natriy sulfat B) natriy sulfit

C) natriy sulfid D) natriy gidrosulfat

E) natriy gidrosulfid


12. Mis qaysi metallarni ularning tuzlaridan siqib chiqarishi mumkin?

A) Zn, Pb B) Pb, Sn C) Sn, Hg D) Hg, Ag E) Ag, Cr


13. Berilgan moddalarning qaysi biri kuchli qizdirilganda kislorod hosil bo‘ladi?

A) ammoniy dixromat B) magniy karbonat

C) ammoniy nitrat D) kaliy nitrat
14. Berilgan qaysi tuzlarni ikki usulda –xlor hamda xlorid kislota ta’sirida olish mumkin?

1) temir (II) xlorid; 2) alyuminiy xlorid;

3) temir (III) xlorid; 4) rux xlorid;

A) 2,3,4 B) 1,4 C) 2,4 D) 1,2 E) 2,3


15. Quyidagi moddalarning qaysi biri qizdirilganda qoldiqsiz parchalanadi?

A) kaliy gidrokarbonat B) ammoniy bixromat

C) natriy nitrat D) ammoniy karbonat
16. Quyidagilardan qaysi birini qizdirilganda kislorod ajratib olish mumkin?

A) temir (II) karbonat B) potash

C) temir (III) sulfat D) temir (III) nitrat
17. Qaysi moddaning molekulyar massasi eng katta qiymatga ega?

A) kalsiy ftorid B) kaliy nitrat

C) natriy karbonat D) alyuminiy oksid E) temir(II) sulfid
18. Konsentrlangan xlorid kislota qaysi moddalar bilan ta’sirlashganda, gaz holdagi modda hosil bo‘lmaydi?

1) mis; 2) malaxit; 3) kaliy permanganat;4) osh tuzi.

A) 1,3 B) 3,4 C) 1,2 O) 1,4 E) 2,3


19. Termik parchalanish natijasida ikki xil tuz hosil qiladigan moddani aniqlang.

A) malaxit B) mis karbonat

C) kaliy xlorat D) alyuminiy nitrat
20. Qaysi moddalar kristallogidratlar hosil qiladi?

1) mis(II) sulfat 2) kalsiy sulfat 3) natriy karbonat 4) kalsiy karbonat 5) kalsiy gidroksid

A) 1,2,5 B) 1,2,4 C) 1,2,3 D) 3,4,5
21. CuCl2 eritmasidan qaysi gaz o‘tkazilsa, qora cho‘kma hosil bo‘ladi?

A) SO2 B) Cl2 C) H2S D) H2 E) CO2


22. Magniy xlorid eritmasi orqali qaysi gazni o‘tkazib, eritmani bug‘latib, magniy xlorid olish mumkin?

A) vodorod sulfid B) vodorod xlorid

C) SO2 D) vodorod E) gaz o‘tkazish kekrak emas
23. Kaliy karbonat bilan reaksiyaga kirishadigan moddalarning tartib raqamlarini ko‘rsating.

1) osh tuzi 2) vodorod oksid 3) bariy xlorid

4) vodorod xlorid 5) kalsiy karbonat

6) magniy sulfat 7) temir(III) gidroksid

8) sulfat kislota 9) kalsiy gidroksid

10) vodorod sulfid

A) 1,3,5,6,8,10 B) 2,4,6,7,9,10 C) 3,4,5,6,7,8

D) 1,4,5,8,9,10 E) 2,3,4,6,8,9


24. Temir(III) xlorid eritmasiga soda eritmasi qo‘shilganda, qanday modda cho‘kmaga tushadi?

A) temir(III) karbonat B) temir(III) gidrokarbonat

C) temir(III) gidroksid D) temir(II) gidroksid
25. Sulfat ioni bilan eriydigan va karbonat ion bilan erimaydigan tuzlar hosil qiladigan ionlarni tanlang.

1) magniy 2) temir(II) 3) rux 4) bariy

5) natriy 6) ammoniy 7) marganets(II)

A) 1,2,4,7 B) 1,3,6,7 C) 4,5,6,7 D) 1,2,3,7 E) 3,4,6,7


26. Kaliy xlorid va natriy sulfat eritmalari aralashmasiga mo‘l miqdorda bariy nitrat eritmasidan so‘ngra kumush nitratning mo‘l miqdordagi eritmasidan qo‘shilgan. Eritmada qanday ionlar qolganini aniqlang.

1) kaliy 2) xlor 3) nitrat 4) natriy

5) kumush 6) sulfat 7) bariy

A) 1,3,4,6,7 B) 2,3,4,5,7 C) 1,3,4,5,7

D) 1,2,3,4,7 E) 2,3,4,5,6
27. Qaysi modda parchalanganda, tarkibida kislorod bo‘lgan uchta modda hosil bo‘ladi?

A) ammoniy dixromat B) malaxit C) kumush nitrat

D) ammoniy nitrat E) mis kuporosi

28. Kaliy gidrofosfatni kaliy fosfatga aylantirish uchun qaysi moddadan foydalanish mumkin?

1) kaliy gidroksid 2) ortofosfat kislota

3) fosfor(V) oksid 4) kaliy oksid 5) kaliy xlorid

A) 1 B) 2 C) 1,4 D) 2,3 E) 1,2,3,4,5
29. Qaysi tuz kir yuvish maqsadida ishlatiladi?

A) natriy gidrokarbonat B) magniy oleinat

C) natriy atsetat D) natriy stearat E) kalsiy stearat
30. Quyidagi tuzlarning qaysilari gidrolizga uchraydi?

1) osh tuzi 2) kalsiy sulfat 3) mis(II) xlorid

4) natriy sulfit 5) kaliy sulfat

A) 1,2 B) 2,3 C) 3,4 D) 4,5 E) 1,5


31. Quyidagi qaysi moddalar termik parchalanganda karbonat angidrid ajralmaydi?

1) dolomit 2) kaliy permanganat 3) malaxit

4) gips 5) marmar 6) ichimlik sodasi

A) 2,4,6 B) 1,3 C) 2,4 D) 1,3,5


32. Quyidagilarning qaysilari murakkab modda ishtirokidagi reaksiya mahsuloti hisoblanadi?

1) alyuminiy xlorid; 2) temir (II) xlorid;

3) temir (III) xlorid; 4) rux xlorid; 5) xlor (VII) oksid;

A) 1,3 B) 3,4 C) 1,4 D) 2,5 E) 4,5


33. Kuchli qizdirilganda kislorod hosil qiladigan moddani ko‘rsating.

A) ammoniy nitrat B) kalsiy gidroksid

C) ammoniy dixromat D) kaliy nitrat

E) magniy karbonat


34. Qaysi tuzlarni ikki usulda-xlorid kislota hamda xlor ta’sirida olish mumkin?

1) temir(II) xlorid 2) alyuminiy xlorid

3) temir(III) xlorid 4) rux xlorid

A) 2,4 B) 2,3 C) 2,3,4 D) 1,2 E) 1,4


35. Temir(II) va mis(II) sulfatlar aralashmasining eritmasidan qanday modda qo‘llash natijasida toza temir(II) sulfat eritmasini olish mumkin?

A) natriy ishqori B) temir C) alyuminiy

D) 10% li sulfat kislota eritmasi
36. Natriy gidroksidning fosfat kislota bilan neytrallanish reaksiyasida kislotaning ekvivalent massasi 49 g/mol bo‘lsa, qanday tuz hosil bo‘ladi?

1) natriy fosfat 2) natriy digidrofosfat 3) natriy gidrofosfat

A) 1 B) 2 C) 3 D) 2,3 E) 1,2,3
37. Yosh ximik qo‘lida mis va xlorid kislota bor. U qanday qilib mis(II) xlorid olishi mumikn?

A) Mis bilan xlorid kislotani o‘zaro reaksiyaga kirishtiriladi

B) Olib bo‘lmaydi

C) Mis havoda qattiq qizdiriladi va hosil bo‘lgan oksid kislotada eritiladi

D) Mis avval suv bilan, so‘ngra xlorid kislota bilan reaksiyaga kirishtiriladi
38. Uchta probirkada nomlari yozilmagan HCl, H2SO4, HNO3 kislotalar eritmalari berilgan. Xlorid kislotani qaysi reaktiv yordamida aniqlash mumkin?

A) bariy xlorid B) natriy gidroksid

C) kumush nitrat D) kalsiy gidroksid
39. Suyultirilgan sulfat kislota tayyorlash uchun konsentrlangan kislota suvga quyiladi. Bunda teskari amalni bajarish ruxsat etilmaydi, chunki...

A) yong‘in sodir bo‘lishi mumkin

B) zaharli gaz mahsulotlar hosil bo‘lishi mumkin

C) suv parchalanishi mumkin

D) katta miqdorda issiqlik ajralib chiqishi natijasida eritma sachrab ketishi mumkin

E) eritma ikki qatlamga ajralib qolishi mumkin


40. Lakmusning binafsha rangi qaysi qatordagi moddalar ta’sirida o‘zgaradi?

A) sulfat kislota, osh tuzi, vodorod oksid, vodorod sulfid

B) natriy nitrat, fosfat kislota, vodorod oksid, ammoniy gidroksid

C) natriy sulfat, natriy ishqor, nitrat kislota, vodorod peroksid

D) litiy gidroksid, natriy karbonat, alyuminiy xlorid, nitrat kislota

E) nitrat kislota, ammoniy gidroksid, fosfat kislota, kaliy sulfat


41. Quyidagi moddalarning qaysi biri kislotalik xossasini namoyon qiladi?

A) KCl B) CH3OH C) KOH D) Al(OH)3 E) CaCl2



Yüklə 381,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə