Kimyo va biologiya fakulteti



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə7/8
tarix05.06.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#88862
1   2   3   4   5   6   7   8
aromatik uglevodorodlar (2)

Nitrobenzol sintezi.

Reaktivlar: 9 ml benzol, 10 ml nitrat kislota (d=1,41), 12,5 sulfat kislota (d=1,84), natriygidroksid, kalsiy xlorid.
Ish mo`rili shkafda bajariladi!
Ishning borishi: Havo sovutgich (40-60 sm uzunlikdagi)ulangan 100 ml sig`imli tubi yumaloq kolbaga 12,5 ml konsentrlangan sulfat kislota solinadi va asta sekin kolbani chayqatib turib, 10 ml konsentrlangan nitrat kislota qo`shiladi. Xona temperaturasigacha sovutilgan aralashmaga chayqatib turgan xolda 9 ml benzol quyiladi (bunda kolbadagi suyuqlik emulsiyaga aylanadi) Nitrollash davomida reaksion aralashmaning temperaturasi 500 C dan ko`tarilmasligi va 250C dan pasaymasligi kerak. Buning uchun reaksion aralshmaga benzol qo`shish tezligini boshqarib va kolba suv xammomida sovutib turiladi. Ko`rsatilgan miqdordagi benzol quyib bo`lingandan so`ng suv xammomining temperaturasi 600 C ga ko`tarilib (termometr xammomga tushiriladi) aralshma 45 minut davomida qizdiriladi. So`ngra reaksion aralshma sovuq suvda sovutilib, ajratgich voronkaga quyiladi va kislotali pastki nitrobenzol qavatidan ajratib olinadi. Nitrobenzol suv, natriy gidroksidning suyultirilgan eritmasi va yana suv bilan yuviladi. Yuvilgan nitrobenzol 50 ml sig`imli kolbaga quyiladi, qizdirilgan kalsiy xlorid solib, kichikroq sovutgich o`rnatilgan probkabilan berkitiladi va suyuqlik tiniq holga kelguncha suv xommomida qizdiriladi. Agar kolba tubida kalsiy xlorid eritmasining suvli qavati hosil bo`sa, nitrobenzol extiyotlik bilan quruq kolbaga quyilib, qaytadan unga qizdirilgan kalsiy xlorid qo`shiladi va yuqorida ko`rsatilgan usul bo`yicha quritiladi. Quritilgan nitrobenzol Vyurs kolbasiga quyilib, havo sovutgich orqali haydaladi va 207-2110 C da haydaladigan fraksiya yig`iladi.
Nitrobenzol miqdori 11 g. Nitrobenzolni quriguncha haydash havfli, chunki u dinitrobenzol bilan aralshgan bo`lsa portlashi mumkin.
Nitrobenzol- achchiq bodom hidli, och sariq rangli moysimon suyuqlik, spirtda, bezolda, efirda eriydi, suvda deyarli erimaydi.
Molekulyar massasi 123,11 ; qaynash temperaturasi 210,90 C
Nitrobenzol markaziy nerf sistemasini zaharlaydi, modda almashinuvini buzadi, buning natijasida jigar kasallanadi. Nitrobenzol bug`i bilan uzoq vaqit nafas olinsa bosh og`riydi, teriga tegsa kuydiradi. Terining nitrobenzol tekkan joyini spirt bilan artib, so`ngra sovun bilan yuvish kerak.
III.Xulosa.
Men ushbu kurs ishini tayorlash davomida quydagi xulosaga keldim:
Benzolni quyi vakillari suyuq va ba'zan qattiq. O’ziga xos o’tkir hidli moddalardir.
Tarkibida bitta benzol xalqasi bo’lganlari suvdan yengil. Suvda yomon eriydi, barcha organik erituvchilarda yaxshi eriydi.
Benzol va uning gomologlari kimyo sanoatida dorivor moddalar, bo`yoqlar, erituvchilar, plastmassalar hashoratlarga qarshi kurashda zaxarli moddalar ishlab chiqarishda, erituvchi sifatida ishlatiladi. Motor yog`larini sifatini yahshilashda, shinalar, transportiyor, eskalatorlar uchun lentalar, yengil va mikrog`ovak tagcharim va boshqalar olishda ishlatiladi.
Nitrobenzol ko’p miqdorda benzolni nitrolab olinadi. Toza nitrobenzol achchiq danak xidiga ega bo’lgan rangsiz suyuqlik. Suvda erimaydi. Zaharli.
Asosan anilin ishlab chiqarishiga sarflanadi.
Trinitrobenzol benzoldan qiyin hosil bo’ladi. Asosan, trinitrotoluolni oksidlab va dekarboksillab olinadi. 1720C da suyuqlanadi, kuchli portlovchi modda.
Nitrobenzol markaziy nerf sistemasini zaharlaydi, modda almashinuvini buzadi, buning natijasida jigar kasallanadi. Nitrobenzol bug`i bilan uzoq vaqit nafas olinsa bosh og`riydi, teriga tegsa kuydiradi. Terining nitrobenzol tekkan joyini spirt bilan artib, so`ngra sovun bilan yuvish kerak.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə