Kimyoviy texnologiya


 Poliproplendan polimerbenzin olish texnologiyasi



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/53
tarix27.01.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#83177
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53
polimerbenzin olish jarayoni tahlili va uni samaradorligini oshirish yollar

2.4. Poliproplendan polimerbenzin olish texnologiyasi 

Alkenlarni  polimerizastiyalab  sanoat  sharoitlarida  polimerbenzin  olish 

maqsadida  fosforli  nordon  katalizator  ishtirokida  175-245

0

C  temperatura  va 



  6 


MPa  bosimda  amalga  oshiriladi.  Polimerbenzin  olishda  xom  ashyo  sifatida  toza 

alkenlar  emas,  balki  termokatalitik,  piroliz  va  degidrirlash  jarayonlari  natijasida 

olinadigan  uglevodorodlar  hizmat  qiladi.  Propan-propilen  va  S

3

-S



4

  frakstiyalar 

keng  qo’llaniladi.  Xom  ashyodagi  alkenlarni  miqdori  ekzotermik  reakstiya 

oqibatida kuchli qizib ketishni oldini olish maqsadida 20 % dan kem va 40 % dan 

yuqori bo’lmasligi lozim. 

Alkenlar  polimerizastiyaga  moyilligi  bo’yicha  quyidagi  qatorga  joylashtirish 

mumkin:  

Izobutilen > butilen > propilen > etilen 

Polemerbenzin  200-250

0

C  temperatura  intervalida  haydaluvchi  nisbatan 



yuqori  bo’lmagan  molekulyar  massali  polimerlar  aralashmasidan  iborat.  Uning 

tarkibiga 94 % alkenlar, 5 % alkanlar va stikloalkanlar va 1 % arenlar kiradi. 

Odatda polimerbenzin 82-84 oktan soniga  (motor  usuli)  yoki 96-97  (izlanish 

usuli) ga ega bo’lib, juda yaxshi aralashish ko’rsatkichini namoyon etadi: u boshqa 

benzinlar  bilan  qanday  tabiatli  komponent  bilan  qo’shilayotganiga  bog’liq  holda 

oktan soni  90-130 (motor usuli) bo’lgan, mahsulot sifatida o’zini tutadi. 

Jarayonning  texnologik  sxemasi  quydagi  2.1-rasmda  keltirilgan:  Xomashyo 

nordon gazlardan absorbsion (dietanolamin va ishqor bilan) tozalanib 1-kalonnaga 

uzatiladi  va  u  yerda  suv  bilan  yuviladi.  Kolonnaning  yuqorisidan  chiqgan  gaz  9-

sig'imdan  keladigan  propan  bilon  aralashtirib  2-tindirgichga  tushadi.  Propan 

xomashyo  tarkibidagi  to’yinmagan  uglevodorod  miqdorini  kamaytiradi.  Bu  esa 

polimerizatsiya jarayonini yumshatadi. Ajralib chiqgan issiqlik esa reaktorni butun 

qismi  bo’yicha  bir  hil  tarqaladi.  2-tindirgichdan  chiqqan  aralashma  3-markazdan 

qochma  nasos  yordamida  4-issiqlik  almashtirgichda  va  5-isitgichda  qizdirilib, 

katalizatorni  degidratasiyaga  uchratmaslik  uchun  yo’l-yo’lakay  suvli  ejjektorda 

namlantirilib  to’rt  paralel  oqim  bilan  reaktorga  kiritiladi.  Reaktorda  oqim 

yuqoridan  pasga  tomon  harakatlanadi.  Issiqlikning  bir  qismi  propan  yordamida 



yutilsa,  boshqa  qismi  xomashyoga  yutiladi.  Natijada  reaktorga  kirayotgan 

xomashyo  harorati  chiqayotganga  nisbatan  40-50

0

C  ga  past  bo’ladi.  Issiqlikning 



bunday  taqsimlanishi  jarayonda  energiyani  tejashga  yordam  beradi.  Reaktorning 

pastidan chiqadigan mahsulot 4-issiqlik almashtirgichda sovitiladi va 7-separatorga 

yuboriladi. Separatorda bosim tushishi sababli serkulyatsiyadagi propanning asosiy 

qismi ajraladi. Propan va yengilroq fraksiyalar 8-kondensator-sovitgichda sovitilib 

9-  yig’gichda  suyuq  propan  yig’ladi  va  shu  yerdan  xomashyo  bilan 

aralashtirgichga yuboriladi.  

 


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə