Kimyoviy texnologiya



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/53
tarix27.01.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#83177
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53
polimerbenzin olish jarayoni tahlili va uni samaradorligini oshirish yollar

Texnologik  rejim

 

Ko’rsatgichlar  

Reaktordagi harorat 

º



180 – 230 

Reaktordagi bosim, MPa  

7,5 – 8,5  

Katalizator sarfi, %(mas) 

0,09 – 0,20 

Moddiy  balansi 

 

Kelib tushdi 

 

Propan- propilenli frakstiya 



100,0 

Jami 


100,0 

Olingan 


 

Polimer benzin ( frakstiya q.b -205 

º

C) 


32,4 

205


º

C dan yuqori  bo’lgan  qoldiq 

3,6 

Reakstiyaga kirishmagan  propan –proilenli frakstiya 



64,0 

Jami 


100,0 

 


 

2.3. Tabiiy gazdan sintetik suyuq yonilg’i ishlab chiqarish texnologiyalari 

 

Tabiiy  gazdan  sintetik  suyuq  yonilg’i



 

ishlab  chiqarish  texnologiyasining 

birinchi  bosqichida  havoni  tayyorlash,  separastiyalash,  frakstiyalash  va  kislorod 

olish  jarayonlari  amalga  oshiriladi.  Boshqa  shunday  bir  texnologiyalarda  havoni 

frakstiyalash talab etilmaydi yani kislorod o’rniga havo ishlatiladi. 

 

Jarayonning  ikkinchi  bosqichi  Fisher-Tropsh  reaktorida  amalga  oshiriladi. 



Fisher-Tropsh reaktori yuqori ekzotermik bo’lganligi uchun issiqlikni tezda ajratib 

olish  talab  etiladi.  Shuningdek  ortiqcha  metan  va  engil  uglevodorodlar  hosil 

bo’ladi,  kokslanish,  qizdirilib  biriktirish  va  emirilish  natijasida  katalizator 

dezaktivastiyalanadi 

 

Sanoatda  ko’p  trubali  qo’zg’almas  va  mavhum  qaynash  qatlamli  reaktorlar 



qo’llaniladi.  Suyuq  uglevodorodlar  sintezida  reaktorda  suspenziyalangan  kobalt 

katalizatori  qo’llaniladi.  Bu  bosqichda  kapital  xarajatlar  barcha  ishlab  chiqarish 

tannarxiga nisbatan 20-25% ni tashkil etadi. 

 

Jarayonning  uchinchi  bosqichida  uglevodorodlarni  gaz-suyuqlik  aralashmasi 



gidrirlash,  gidrokrekinglash,  gidroizomerlash  va  rektifikastiya  usullari  orqali 

tozalab olinadi. 

 

Syntroleum  kompaniyasining  GTL  ishlab  chiqarish  texnologik  sxemasi 



quyidagicha: 

 

Tabiiy gazdan suyuq yoqilg’i ishlab chiqarish jarayoni uch asosiy texnologik 



bloklardan  iborat.  Asosiy  texnologik  bloklar-ATR  texnologiyasi  bo’yicha  sintez-

gaz olish, Fisher-Tropsh sintezi, mahsulotni tozalash va ajratib olish. 

 

Birinchi  texnologik  blokda  avtotermik  riforming  boradi,  ya’ni  atmosferadan 



havoni  kompromirlash,  tabiiy  gaz  va  havoni  qizdirish,  reaktorda  bug’  ishtirokida 

bug’gaz aralashmasini kuydirish, so’ngra u katalizator qatlamidan o’tkaziladi, 975-

1050

0

S  haroratda  metanni  bug’  riforming  ekzotermik  reakstiyasi  boradi.  ATR  ga 



kirishda  o’zgarmas  haroratda  gazni  qizishini  ta’minlash  va  bug’  riforming 

reakstiya  muvozanatini  hosil  qilish  uchun  fiksirlangan  kislorod  miqdori 

kuydiriladi,  natijada  sintez-gaz  hosil  bo’ladi.  Kislorod  manbai  havo  hisoblanadi, 



sintez-gaz suyulishini ta’minlaydi. ATR da sintezlangan gazni sovutish kerak, bug’ 

qozon-utilizatorga uzatiladi.  

 

 Ikkinchi  texnologik  blokda  Fisher-Tropsh  reaktorida  asosiy  jarayon 



boradi,ya’ni  sintez  gaz  190-250

0

S  haroratda  va  1,0-4,0  MRa  bosimda  turli 



uzunlikka  ega  bo’lgan  suyuq  parafin  uglevodorodlarga  konversiyalanadi. 

Jarayonda FT-401 markali katalizator qo’llaniladi, ma’lum miqdori davriy ravishda 

regenerastiyalanadi  va  reaktorga  uzluksiz  regenerstiyani  ta’minlash  uchun  berib 

turiladi. 



 

Uchinchi  texnologik  blokda  vodorod  ishtirokida  katalitik  kreking  olib 

boriladi.  Gidroizomerlash  jarayonida  og’ir  uglevodorodlar  engil  va  o’rta 

distillyatlarga  aylantiriladi  (kerosin  va  dizel  yoqilg’ilar).  Qo’zg’almas  qatlamli 

katalizator  bilan  250-350

0

S  haroratda  va  7,0-8,0  MRa  bosimda  katalitik  kreking 



natijasida  GTL  tarkibida  og’ir  qoldiq  qoladi.  Gidrokreking  katalizatori  sifatida 

oltingugurt birikmalari kobalt, molibden yoki nikel bilan birikmasi ishlatiladi. 

 

GTL  texnologiyasi  bo’yicha  olingan  butun  mahsulot  ekologik  toza  bo’lib, 



tarkibida  aromatik  uglevodorodlar,  oltingugurt,  azot  bo’lmaydi,  yuqori  sifatli  neft 

yoqilg’isi hisoblanadi. 

 

Sintetik  dizel  yonilg’i  asosiy  ko’rsatkichlari  neft  frakstiyasidan  olingan  dizel 



yonilg’i ko’rsatkichlariga mos keladi (EN-590 standartiga to’g’ri keladi): 

-

 



stetan soni 75 punktdan ko’p 55u an’anaviy dizyonilg’iga nisbatan; 

-

 



0,1% poliaromatik uglevodorod miqdori 6% ga nisbatan; 

-

 



oltingugurt miqdori 0ppm  50ppm nisbatan; 

-

 



zichligi 767 kg/m

3

 835 kg/m



3

ga nisbatan. 

 

Sintetik  nafta  (S



5

-S

10



)  KFEU  (keng  frakstiyali  engil  uglevodorodlar) 

amaliyotda  gazni  qayta  ishlash  zavodidagi  yo’ldosh  neftli  gazlarni  qayta  ishlash 

natijasida  olinadi.  Sintetik  nafta  etilen  va  propilen  olish  uchun  ideal  xom  ashyo 

hisoblanadi. Nafta –bu to’g’ridan to’g’ri haydalgan benzindir. 




Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə