Kimyoviy texnologiya


Texnologiyalarni  taqqoslash



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/53
tarix27.01.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#83177
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   53
polimerbenzin olish jarayoni tahlili va uni samaradorligini oshirish yollar

Texnologiyalarni  taqqoslash 


 

Fisher-Tropsh  sintezi  bo’yicha  kimyoviy  mahsulotlar  ishlab  chiqarish 

texnologiyalari:  Fisher-Tropsh  texnologiyasi,  Sasol  texnologiyasi      Syntroleum 

texnologiyasi. 

 

Sasol  texnologiyasining  birinchi  bosqichida  havodan  kislorod  olinadi. 



Boshqa  texnologiyalarda  havoni  separastiyalash  talab  etilmaydi.  Syntroleum 

texnologiyasida sintez-gaz olishda kislorod o’rniga havo ishlatiladi. 

Fisher-Tropsh texnologiyasi va Sasol texnologiyasining ikkinchi bosqichida metan 

parstial oksidlanadi. Bu jarayonda katalizator ishlatilmaydi.  

 

Syntroleum  texnologiyasining  ikkinchi  bosqichida  qo’zg’almas  qatlamli 



katalizator  bo’lgan  po’lat  trubada  aralashma  qizdirilgan  metan  bug’i  bilan  bug’ 

reformingi  amalga  oshiriladi.  Avtotermik  reforming  havo  yordamida  olib  boriladi 

(azot yordamchi mahsulot sifatida jarayonning davomiga yuboriladi). 

 

Uchinchi  bosqich  barcha  texnologiyalarda  Fisher-Tropsh  sintezi  olib 



boriladi.  Vodorod  va  uglerod  monooksidi  sintezi  qo’zg’almas  qatlamli  temir  yoki 

kobalt  katalizatori  ishtirokida  amalga  oshiriladi.  Sasol  reaktorida  reakstiya  uch 

fazali  sistemada  olib  boriladi:  sintez-gaz  pufakchalari  yuqorimolekulyar  parafin 

aralashmalari  va  temir  katalizatori  bo’laklari  orqali  o’tadi.  Bu  texnologiyada 

parafin olinadi. 

 

Syntroleum  jarayonida  Fisher-Tropsh  reaktorida  mavhum  qaynash  qatlamli 



kobalt  katalizatori  qo’llaniladi.  Reakstiya  katalizator  bo’laklarini  sintez-gaz  bilan 

aralashishi orqali boradi, so’ngra katalizator mahsulotdan ajratiladi 

 

Barcha  texnologiyalar  to’rtinchi  bosqichida  sintez  mahsulotlari  sifatini 



oshirish  maqsadida  gidrokrekinglanadi  va  ajratish  uchun  rektifikastiya  jarayoniga 

beriladi.  Gidrokreking  qurilmasida    yuqorimolekulyar  parafinlar  vodorod 

ishtirokida tarmoqlanib, kichik  molekulyar  massaga ega bo’lgan  uglevodorodlarni 

hosil  qiladi.  Olefinlarni  vodorod  bilan  to’yinishi  natijasida  parafinlar  va 

izoparafinlar hosil bo’ladi. 




Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə