Kioto protokolining musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya



Yüklə 198,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix29.11.2023
ölçüsü198,69 Kb.
#140148
1   2   3   4   5   6
Kioto Protokolining musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

Vakolatli operativ organ
— IO‘HK Ijro etuvchi kengashida ro‘yxatdan o‘tgan, tavsiya
etilayotgan loyihalarning MRM tartibotlariga muvofiqligini tasdiqlashga, loyihalarni ro‘yxatdan
o‘tkazish uchun IO‘HK Ijro etuvchi kengashiga taqdim etishga, loyihani amalga oshirish vaqtida
chiqindilar chiqarishning haqiqatdan o‘zgarganini tasdiqlashga hamda qisqartirilgan chiqindilarni
sertifikatlash uchun IO‘HK Ijro etuvchi kengashiga buyurtmanomalar berishga vakil qilingan
akkreditatsiya etilgan mustaqil tashkilot;
Karbon jamg‘armalari
— MRM loyihalarini tayyorlashda va amalga oshirishda, shuningdek
chiqindilarning sertifikatlangan qisqartirishlarini sotishda xizmatlar ko‘rsatishga vakil qilingan
xalqaro va xususiy tashkilotlar;
parnik gazi
— Kioto Protokoli bilan nazorat qilinadigan gazlar guruhlaridan biri — CO , CH ,
N O, HFC , PFC , va SF ;
chiqindilarni sertifikatlangan qisqartirish
— (keyingi o‘rinlarda ChSQ deb ataladi) — MRM
investitsiya loyihasini amalga oshirish natijasida olingan va IO‘HKning Ijro etuvchi kengashida
sertifikatlashdan o‘tgan, uglerod ikki oksidi ekvivalentining bir metr tonnasiga teng bo‘lgan
birliklarda o‘lchanadigan chiqindilarning miqdoriy qisqartirilishi;
loyiha-texnik hujjatlar
— (keyingi o‘rinlarda LTH deb ataladi) — MRM shartlari va mezonlariga,
shuningdek ushbu Nizomga muvofiq ishlab chiqiladigan, MRM bo‘yicha investitsiya loyihasini
amalga oshirishning texnik, tashkiliy, tabiatni muhofaza qilish va moliya-iqtisodiy yechimlarini
belgilaydigan hujjat.
3. MRM bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga doir takliflarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash ikki
bosqichda amalga oshiriladi.
II. Loyiha bo‘yicha buyurtmanomani tayyorlash va ma’qullash tartibi
4. Birinchi bosqichda loyiha tashabbuskori tomonidan MRM Milliy organiga yozma ariza
kiritiladi, arizaga MRM bo‘yicha nazarda tutilayotgan investitsiya loyihasi to‘g‘risidagi umumiy
axborot ilova qilinadi (keyingi o‘rinlarda loyiha bo‘yicha buyurtmanoma deb ataladi).
Oldingi
 tahrirga qarang.
5. Loyiha bo‘yicha buyurtmanoma O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni
muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan kelishiladi va u (biroq shu bilan cheklanmagan holda) ushbu
Nizomga 
1-ilovada
 ko‘rsatilgan axborotdan iborat bo‘lishi kerak.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-
noyabrdagi 915-sonli 
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y.,
09/17/915/0259-son)
Zarurat bo‘lganda, loyiha bo‘yicha buyurtmanomaga kiritish uchun MRM Milliy organi
tomonidan loyiha bo‘yicha qo‘shimcha axborot va hujjatlar so‘rab olinishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
6. MRM Milliy organi o‘z xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzadi.
Ishchi guruh buyurtmanoma taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda loyihani
MRM doirasida ushbu Nizomga 
2-ilovaga
 muvofiq Barqaror rivojlanish milliy mezonlariga muvofiq
amalga oshirish mumkinligini ko‘rib chiqadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli 
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
2
4
2
5
5
6


27.09.2022, 09:15
9-сон 10.01.2007. Kioto Protokolining musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
https://lex.uz/docs/-1105426
3/6
7. Loyihani MRM doirasida amalga oshirish mumkinligi to‘g‘risidagi masala ijobiy ko‘rib
chiqilgan taqdirda ishchi guruh MRM Milliy organiga loyiha bo‘yicha buyurtmanomani ma’qullash
uchun loyihani amalga oshirish mexanizmi bo‘yicha xulosa hamda loyihani amalga oshirish uchun
investor tanlash bo‘yicha tanlov hujjatlariga asosiy talablar bilan birga kiritadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli 
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
8. MRM Milliy organi taklifni taqdim etilgan hujjatlar asosida ko‘rib chiqadi va loyihani amalga
oshirish mumkinligi to‘g‘risida yoxud loyihani puxtalashtirish zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Loyihani amalga oshirish mumkinligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda MRM Milliy
organi tomonidan, zarurat bo‘lganda, ayni bir vaqtda investor tanlash bo‘yicha tanlov komissiyasi
tarkibi, tanlovni o‘tkazish muddatlari va loyihani amalga oshirish uchun investor tanlash bo‘yicha
tanlov hujjatlariga talablar tasdiqlanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli 
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
9. MRM Milliy organi tomonidan loyihani amalga oshirish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilingan
taqdirda ishchi guruh uch kun muddatda loyiha tashabbuskorini rasmiy ravishda xabardor qiladi,
xabarnomada loyihani amalga oshirishning tavsiya etilayotgan mexanizmini hamda loyihani
amalga oshirish uchun investor tanlash bo‘yicha tanlov hujjatlariga asosiy talablarni ko‘rsatadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli 
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
10. Loyihani Karbon jamg‘armalari yoki Xalqaro moliya institutlari orqali amalga oshirish
mexanizmini tanlashda loyiha-texnik hujjatlarni tayyorlash, investorlarni, vakolatli operativ
organlarni va chiqindilarning sertifikatlangan qisqartirishlari xaridorlarini tanlash tegishli Karbon
jamg‘armalari yoki Xalqaro moliya institutlari tomonidan belgilangan tartibotlarga muvofiq amalga
oshiriladi. Bundan qat’i nazar, MRM loyihalari ushbu Nizomning 
13—18-bandlariga
 muvofiq kelishib
olinishi va ma’qullanishi kerak, investorni tanlov asosida tanlab olish to‘g‘risidagi shartlar bundan
mustasno.
11. MRM Milliy organi tomonidan tanlov asosida tanlab olish zarurligi ko‘rsatilgan taqdirda
loyiha tashabbuskori loyihani amalga oshirish uchun Idoralararo kengash tomonidan
belgilanadigan muddatlar va talablarga muvofiq investor tanlash bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.
12. Investorlarni tanlash bo‘yicha tanlovlar qatnashchilari soniga nisbatan cheklashlar
belgilanmaydi.

Yüklə 198,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə