Kioto protokolining musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya


III. Loyiha-texnik hujjatlarni tayyorlash va ma’qullash tartibi



Yüklə 198,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix29.11.2023
ölçüsü198,69 Kb.
#140148
1   2   3   4   5   6
Kioto Protokolining musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

III. Loyiha-texnik hujjatlarni tayyorlash va ma’qullash tartibi
13. Ikkinchi bosqichda tashabbuskor tomonidan MRM Milliy organiga yozma ariza kiritiladi,
unga quyidagilar ilova qilinadi:
muzokaralar davomida erishilgan dastlabki va yakuniy qiyosiy jadvallar, loyiha tashabbuskori
tomonidan tanlangan taklif ko‘rsatilgan holdagi tanlov qatnashchilari takliflari. Qiyosiy jadvalda
ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun loyiha tashabbuskori javob beradi;
MRM tartibotlariga muvofiq ishlab chiqilgan rus va ingliz tillaridagi loyiha-texnik hujjatlar;
loyihani amalga oshirishning oylar bo‘yicha jadvali;
Gidrometeorologiya xizmati markazining loyiha bo‘yicha ijobiy xulosasi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining
loyiha bo‘yicha ijobiy ekologik xulosasi.
(13-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-
noyabrdagi 915-sonli 
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y.,
09/17/915/0259-son)
Zarurat bo‘lganda, MRM Milliy organi tomonidan loyiha tashabbuskoridan va tanlov
qatnashchilaridan qo‘shimcha ravishda ma’lumotlar va hujjatlar so‘rab olinishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.


27.09.2022, 09:15
9-сон 10.01.2007. Kioto Protokolining musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
https://lex.uz/docs/-1105426
4/6
14. Tashabbuskor tomonidan ushbu Nizomning 
13-bandida
ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim
etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda ishchi guruh taqdim etilgan LTHning MRM
mezonlariga va tartibotlariga muvofiqligini ko‘rib chiqadi hamda MRM Milliy organiga tegishli
xulosani ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli 
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
15. Quyidagilar MRM Milliy organi tomonidan loyihani baholashning asosiy mezonlari
hisoblanadi:
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-
fevraldagi 161-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y.,
09/19/161/2600-son)
loyihani amalga oshirishning umumiy iqtisodiy maqsadga muvofiqligi va samaradorligi;
loyihaning ekologiya talablariga muvofiqligi;
texnologik asbob-uskunalarning zamonaviy sifat standartlariga muvofiqligi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
16. MRM Milliy organi ikki hafta muddatda takliflarni taqdim etilgan hujjatlar asosida ko‘rib
chiqadi va loyihani amalga oshirishning mumkinligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli 
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
17. MRM bo‘yicha loyiha amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan investitsiya loyihasiga qo‘shimcha
deb hisoblangan taqdirda asosiy investitsiya loyihasini tayyorlash va ekspertizadan o‘tkazish tartibi
ana shunday loyihalar uchun tatbiq etiladigan amaldagi qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-
apreldagi 153-sonli 
qarori
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-
son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Asosiy investitsiya loyihasi bo‘yicha dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash tasdiqlangungacha
yoxud O‘zbekiston Respublikasi va Xalqaro moliya institutlari o‘rtasida o‘zaro hamfikrlik to‘g‘risidagi
memorandum imzolangungacha loyiha bo‘yicha buyurtmanoma berish bosqichida MRM bo‘yicha
loyiha komponentini amalga oshirish yuzasidan MRM Milliy organining ijobiy qarorini olish zarur.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-
fevraldagi 161-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y.,
09/19/161/2600-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Asosiy loyiha bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslash uzil-kesil tasdiqlangungacha loyiha-texnik
hujjatlar bosqichida MRM bo‘yicha loyiha komponentini amalga oshirish yuzasidan MRM Milliy
organining ijobiy qarori olinishi zarur.
(17-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-
fevraldagi 161-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y.,
09/19/161/2600-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Asosiy investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi Hukumat qarori MRM bo‘yicha loyiha
IO‘HK Ijro etuvchi kengashida ma’qullangandan keyin qabul qilinadi. Bunda, istisno hollarda,
Vazirlar Mahkamasining tegishli Kotibiyati bilan kelishgan holda asosiy investitsiya loyihasini
amalga oshirish to‘g‘risidagi Hukumat qarorining MRM loyihasi bo‘yicha LTH Vakolatli operativ
organ tomonidan tasdiqlangandan keyin qabul qilinishiga yo‘l qo‘yiladi.
(17-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-
maydagi 397-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y.,
09/19/397/3123-son)

Yüklə 198,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə