Kioto protokolining musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya


Musaffo rivojlanish mexanizmi bo‘yicha mo‘ljallanayotgan investitsiya loyihasi to‘g‘risidagi



Yüklə 198,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix29.11.2023
ölçüsü198,69 Kb.
#140148
1   2   3   4   5   6
Kioto Protokolining musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

Musaffo rivojlanish mexanizmi bo‘yicha mo‘ljallanayotgan investitsiya loyihasi to‘g‘risidagi
loyiha bo‘yicha buyurtmanomadagi axborotlar
1. Loyihaning maqsadi, faoliyat sohasi va turi.
2. Mulkchilik shakllari ko‘rsatilgan holda, loyiha qatnashchilari to‘g‘risidagi mufassal axborot.
3. Obyektning joylashgan joyi.
4. Mavjud faoliyat to‘g‘risida axborot.
5. Loyihaning mufassal tavsifi.
6. Boshlang‘ich sharoitlarda (MRM loyihasi amalga oshirilmasdan) parnik gazlari
chiqindilarining har yilgi qadimgi va hisoblangan hajmi.
7. Foydalanish uchun rejalashtirilayotgan texnologiyalar va asbob-uskunalar to‘g‘risida
axborot.
8. Loyihaning, asbob-uskunalarning va qo‘shimcha investitsiyalarga bo‘lgan ehtiyojning
mo‘ljallanayotgan umumiy qiymati to‘g‘risida axborot.
9. Loyihani amalga oshirishning dastlabki reja-jadvali.
10. Parnik gazlari chiqindilarini qisqartirishning kutilayotgan hajmi.
11. Loyihaning iqtisodiy samaradorligi bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblar, loyihani amalga
oshirishning ekologik va ijtimoiy samaralari.
12. Loyihani amalga oshirishning tavsiya etilayotgan manbalari va mexanizmi.
13. Loyihaning Barqaror rivojlanish milliy mezonlariga muvofiqligi.
Kioto Protokolining Musaffo
rivojlanish mexanizmi doirasida
investitsiya loyihalarini tayyorlash va


27.09.2022, 09:15
9-сон 10.01.2007. Kioto Protokolining musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
https://lex.uz/docs/-1105426
6/6
amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi
nizomga
2-ILOVA
Musaffo rivojlanish mexanizmi bo‘yicha investitsiya loyihalariga nisbatan qo‘llanadigan
Barqaror rivojlanish milliy mezonlari
Iqtisodiy mezonlar:
tayyor mahsulot birligi hisobiga energiya va xomashyo sarfini kamaytirish;
zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan ishlab chiqarish samaradorligini yoki tabiiy
resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish;
O‘zbekiston Respublikasida bozorning xususiy sektorini rivojlantirishga ko‘maklashish.
Ekologik mezonlar:
atrof muhitning saqlanishiga va yomonlashishining oldini olishga ko‘maklashish;
tabiiy xomashyo sarfini va ishlab chiqarish chiqitlarini kamaytirish;
xomashyodan takroriy foydalanishga va/yoki tiklanayotgan tabiiy resurslardan foydalanishga
yo‘naltirilgan texnologiyalarni joriy etish;
atrof muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish.
Ijtimoiy mezonlar:
aholining ish bilan bandligining o‘sishiga va haqiqiy daromadlarining oshishiga
ko‘maklashish;
loyihani amalga oshirishga jalb etilgan xodimlarning va loyiha amalga oshirilayotgan
hududda yashaydigan aholining sog‘lig‘ini yaxshilash;
aholining tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalaridan xabardorligini oshirish.
Tavsiya etilayotgan investitsiya loyihasi barcha Barqaror rivojlanish milliy mezonlarini
qondirishi shart emas, lekin ko‘rsatib o‘tilgan mezonlarga muvofiq mamlakatning barqaror
rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 1-2-son, 15-modda; Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son; 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son, 14.05.2019-y.,
09/19/397/3123-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Yüklə 198,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə