Kirish 2 Xulosa 29 Foydalanilgan adabiyotlar: 32



Yüklə 207 Kb.
səhifə3/8
tarix21.05.2022
ölçüsü207 Kb.
#87605
1   2   3   4   5   6   7   8
2 5469902702727144660

KURS ISHINING HAJMI:Kurs ishi kirish,2 bob,xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat

I BOB.SAVOD O'RGATISH VA UNING JARAYONLARI.
1.1.Savod o‘rgatish mеtodikasi va uning tarixi.
Maktabda o’qitish elementar O’qish va yozishga o’rgatishdan boshlanadi. Alifbe”ga asoslangan holda qisqa muddatda o’quvchilar o’qish, yozishga o’rgatiladi, so’ng O’qish va yozish konikmasi takomillashtiriladi, bora-bora malakaga aylantiriladi.
O’qish va yozish malakasi nutqqa oid malaka. O’qish va yozish malakasi nutq faoliyatining boshqa turlari bilan ham bogliq. Malakaning shakllanishi uchun bir faoliyat bir necha marta takrorlanishi mumkin.O'zbek tili yozuvi tovush yozuvi. Yozuvda o’quvchi tovushni harfga, O’qishda esa harfni tovushga aylantirishdek murakkab aqliy faoliyatni bajaradi. Bu faoliyat doimiy ravishda yuz berishini nazarda tutib, O’qish va yozish parallel olib boriladi.O'zbek tili yozuvi fonematik yozuv. O’zbek tili yozuvi uchun 1993 yil lotin grafikasi asos qilib olindi. Nutqning har tovushi uchun yozuv unga mos shakl qabul qilindi.O'qituvchi savod o'rgatish jarayonida o’quvchilarga tovushlar haqida ma'lumot berishda o’zbek tilining fonetik xususiyatlarini hisobga olishi zarur.Savod o’rgatish analitik-sintetik tovush metodida olib boriladi. So’z bo’g’inga ajratiladi, bo’g’indan kerakli o’rganilayotgan tovush ajratilib olinadi, tahlil qilinadi, o’rganilgan harf bilan sintezlanadi.
Hozirgi o’zbek tili unlilar sistemasi: a) o, u, o, e, i, a. Savod o’rgatishda tovush-harf bilan tanishtirish unlilardan boshlanadi.
E harfi so’z va bo’g’in boshida orta keng lablanmagan unli ornida va undoshdan keyin yoziladi:
Savod o’rgatishda oldin so’z boshida keladigan e, so’ng undoshdan keyin keladigan e o’rgatiladi.
O harfi o’zbekcha, umumturkiy so’zlarda quyi keng, lablangan o tovushini ifodalaydi. Ruscha internasional so’zlarda urg’usiz bo’g’inda a tarzida (kalxoz),o 3tovushi kabi (tonna), qisqa i tarzida (rektir) talaffuz qilinadi. Shuning uchun bu unlili so’zlar savod o’rgatish davridan so’ng o’quv jarayoniga kiritiladi.
O’zbek tilida 24 undosh tovush bor. Shulardan 3 tasi harf birikmasi. 24 undosh tovush 23 undosh harf bilan belgilanadi. Undoshlarni o’rgatishda ham muayyan tartibga, talabga asoslanadi.
Alifbo davri sonor ovozli (ovozdor) tovushlarni o’rgatishdan boshlanadi. Lekin ng sonor undoshi n va g undoshi tovush harfi bilan tanishtirilgach o’rgatiladi. Harf birikmalarini o’rgatishdagi qiyinchilik hisobga olingan holda ular alifbe davrining oxirirog’ida o’rganiladi.
J harfi ikki tovushni ifodalaydi, shuni hisobga olib, unga alohida darslar ajratiladi. Savod o’rgatish jarayonidayoq harfning 4 xil varianti (bosma, yozma, bosh va kichik)ning ishlatilishi o’rgatiladi.
O’quvchilarni O’qishga o’rgatish bo’g’in asosida olib boriladi. O’qishning dastlabki bosqichida orfografik O’qishdan foydalanilsa sekin-asta orfoepik O’qish konikmalari shakllantiriladi. Bo’g’inlab O’qishga o’rgatish uchun so’zni bo’g’inga bo’lish, bo’g’in hosil qiluvchi tovushni aniqlash, ochiq-yopiq bo’g’inlarni farqlashga o’rgatish muhim sanaladi.
O’qish ham yozish ham murakkab nutq faoliyati. U kichik yoshdagi o’quvchidan iroda, aql, hatto jismoniy harakatni ham talab qiladi.
Kichik yoshdagi o’quvchini o’qishga o’rgatishda quyidagilar kuzatiladi:
Bola o’qish paytida bitta harfni koradi, uni bilish uchun oldingi koz oldiga keltirilgan rasmlarni yo boshqa harflarni eslaydi, esga tushirgach, uni aytishga oshiqadi, biroq oqituvchi aytishga yol qoymaydi, ikkinchi harfni eslab qoshguncha birinchisi esdan kotariladi, yoki ularni qo’shib bo’g’in, bo’g’indan so’z hosil qilguncha O’qish jarayoni sustlashadi.
Kopincha bola oqiyotgan qatorni yoqotib qoyadi, harfni, bo’g’inni, so’zni qayta o’qishga to’g’ri keladi.O’quvchining diqqati kengaygan sari bo’g’in va so’zni butunicha idrok eta boshlaydi.
O’qishni endi o’rganayotgan bola oqiyotgan matn mazmunini o’zlashtirmaydi, chunki so’zni qanday O’qishga kuch beradi-da, so’z manosiga e’tibor bermaydi. Darslikdagi rasmlar, oqituvchining savollari, korgazmali qurollar ongli O’qishlarini taminlaydi.
Tajribasiz kitobxon so’zni birinchi bo’g’iniga yoki rasmga qarab topadi. Bu xato O’qishga olib keladi. Bu xatoning oldini olish uchun so’z bo’g’inlab oqitiladi, so’zni bo’g’in-tovush tomondan tahlil qilishga, tovush-harf tomondan analiz va sintez qilishga diqqat qaratiladi.
O’qishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun o’quvchilarning idroki, xotirasi, tafakkurini va nutqini ostirishga katta e’tibor berish kerak.Savod o’rgatishda fonematik eshitish qobiliyatlarini ostirish, to’g’ri va aniq talaffuz qilishga o’rgatish, tovushni ajratish konikmasini ostirish muhim sanaladi.
Yozuvga o’rgatish o’quvchilar ruchkani to’g’ri ushlash, daftarni to’g’ri qoyish, harfni yozishda yozuv chiziqlari e’tibor bilan boshlanadi. Ular boylab qolni harakatlantirishni esda saqlashi, harfni harfga ulashi, qatorga sigish-sigmasligi moljallanishi lozim. Bular o’quvchini aqliy va jismonan charchatadi, ayniqsa, barmoq va yelka muskullari charchaydi, bular darsda ikki-uch marta fizkultura mashqlarini o’tkazishni taqozo qiladi.
Eski maktabda O’qish bilan yozish bir vaqtda o’rgatilmagan, avval faqat O’qish o’rgatilgan. O’qish hijo (bo’g’in) usuli bilan o’rgatilgan. O’qishga o’rgatishning hijjai qadimiy deb atalgan usuli asarlar davomida hech qanday ozgarishsiz davom etib kelgan.
Hijo usulida O’qishga o’rgatishni 3 bosqichga bo’lish mumkin.
1-bosqich. Harflarning nomini yodlatish (harfiy metod). Bu metodning mohiyati asosan quyidagilardan iborat: bir necha yildan beri oqiyotgan bolalar maktab xonaga Yangi kelgan bolaga bir necha kichik-kichik surani ogzaki yodlatgan. Bola aytayotgan suradagi so’zlarining manosini tushunmay, ularni birin-ketin yodlab olgan, bu orada taxminan bir yilga yaqin vaqt otgan. Shundan keyin arab alfaviti yodlatila boshlagan; bola uyida har ikki tomoni randalanib silliqlangan maxsus taxta olib kelgan. Maktabdor taxtaning bir tomoniga qora siyoh bilan 28 ta arabcha harfning yolgiz shaklini alfavit tartibida bandlarga bo’lib yozib bergan.
Maktabdor birinchi banddagi harflarning nomini alif, be, te, se deb aytgan; bola domlaga ergashib takrorlagan; ayta olmasa, domla Yana aytgan va shuni yaxshilab o’rganishni vazifa qilib topshirgan. Bola birinchi bandni yodlab olgach, ikkinchi bandni shu tariqa yodlagan va h. Bolalar 26 harf nomini 5-6 oyda zorga bilib olganlar. Ular harflarning nomini yodlab olsalar ham, qaysisi be, qaysisi se ekanini korsatib bera olmaganlar. Ayrim domlalar, otinoyilar yosh bolalarning eslab4 qolishiga yordam berish maqsadida har bir harf uchun shartli iboralar oylab topganlar (- uzunchoqqina alif, bittagina be, - ikkitagina te, uchtagina se kabi).
2-bosqich. Bo’g’in hosil qilish. Harflar nomi yodlab bo‘lingach, bo’g’in hosil qilishga, yani zeru-zabar”ni o’rgatishga otilgan. Eski maktabda zeru-zabar (zabar, zer, pesh) har xil o’rgatilgan. Masalan, bazi domlalar (be, zabar-be), (be-zer-bi), (be-pesh-bu), (te-zabar-ta), h. kabi o’rgatsalar, boshqa bazilari be, ba, te, zabar, ta,...kabi Yana boshqalari: be, zabar-a; zer-i, pesh-u; te-zabar-a; zer-i, pesh-u... deb o’rgatadilar va h.
Maktabxonada zeru-zabar quruq yodlatilgan, nimaga xizmat qilishi aytilmagan. Aslida esa bu belgilarni malum xizmati bor: zabar (fatha)-undosh harf ustidagi urg’u belgisiga oxshash chiziqcha bo’lib, undoshga a unli tovushini qo’shib aytish zarurligini korsatadi. Zer (kasra) undosh harf ostidagi chiziqcha bo’lib, shu undoshga i unli tovushini qo’shib aytish kerakligini bildiradi. Pesh (zamma) esa undosh harf ustiga qo’yiladigan belgi bo’lib, shu undosh tovushga u unlisini qo’shib aytish zarurligini korsatadi. Demak, arabcha matnlarni O’qish uchun zeru zabar”ni bilish juda zarur bolgan, ammo O’qishga o’rgatish anglab O’qishga asoslanmagani uchun, bolalar mim zabar ma, mim, zer mi, mim pesh, mu deb yodlaganlar. zeru-zabar”ning mohiyatini anglamaganlar.
3-bosqich. Bo’g’inlarni qoshish. Eski maktabda bo’g’inlarni qoshish abjad bilan boshlangan. Maktabdor taxtaning ikkinchi tomoniga arab tili alfavitidagi 28 ta harf nomlangan 8 so’zni zeru-zabar bilan yozib bergan. Bolalar bu 8 ta so’zni birin-ketin hijo usulida oqib yodlab olganlar. Masalan, abjad ozi alifbega zabar qo’yib, be ga urishtirilsa, ab; jim ga zabar qo’yib, dolga urishtirilsa, jad: bularning ikkisidan abjad hosil bolgan kabi.
Abjaddan keyin eski maktab o’quv kitobi bolgan. Haftiyak ka otilgan. Haftiyak dagi suralar ham Abjad”dagi kabi hijo usulida oqitilgan. Bolalar Haftiyak”ning bir betini hijo usulida O’qish uchun juda kop vaqt va kuch sarflaganlar.
So’zni hijo usulida O’qishda avval so’zdagi birinchi undosh harfning nomini, keyin ikkinchi undosh harfning nomini aytib, unga zarur harakatni qo’yib, hijo hosil qilingan; shu usulda navbatdagi harflardan ham hijo hosil qilinib, keyin hijolarni bir-biriga qo’shib, bu so’z bir butunicha aytilgan. So’zni hijo usulida O’qishda tovush emas, balki shu tovushni ifodalovchi harfning nomi asos qilib olingan; so’zni tovush jixatidan tahlil qilishga oid hech qanday ish qilinmagan, tovushlarning qoshilishi bolalarga tushunarli bolmagan, bolalar so’zidagi har bir harf malum bir tovushni bildirishini mutloqo anglamaganlar. Hijo usulida O’qishga o’rgatish, birinchidan, mexanik ravishda bo’lib, ayni bir narsani qayta-qayta aytishga majbur qilingan, ikkinchidan, bola ozi aytgan so’zining manosini tushunmay, maktabdordan eshitganini takrorlay bergan.
Haftiyak”ning keyingi ayrim suralari so’zni yaxlit O’qish usulida olib borilgan, aniqrogi bola oqimagan, eshitganini totiqush kabi yodlagan. Natijada bolalar maktabxonada oqiganlarini ozi oqib yurgan kitobidan oqib bergan, ammo ularning qoliga maktabda oqilmagan boshqa bir kitob berilsa, uni oqiy olmagan; eski maktabda 6-10 yil muntazam oqigan bolalarning juda kop deganda 4-5 foizigina O’qish va yozish konikmasini hosil qilgan.
Turkistonda ochilgan rus-tuzem maktablari savod o’rgatishda malum darajada ijobiy rol oynadi. Rus-tuzem maktablarining o’zbekcha sinflarida o’zbekcha xat-savod o’rgatish metodi 1900 yildan boshlab asta-sekin isloh qilindi. Hijo metodidan tovush metodiga otildi. 1900 yillardan rus-tuzem maktabi o’zbekcha sinflarining peshqadam muallimlari tovush metodi asosida tuzilgan tatarcha alifbedan foydalanganlar. Bu kitobning tili va mazmuni o’zbekcha sinflarga mos kelmasdi. 1902 yilda Saidrasul Saidazizovning tovush metodi talabiga muvofiq tuzilgan ona tili alifbesi Ustodi avval nashr etildi. Ustodi avval nashr qilingandan keyin o’zbekcha xat savod oragatishda Yangi davr boshlandi. Tovush metodi savod o’rgatishning eski usulidan tamomila farq qilib, o’qitishni osonlashtirdi, talimni bola tushunadigan, anglaydigan talimga, aktiv talimga aylantirdi.
Ustodi avval 3 bolimdan iborat: 1- bolim, hozirgi atama bilan ataganimizda, alifbe davridir. Muallif bu bolimda arab alfavitidagi harflarni alfavit tartibida emas, balki harf orqali ifodalangan tovushning talaffuzi oson-qiyinligini harflarning yozilishi sodda yoki murakkabligini e’tiborga olgan. Muallif har bir harfning yozuvda bir necha xil shaklda kelishi xat savod o’rgatishni qiyinlashtirishini hisobga olgan; alifbe davrining boshida deyarli har doim bir xil shaklda qollanadigan harflarni bergan. Shakli, yozilish orniga qarab turlicha bo’ladigan harflarning so’z boshida, so’z ortasida, so’z oxirida va alohida yozilish shaklini berib, ularga mos misollar keltirgan. Masalan, q harfini tanitish uchun qor, uyqu, oq so’zlarini, g harfini tanitish uchun gor, uygoq, tog so’zlarini tanlagan. Avtor soddadan murakkabga tamoyiliga5 amal qilib, alifbe davrini asta-sekin murakkablashtira bo’rgan. Kitobning alifbe qismiga asosan, o’zbek tilining lugat sostavidagi harflardan tanlab olgan.6
Ustodi avval”ning 2-bolimi alifbedan keyingi davrdir. Bu bolimda hikoya, masal va 50 maqola berilgan. Ularning ayrimlarida bilim targib qilinsa, boshqalari tarbiyaviy mazmunda.
S.Saidazizov kitobining 3-bolimini Alifboi quron deb atagan va oz oldiga bolalarga Quron”ni tushunib olishga o’rgatishni maqsad qilib qoygan.
Umuman tovush metodi Markaziy Osiyoga ikki manbadan kelgan. Rus-tuzem maktablari ruscha sinflarida xat-savod tovush metodi bilan o’rgatilar edi. O’zbekcha sinf muallimlari tovush metodi oson va qulayligini amalda oz kozlari bilan kordilar va ular rus oqituvchilariga taqlid qilib, asta-sekin tovush metodini oz sinflariga tatbiq eta boshladilar.
2.XIX asrning oxiridan boshlab ichki Rossiyadan Markaziy maktabga kelgan tatar muallimlari tovush metodida xat-savod o’rgata boshlagan edilar, oradan kop otmay, bir qancha mahalliy muallimlar ham tatar muallimlariga taqlid qilib, Yangi maktablar ochdi-da, bolalarga xat-savodni tovush metodida o’rgata boshladi. Shunday qilib, Orta Osiyoda tovush metodi asta-sekin hijo metodining ornini ola boshladi. Malumki, tovush metodi bilan xat-savod o’rgatishga Rossiyada K.D.Ushinskiy asos solib, u sintetik tovush metodini qatiy himoya qilgan edi.
Tovush metodi bilan savod o’rgatilganda, so’zning eng kichik bolagi, yani nutq tovushlari asos qilib olinadi. So’zning manosi ozgartira oluvchi har bir tovush yozuvda harf orqali ifodalanishi: so’zda tovushlar almashishi, ortishi yoki kamayishi natijasida boshqa bir Yangi so’z hosil bo’lishi mumkinligi bolalar ongiga etkaziladi. Keyinggi yillarda ham xat-savod tovush metodida o’rgatilmoqda. Atoqli metodistlar (S.P.Redazubov, A.I.Voskresenskaya, K.Qosimova, Y.Abdullaev, O.Sharafiddinov) tovush metodida xat-savod o’rgatishni takomillashtirdilar.
Arab alfavitida yozuvni o’rgatish qiyin edi. Arab alfavitidagi harflar so’zda qollanish orniga qarab, har xil shaklda yozilgan, bu yozishni o’rganishni qiyinlashtirgan. Shuning uchun kop maktablarda bolalarga O’qish o’rgatilib, yozuv o’rgatilmagan, chunki domla va otinoyilarning kopchiligi O’qishni bilgan, lekin yozishni bilmagan.
Eski maktabda yozish chiziqsiz, tekis oq qog’ozga dastlab yo’g’onroq savagich qalamda o’rgatilgan; bolalar yozishni ozroq o’rganganlaridan keyin qamish qalamda ham yozishgan. Ularga ruchkada yozishga ruxsat etilmagan.
Yozishni o’rgatish alfavit tartibida harflarning alohida-alohida shaklini yozdirishdan boshlangan. Avval alifni yozish o’rgatilgan, keyin oxshash shaklli harflar bandlarga bolinib, oxshash unsuri bolmaganlari esa ayrim-ayrim yozdirilgan. Ayrim domlalar bazi harflarning elementlarini yozishni ham alohida mashq qildirganlar.
Ayrim-ayrim harflarni nusxaga qarab alfavit tartibida katta-katta qilib yozish, mufradot (salhad) deyilgan; bunday yozish bir ikki yilga chozilgan. SHundan keyin harflarni bir-biriga qo’shib yozish mashqi boshlangan. Bu mashqni murakkabbot deyilgan. Harflarni bir-biriga qo’shib yozish mashqi bir necha bosqichga bolinib, harf birikmalarining mano anglatish anglatmasligi umuman, e’tiborga olinmagan. Qanday qoshilishi mashq qilinavergan. Kopgina eski maktablarda bunday mashq abjad yozish bilan tugallangan.
Murakkabbotdan keyin bayt, qita va ruboiylarni ko’chirib yozish mashqi boshlangan. Bu mashqni muqattaot deyilgan.
Bu mashqqa ham juda kop vaqt sarflangan: u manoli so’zlarni yozish bilan boshlanib, duoyi salom (insho) yozish bilan tugallangan.
Yozuvni o’rgatish va xusnixat mashq qildirishda Mufradot kitobidan foydalanilgan. Bu kitobchada har uchala mashq turi, bazi nashrlarda esa insho namunalari berilgan.
Eski maktablarda yozuvga o’rgatishning birdan bir yoli ko’chirib yozuv-nusxa kochirish bolgan. Natijada bolada yozma nutq konikmasi hosil qilinmgan. Bu mashq bolani juda zeriktirgan. Hech oylamasdan yozishga odatlantirilgan. Maktabxonada ijodiy ko’chirib yozuv mashqlarining, shuningdek, boshqa usullarning qollanmaganligi orqasida bola chiroyli ko’chirib yozish konikmasini hosil qilgan bo’lsa ham, ammo oz fikrini yozma ifoda qila olmagan, eng oddiy jumlalarni ham juda kop xato qilib zor-bazor yozgan.7
Eski maktablarda, madrasalarda o’zbek tili oqitilmagan, natijada eski maktab bolalarigina emas, hatto madrasada bir necha yil umr o’tkazgan bazi bolalar ham oz ismini to’g’ri yozishni bilmaganlar.
Arabchada to’g’ri, chiroyli yozuvga o’rgatish uchun xivalik shoir She’rmuhamad Avazbey ogli Munisning (1778-1829) Savodi talim kitobidan foydalanildi.
Rus-tuzem maktablarida O’qish va yozishga o’rgatish, odatda, bir vaqtda boshlanib, bir-biriga bog’lab olib borilgan; har kuni avval O’qish, keyin yozuv darsi bolgan; O’qish va yozish onglilik tamoyili asosida o’rgatilgan; bolalar qaysi tovush bo’g’in, so’z yoki gapni oqiyotgan yoki yozayotganini aniq tasavvur qilgan, manosiga tushungan, arabcha harfning yolgiz shaklini yoki so’zda qollanish orniga qarab kasb qiladigan shaklini, yoxud biror harfning elementini yozayotganligini ongli ravishda bilgan.



Yüklə 207 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə