Kirish 2 Xulosa 29 Foydalanilgan adabiyotlar: 32


Savod o’rgatish jarayoni, bosqishlari



Yüklə 207 Kb.
səhifə4/8
tarix21.05.2022
ölçüsü207 Kb.
#87605
1   2   3   4   5   6   7   8
2 5469902702727144660

1.2.Savod o’rgatish jarayoni, bosqishlari.
Analitik-sintetik tovush metodida savod o’rgatish jarayoni 4 oy davom etadi. Bu jarayon 2 davrga bolinadi:
a) alifbegacha tayyorgarlik davri (2 hafta)
b) alifbo (asosiy) davr 31 dekabrgacha davom etadi. (120 soat 60 soat O’qish, 60 soat yozuv darsi)
Alifbogacha tayyorgarlik davri 2 bosqichga bolinadi:
a) tovush-harf yozilmaydigan bosqich (2 hafta) O’qish darsi (8 soat)
b) harf yozilmaydigan bosqich (2 hafta) yozuv darsi (8 soat)
Savod o’rgatish jarayonidagi darslar faniga kora ikki turli:
A) Alifbe darsligi asosidagi O’qish darslari
B) Yozuv daftari asosidagi yozuv darslari
1-bosqichning asosiy vazifasi o’quvchilarni maktab, sinf bilan tartib-intizom qoidalari bilan tanishtirish. Ularga nutq, ogzaki va yozma nutq haqida gap, nutqning gaplardan tuzilishi, so’z, gaplarning so’zlardan tuzilishi; bo’g’in, so’zlarning bo’g’inlardan tuzilishi, so’zlarning bo’g’inlarga bolinishi; tovush, bo’g’inlarning tovushlardan tuzilishini; tovushlarning unli tovush va undosh tovushlarga ajratilishini o’rgatish, ulardan amaliy foydalana bilish konikmalari hosil qilishdan iborat. Bu davrda maxsus nusxalar asosida o’quvchilarning boglanishli nutqi ustida ishlanadi. Ularga Alifbe”da berilgan rasmlar asosida hikoyalar tuzdirishdan tashqari, ozlari bilan she’r,ertak, hikoya, tez aytish, maqol, topishmoq, xalq ashulalari, alla, qoshiqlar, latifalardan ayttirish lozim.
Tayanch so’zlar asosida gap tuzdirish, Alifbe”sahifalaridagi so’zlar, ularning manolari ustida ishlash kabi ishlar uyushtiriladi. (Bu tarzdagi ishlar har bir darsda mavzularga bogliq ravishda izchil davom ettirib boriladi)
Bu bosqichdagi yozuv darslarida o’quvchilarga daftar bilan, yozuv chiziqlari bilan tanishtirish, harf elementlarini yozishga o’rgatish, namunaga qarab grafik xatolarini aniqlash o’z-o’zini tekshirish, harf oralarining tengligiga rioya qilish kabi konikmalar hosil qilinadi.
2-bosqichda harf elementlarini yozishga o’rgatiladi.
Shuningdek, bu bosqichda tovush bilan harfni farqlashga o’rgatish kozda tutiladi. Bu bosqichdayoq tovush va harf ortasidagi chegaraga qatiy rioya qilinadi. Bolalarga tovush haqida malumot kitob ochirilmay beriladi. Tovushni ifodalovchi harf korsatilgach, harf ustida ishlanadi. Tovush va harfga oid xususiyatlar (tovushlarni talaffuz qilamiz, eshitamiz, harflarni yozamiz, koramiz, oqiymiz) ham izchil ravishda o’quvchilarni o’zlashtirishlarini hisobga olgan holda ochila boriladi.
Alifbo davri. Bu davr 31 dekabrgacha davom etadi. Unda asosan o’quvchilar unli, undosh tovush va unli, undosh harflar bilan tanishtiriladi. Unli va undoshlar osondan qiyinga tamoyili asosida joylashtiriladi. A, o, i unlilari, undoshlar oldin sonor tovushlar (n, m, l) e, o, u unlilari keyin esa b, k, d, t, s kabi undoshlar so’ngroq ikki tovushni ifodalaydigan j, harf birikmalarini (ng, ch, sh), tovush bildirmaydigan harf tutuq belgisi bilan tanishtiriladi. Tovush va harfni yaxshi tanishlari, elementar O’qishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun bo’g’inga bo’lish, bo’g’in chegarasini aniqlash, bo’g’indan tovushni ajratish, tovush va harf munosabatini aniqlash, kesma harflardan bo’g’in tuzish va O’qish, bo’g’in-tovush, tovush-harf, tahlili kabi mashqlardan foydalaniladi.
Bu davrda bo’g’inlab O’qish asosan shakllantiriladi: ikki harf yopiq, ikki harfli ochiq, uch harfli yopiq bo’g’inlar (il, ol, la, lo, nom, lim) O’qishga o’rgatiladi.
Alifbo davrini o’rganiladigan tovush-harfning murakkablini hisobga olib 3 bosqichga ajratish mumkin;
1-bosqichda o-na, a-na, il, in, bi-lan, tuzilishidagi so’zlar;
2-bosqichda echki, un, on kabi artikulyasiyasi qiyin bolgan r, q, v, f kabi undoshlar va yolbars, dost, rasm kabi tuzilishidagi so’zlar;
3-bosqichda harf birinmalari ng, ch, sh 2 tovushni ifodalaydigan j, tutuq belgisi va jurnal, jirafa, tong, so’ng, bodring, choynak, shudring kabi so’zlar O’qishga o’rgatiladi.
Alifbe davrining oxirida o’quvchilar quyidagi bilim va konimalarga ega bo’lishlari zarur:
f) hamma tovushlarni tanishi va har qanday holatda to’g’ri talaffuz qilishi;
b) so’zni bo’g’in, tovush, tovush-harf tahlilini bilishi so’zdagi tovushlarning izchil tartibini aniqlay olishi, kerakli tovushni so’z va bo’g’inga ajrata olishi;
v) kesma harf va bo’g’inlardan so’z tuza olishi va O’qishi;
g) 2-3-4 bo’g’inli so’zlarni bo’g’inlab O’qishi, adabiy-orfoepik talaffuz bilan O’qishi;
d) gaplarni ohangiga rioya qilib O’qishi;
e) oqigan matnining mazmunini tushunib, ongli O’qishi;
j) oqigan matn mazmunini savollar asosida soddagina qilib qayta hikoyalab berishi;
z) oqigan matniga sarlavha topishi;
i) to’g’ri, tez, ongli va ifodali O’qish malakalari shakllantirilishi.
Alifbo davri yozuv darslarining vazifasi kichik va bosh yozma harflarni to’g’ri shakllantirish, harflarni to’g’ri ulash, alifbeda oqilgan bo’g’in, so’z va gaplarni namunaga qarab yozish, harf, bo’g’in, so’z, gap diktantlarni yozish konikmasini shakllantirish, izohli, saylanma, koruv, talimiy, diktant yoza olishlariga erishish, umuman grafik malakani shakllantirish. Savod o’rgatish jarayonining oxirida bir darsda, agar darsning 3\2 qismi yozuvga ajratilsa, 20 tagacha so’z yoza olishlari talab qilinadi.
Malumki, 1-sinfga o’quvchilar har xil tayyorgarlik bilan keladi. O’quv materiallari 1-sinf o’quvchilari saviyasiga mos, izchil ravishda beriladi. SHunga qaramay, har xil tayyorgarlik bilan kelgan o’quvchilarning uni o’zlashtirishlari turlicha bo’ladi. Bu savod o’rgatish jarayonida o’quvchilarga differensial va individual yondashishni taqozo etadi. Bunday yondashish talimning barcha bosqichlarida ham yaxshi natija beradi.
Savod o’rgatishning asosiy davrida O’qishga o’rgatishda quyidagi masalalarga e’tibor qaratishimiz lozim:
Malumki, savod o’rgatish, O’qish darslarining asosiy vazifasi o’quvchilarga tovush va harfni tanishtirish, ularning to’g’ri talaffuzini o’rgatish orqali bolalarda to’g’ri, ongli ifodali O’qish konikmalarini shakllantirishdan iborat. Shuningdek, o’quvchilar lugatini boyitish, boglanishli natqini ostirish, bilimini boyitish, mavhum tafakkurini shakllantirish, eshitish, qabul qilish sezgisini ostirishda ham bu davr masuliyatliligi bilan alohida orin tutadi.
Tayyorgarlik davri O’qishga o’rgatish uchun zamin hozirlaydi. Bu davrda bolalarda ozgalar nutqini eshitish, diqqatni toplash, til birikmalarini (tovush, bo’g’in, so’z, gap) farqlash, ajratish, ularning vazifalarini anglash kabi xususiyatlar shakllanadi. Bular o’quvchilarning O’qishni muvaffaqiyatli egallashlariga yordam beradi.
O’qishga o’rgatish uchun avvalo o’quvchi tovush va harf bilan yaxshi tanishtirilishi lozim. Tovush va harf bilan tanishtirishda bo’g’indan tovushni ajratish tamoyiligi rioya qilinadi. Harf bilan tanishtirish bir necha xil yonalishda amalga oshirilishi mumkin:
Mazmunli rasm yuzasidan savol-javob usuli bilan boglanishli hikoya tuzdiriladi. Undan kerakli gap, so’ng kerakli so’z ajratib olinadi, so’ngra so’z ustida yuqoridagi kabi tahlil ishlari uyushtiriladi.
So’z asos qilib olinadi. Analitik mashqlar yordamida o’rgatiladigan tovush ajratib olinadi: ot, oqituvchi ot rasmini korsatadi, o’quvchilar uning nomini so’zni aytadi. Oqituvchi o tovushini chozib (o-o-o-o t) aytadi va qaysi tovushni chozib aytayotganini o’quvchilardan soraydi. O’quvchilar o tovushini aytgach, uning xususiyatlari haqida savol-javob o’tkaziladi. O tovushli so’zlar oylab toptiriladi. SHundan so’ng o harfi kesma harfdan yoki rasmli alifbodan korsatiladi. Bunda o harfining shaklini esda olib qolishlariga alohida e’tibor beriladi.
O’rganilgan harf ichiga bugun o’rganiladigan harf aralashtirib qo’yiladi, bolalar uning ichidan notanish harfni ajratadilar, so’ng oqituvchi bu harf ifodalaydigan tovushni aytadi. O’quvchilar tovushning xususiyatlarini aytadilar. SHu harfni kesma harflar ichidan topib, kitob sahifasidan, rasmli alifbodan korsatadilar.
Shu tariqa tovush-harf bilan tanishtirilgach, O’qishga o’rgatish usulida ishlanadi.
O’qishga o’rgatishda bo’g’in asos qilib olnadi. Buning uchun oqituvchida bo’g’in jadvali bo’lishi lozim. Bo’g’in jadvali asosida O’qish namunasi korsatiladi, yani harflab emas, ichida, birinchi harfni koz bilan korib, uning nomini dilda saqlab, ikkinchi harfni korish va ikkalasini bog’lab, unlini moljallab ulab aytish tushuntiriladi. Bo’g’in O’qish oqituvchining namunasi asosida doimiy ravishda har bir darsda izchil olib boriladi.
Bunda alifbe sahifalaridagi so’zlarni oldin bo’g’inga bo’lish, so’ng O’qishni mashq qilish yaxshi samara beradi. Oqituvchining namunali O’qishidan so’ng xor bilan O’qish, yakka-yakka O’qishdan, shivirlab O’qishdan fodalaniladi.
Ayniqsa, sekin oqiydigan o’quvchilar bolgan sinflarda xor bilan o’qitish O’qishni tezlashtirishga yordam beradi. Sinf o’quvchilarining O’qish konikmalaridan kelib chiqib, matndagi so’zlarni sinf xattaxtasiga bo’g’inlarga bo’lib yozish, o’rganilgan harflarni hisobga olgan holda qoshimcha so’z birikmalari, gaplar tuzib yozish va o’qitish usulidan ham foydalaniladi.
Malumki, Alifbe sahifalarida bo’g’in tuzilishi murakkablashib boradi. SHuning uchun oqituvchi har bir bo’g’in tuzilishini murakkabligiga qarab ish usullarni belgilab olishi zarur. Masalan, uch tovushdan tuzilgan, tort tovushdan tuzilgan bo’g’inlarni O’qishga o’rgatish ham oziga xos qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bunda o-lam, Man-non, tipidagi bo’g’inlarda o-la:m, Ma:n-no:n tarzidagi qoshimcha chiziqdan, bod-ring, dost tipidagi bo’g’inda ring, dost tarzidagi qoshimcha chiziqlardan foydalaniladi. So’zlarni O’qishga o’rgatishda bilib O’qishdan tashqari jadvallar ham yaxshi samara beradi.

Differensial yondashishda o’quvchilar guruhlarga bolinadi, har bir guruhning saviyasiga va imkoniyatiga mos topshiriqlar beriladi. Sinf o’quvchilari 3 guruhga bolinishi mumkin. Topshiriqlar ham 3 variantda ishlab chiqiladi.
Oqituvchi sinfda frontal ishlash jarayonida 3 guruhdagi o’quvchilar bilan parallel ish olib boradi. 3 guruh uchun ham o’quv materiali qoshimcha alifbe hisoblanadi, unga qoshimcha alifbe uchun qoshimcha tarqatma materiallardan, jadvallardan mustaqil ishlardan foydalaniladi.
Alifbedagi o’quv materiali yoki oqilayotgan matnning qiyin orni oldin tayyorligi puxta o’quvchiga, so’ng bosh o’quvchiga oqitiladi. Bazi o’quvchilar bilan darsdan tashqari vaqtda yakka tartibda ishlar olib borishga ham to’g’ri keladi.
Yangi material o’rganiladigan O’qish darsida ishning asosiy turlari: o’rganiladigan Yangi tovushni so’zni (shu tovush so’z boshida, ortasida, oxirida kelgan so’zni) bo’g’in-tovush tomonidan tahlil qilish bilan ajratish. Yangi tovush ajratiladigan so’zni o’quvchilar rasm asosida ozlari tuzgan gaplari ichidan oladilar. Tovushni ajratishda shu so’zning sxemasi modeliga asoslanadilar. Masalan, archa. Tovushlarni eshitish, talaffuz qilish, artikulyasiyasi (nutq o’rganlarining tovush chiqarishdagi ishi) mashq qilinadi.
Kichik va bosh harflar bilan tanishtiriladi. Bo’g’inlar oqitiladi.
So’zlarni avval doskada, keyin Alifbe”dan O’qish. Harf, bo’g’inlardan harf terish kartonida so’z, so’z birikmasi, gap tuzish (O’qish), so’z manosi ustida ishlash.
Matnni O’qish va tahlil qilish, uni qayta O’qish, rasmni matnga bogliqligini belgilash.
Nutq ostirish: lugatni boyitish, so’z birikmasi, gap ,boglanishli hikoya tuzish.
Umumlashtirish: Yangi harfni jadvalga qoyish, Yangi o’rganilgan tovushni unli va undoshga kiritish, Yangi harfni ilgari o’rganilganlar bilan qiyoslash, tovush va harfning ahamiyatini takrorlash va hokozo.
O’rganilganlarni mustahkamlash darsida Yangi tovushni ajratish, Yangi harf bilan tanishtirish, mashqidan tashqari barcha ish turlaridan foydalaniladi, shuningdek qoshimcha so’zlar va matnlar bilan ishlanadi; matnni O’qish va tahlil qilishga, korgazma vositalari bilan ishlashga (harfni terish kartoni, magnit doskasi, abak, sirli mato, rasmlar va b.) nutq ostirishga, oyinlar va qiziqarli materiallarga, ilgari o’rganilgan tovushlar va harflarni takrorlab mustahkamlashga alohida ahamiyat beriladi. Tarqatma materiallardan ham foydalaniladi.
Birinchi uchragan so’zlar bilan ishlash; ochiq bo’g’inlar bir undosh bilan tuziladi va oqiladi, yopiq bo’g’in esa unli bilan tuzilgan ochiq bo’g’inni oqib keyingi undosh oqiladi va so’z toliq tuziladi.
Yangi so’z urg’usi qo’yilgan holda beriladi, bu uni O’qishga, bo’g’inlab O’qishdek sintetik O’qishga (so’zni butunicha O’qishga) yordam beradi.
Yangi so’zni doskada katta bosma harflar bilan yozish o’quvchilarga o’qitish tavsiya qilinadi. So’z shivirlash bilan oqiladi, kesma harf bo’g’in bilan yoziladi.
Syujetli (rasmning asosiy mazmunini bildiradigan) rasmga qarab oqituvchi yordamida, uning yollovchi soroqlari asosida hikoya tuzish, undan gapni ajratish va analiz qilish). Yangi bo’g’in, so’z tuzishda harf terish matosi, magnit doskasi, sirli mato kabilarning va Yangi so’zni doskada va daftarda yasash”ning ahamiyati juda katta. O’qish uchun xilma-xil bosma materiallardan qanchalik kop bo’lsa, ulardan turli xil mashqlar tuzishda foydalanilsa, o’qish shunchalik ongli, qiziqarli bo’ladi, malaka puxta shakllantiriladi. Bola endigina oqiy boshlagan bosqichda ularni qatorni yoqotmaslikka, shuningdek, hatto, so’zdagi keyingi harfni,keyingi so’zni yoqotmaslikka o’rgatish juda muhimdir. Bu vazifani savod o’rgatishning boshlangich bosqichida xatchop(oqiyotgan betni belgilab qoyish uchun kitob ichiga solib qo’yiladigan qog’oz yoki lentacha) va tayoqcha bajaradi. Oqilayotgan qatorni kuzatib borish konikmasi sinf o’quvchilaridan ortogining xatosini to’g’rilashni talab qilish bilan ham erishiladi. O’quvchilar bu talabni qizganib bajaradilar, shu yol bilan ularda darsga, O’qishga e’tibori jalb etiladi.
Savod o’rgatishning birinchi kunlaridayoq O’qish ongli bo’lishi, bolalarni ongli O’qishga o’rgatish juda muhim. Soroqlar yordamida oqilganlarni bola qanday tushungani aniqlanadi, tekshiriladi. O’qishdan oldin o’tkazilgan tayyorlov suhbati ham oqilgan matn yuzasidan o’tkazilgan suhbat ham shu maqsadga ongli O’qish uchun xizmat qiladi. Sharoitga qarab, bolalarga nimanidir O’qishni talab qiladigan problemali holatni yaratish ham zarur. Bunday problemali holatni javobini Alifbe”dan yoki terish matosidan oqiladigan topishmoq yaratishi mumkin. Bunday maqsadni problemali savolni keltirib chiqaradigan taxminiy suhbat yordamida ham amalga oshiriladi. Masalan, Qishda qushlar qaerga uchib ketadilar? (Harf terish matosida: Issiq olkalarga uchib ketadilar.) Mana shu kabi tayyorlov mashgulotlari O’qishning yuqori darajada ongli bo’lishini taminlaydi va shu bilan birga, bolalar koz ongida o’quv mehnati ozlashadi, ularni qiziqtiradi.
Ongli o’qishni ifodali o’qishdan ajratib bolmaydi. Ammo analitik o’qishning birinchi bosqichida ifodali O’qish mumkin emas, chunki bolalar so’zda urg’uli bo’g’inni ajrata olmaydilar, tugallangan intonasiyani, soroq intonasiyasini, hatto orfoepik to’g’ri O’qishni ham bera olmaydilar. SHuning uchun analitik O’qish bosqichida so’zni yaxlit, orfoepik qayta O’qish tavsiya qilinadi. Bunday qayta O’qish to’g’ri intonasiyaga, ifodalilikka rioya qilib O’qishga o’rgatibgina qolmay, O’qishning ongli bo’lishiga ham yordam beradi.
Savod o’rgatishning birinchi darslaridayoq o’quvchilarga tabaqalashtirib (differensial) yondashish (bunda o’quvchilarning O’qishga tayyorgarliklaridagi farqlarni hisobga olinadi) amalga oshiriladi.
Fonetik ishlar sohasida jarangli va jarangsiz undoshlar taqqoslashga, ularning so’z manosini farqlashdagi faoliyatini aniqlashga oid mashqlar o’tkaziladi. (ziyrak-siyrak, dil-til kabi). Artikulyasiyasi qiyin bolgan undoshlar ng (tong), lab-tish undoshi v, qorishiq undosh s, ch, jarangli portlovchi j va jarangli sirgaluvchi j kabilarni o’rganishda tovush artikulyasiyasiga oid ishlar qiyinlashadi.Asosiy davrning oxirlarida jarangsiz jufti talaffuz qilinadigan undoshli so’zlar: korib (korip), qaytdik (qayttik), aytib (aytip), ketayotib (ketayotip), tortib (tortip), terib (terip), olib (olip), obod (obot) borishdi (borishti); qisqa talaffuz qilinadigan i unli bor so’zlar: bilan (blan); talaffuzda tushib qoladigan undoshli so’zlar: baland (balan), dost (dos), Toshkent (Toshken), farzand (farzan), daraxt (darax). Bunday so’zlarni yozilgandek o’qish imloni o’rganishga tayyorlaydi. Bular avval orfoepik, so’ng orfoepik oqitiladi. Shu kabi so’zlarni o’qish bilan bo’g’inlab o’qish malakasi takomillashadi: o’quvchilar talaffuzi va yozilishida farqlanadigan so’zlarni o’qishni o’rganadilar.

II BOB SAVOD O'RGATISHDA BO'G'INLARDAN FOYDALANISH.

Yüklə 207 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə