Kirish bitiruv m


Devonbegi –Buxoro xonligida moliya va xo’jalik ishlarini olib boruvchi mansabdor. Devoni



Yüklə 299,67 Kb.
səhifə9/18
tarix12.04.2023
ölçüsü299,67 Kb.
#105150
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
buxoro amirligi

Devonbegi –Buxoro xonligida moliya va xo’jalik ishlarini olib boruvchi mansabdor.
Devoni arabxona - Buxoro xonligida mamlakat hududida yashaydigan arablar ishlari bilan shug’ullanuvchi devon. Arablar Buxoro xonligida aloxida imtiyozlarga ega bo’lganlar. Ularning bajarilishi bo’yicha ishlarni shu devon boshqargan.
Devoni vazir (kalon) Buxoro xonligida davlat daftar yozuvlarini nazorat qiluvchi va boshqa devonlar ishini boshqaruvchi devon. Viloyatlar, xiroj, tanho, mulk yerlaridan tushumlar daftari shu devoni vazirda saqlangan.
Dorug’a, daruxachi, dorug’achi (mo’g’ulcha — nazoratchi, shahar boshlig’i) - Buxoro xonligida shaharning harbiy komendanti26.


25 Воҳидов Ш. Қўқон хонлиги ва Бухоро амирлигида унвон ва мансаблар. –Т., 1996. –Б. 35. 26 Ҳофиз Таниш ал-Бухорий. Абдулланома (Шарафномайи шоҳий). 1-ж. – Т., 1999. Б. 217.


Inoq – qadimgi turkiy runiy bitiklarida “ishonch” ma’nosida qayd etilga. Buxoro xonligida hukmdorning ishonchli kishisi, mansabdor. Xonlikda ulug’ inoq va kichik inoq bo’lgan. Ulug’ inoq darajasiga ko’ra, ko’kaltosh va ulug’ qushbegi (qushbegi kalon)dan so’ng turgan. Ulug’ inoq asosan, hukmdor farmonlarini kichik mansabdagi amaldorlarga etkazish va amir qabuliga muyassar bo’lganlarni kiritish bilan shug’ullangan. Kichik inoq ham xonning ishonchli kishisi bo’lib, ba’zan saroydan otga mingan holda chiqish huquqiga ega bo’lgan. O’z lavozimiga ko’ra, ulug’ mehtar, devoni sarkor va dasturxonchidan yuqori turgan. Kichik inoqqa hukmdorning muhrlari solingan qutichani ehtiyot qilish topshirilgan. Kichik inoq, shuningdek, amir nomiga tushgan ariza va shikoyatlarni qabul qilgan; elchilarni qabul qilish paytida ular keltirgan xatlarni ochib, amirning shaxsiy kotibi (munshiy)ga taqdim etgan27.

Yüklə 299,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə