Kirish bitiruv m



Yüklə 299,67 Kb.
səhifə7/18
tarix12.04.2023
ölçüsü299,67 Kb.
#105150
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
buxoro amirligi

Amir (arab. — amr qiluvchi, boshliq, hokim) — lashkarboshi, hokim, bek. XVIII asr oxiridan e’tiboran Buxoro xonligi hukmdorlari o’zlarini amir deb atay boshlaganlar.
Amlokdor (arabcha, amlok, mulk so’zining ko’pligi, fors-tojikcha dor – ega). Buxoro xonligidagi bekliklarga qarashli eng kichik ma’muriy bo’linma (amloqdorlik)ni boshqaruvchi amaldor. Amlokdor aholining o’ziga to’q vakillaridan bo’lib, bek tomonidan tayinlangan va bir necha katta va kichik qishloqlar uning ixtiyorida bo’lgan. U xiroj yig’ish, dehqonlar etishtirgan hosilni hisobga olish, soliq to’lamaganlarni jazolash, jarima solish kabi ishlar bilan shug’ullanib, kotib (mirzo), mirob, amin, oqsoqollar yordamida amlokdorlikni idora qilgan.
Amin – Buxoro amirligi va Turkiston general-gubernatorligida bir yoki bir necha kichik qishloqni boshqaruvchi hamda xalq tomonidan saylangan amaldor. Buxoro amirligida amin amlokdorga, Turkiston general-gubernatorligida esa bo’lis (volost) boshlig’iga bo’ysungan. Aminning asosiy vazifasi aholidan o’lpon va soliq yig’ish, aholi ustidan nazorat qilish, suv taqsimlash (Amini ob) edi. Bozorda mol sotuvchilardan bozor haqi yig’uvchi amaldor ham amin deyilgan.
Arbob - Buxoro amirligida qishloq miroblarining boshlig’i.
Bakovul, bakovul Buxoro amirligida saroy dasturxonchisi, hukmdorga
taom tortishdan oldin uni avval o’zi totib ko’ruvchi bosh oshpaz.
Bek atka – Buxoro amirligida amirzodalarni tarbiyalab voyaga yetkazuvchi
shaxs.
Darbon – Buxoro amirligida saroy xizmatchisi; Buxoro hayotini zimdan kuzatib, poytaxt xavfsizligini ta’minlab turuvchi harbiy qism va tegishli qurol-
yarog’lar mutasaddisi (boshqaruvchisi). Darbon ixtiyorida zindon yoki Arkda qamalgan mahbuslar ham bo’lgan; amirlik uchun xavfli hisoblangan jinoyatchilarni so’roq qilgan. Darbon to’pchiboshi yoki “to’pchi boshiyi Arki oliy”

ham deb atalib, qushbegi bilan ikkalasi har qanday vaziyatda ham Arkni tark


etmasliklari lozim bo’lgan.

Yüklə 299,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə