Kirish bitiruv m



Yüklə 299,67 Kb.
səhifə10/18
tarix12.04.2023
ölçüsü299,67 Kb.
#105150
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
buxoro amirligi

Ko’kaltosh, Ko’kaldosh – rizo’iy (emishgan) birodarlar, ya’ni biror doya (enaga)ni uning o’g’li bilan birgalikda emgan begona bola. Shunga ko’ra, podshoxning rizo’iy birodariga “Ko’kaltoshxon” degan laqab berilgan. Ko’kaltosh istilohi, “G’iyos ul-lug’at” (“Lug’atlar madadkori”)da aytilishicha, turkiy “ko’ka” (“enaganing o’g’li”) va “tosh” yoki “dosh” (“sherik”) so’zlaridan iboratdir. Bu ikki so’z orasidagi “l” harfi esa keyinchalik qo’shilib qolgan bo’lib, ilgari bo’lmagan. “Ko’ka” (“aka”) so’zi hozirgacha qozoq tilida qo’llanilib keladi. Buxoro xonligida mamlakat ichki xavfsizligini ta’minlash ishlari bilan shug’ullanuvchi amaldor.
Muboshir (arabcha – ish – yurituvchi) – biror ishga boshchilik qiluvchi, boshqaruvchi, boshliq. Buxoro xonligida markaziy davlat idorasining moliya devonidagi amaldor28.
Mushrif (arabcha – boshqaruvchi) – Buxoro xonligida xazinadan beriladigan sovg’a-salomlarni ajratuvchi, hisobga oluvchi amaldor. Buxoro amirligida mushrif a) oliy davlat nazoratchisi (mushrifi kalon); b) amirning shaxsiy kotibi.
Oftobachi – O’rta Osiyo xonliklarida saroy mansabi. Masalan, Buxoro


27 Воҳидов Ш. Қўқон хонлиги ва Бухоро амирлигида унвон ва мансаблар. – Тошкент, 1996. –Б. 154. 28 Исмоилов М., Шаропов А. Тарих атамалар луғати. –Тошкент: Akademnashr, 2013. –Б.274.

xonligi amir qo’l yuvayotgan paytda oftoba (obdasta) tutib turuvchi lavozimli shaxs hisoblangan. Saroyga kelgan mehmonlarga ham oftobachi xizmat qilgan.


Og’aliq – Buxoro xonligidagi mansabdor shaxs. Xon, amir maslahatchisi. Shayboniylar davrida joriy etilgan. Xonlikdagi 4 beklik (Chorjo’y, Qarshi, Shahrisabz va Kitob) uzoq vaqt markaziy hokimiyatga bo’ysunmay kelganlari tufayli xonlik bilan bekliklar aholisi o’rtasida vositachilik rolini o’ynovchi oftobachi mansabi ta’sis etilgan. Yurtning eng hurmatli, nufuzli oqsoqollaridan xalq yig’inlarida og’aliq mansabiga tavsiya etilgan kishiga amirlik tomonidan maxsus yorliq berilgan. Og’aliq xonlik va xalq o’rtasidagi vakil hisoblanib, aholi turmushining barcha dolzarb masalalarini echish huquqiga ega bo’lgan. Viloyat va saltanat miqyosidagi eng muhim masalalarda ham og’aliqqa murojaat qilingan. U xalq ommasini amaldorlarning turli tazyiqlaridan himoya qilgan. Og’aliqning eng asosiy vazifasi – xalq bilan bek va amir o’rtasida murosachilik yuritish, fuqarolar kayfiyatidan xabardor bo’lish hamda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan turli ko’ngilsiz tasodiflarni bartaraf etishdan iborat edi.

Yüklə 299,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə