Kirish bitiruv m



Yüklə 299,67 Kb.
səhifə15/18
tarix12.04.2023
ölçüsü299,67 Kb.
#105150
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
buxoro amirligi

Qora cherik – Buxoro amirligida muntazam qo’shin bilan baravar urush yoki tinchlik chog’ida xizmatda bo’lgan nomuntazam lashkar. Ehtiyoj bo’lmagan kezlarda Qora cherik uylariga tarqalib ketgan. Qora cherikni to’plash uchun hukmdor(amir) farmoni chiqqan va u bozorlarda jarchilar tomonidan e’lon qilingan. Har bir qishloq, shahar, viloyatdan yig’iladigan Qora cherik miqdori ilgaridan aniq bo’lganligi bois, amir buyrug’iga binoan, nomuntazam lashkar yetkazib berishda muammolar tug’ilmagan. Muntazam qo’shin otlar bilan ta’minlangan bir paytda, Qora cherik shaxsiy ulovi bilan harbiy harakatlarda


34 Исмоилов М., Шаропов А. Тарих атамалар луғати. –Тошкент: Akademnashr, 2013. –Б.440.
35 Эшов Б. Ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи. –Тошкент: Янги аср авлоди, 2012. –Б.351.

ishtirok etishi majburiy hisoblangan. Qal’a, qo’rg’onlarni muhofaza qilishda muntazam xizmatdagi askarlar soni kamlik qilsa, Qora cherikdan foydalanilgan. Ba’zan yurishda qatnashayotgan qo’shinning deyarli yarmini Qora cherik tashkil etgan.


Navkar, nukar (mo’g’ulcha noxor – do’st, o’rtoq) xon huzurida xizmat qiluvchi oliy tabaqali yigitlar. Navkarlar – qurollangan erkin kishilar bo’lib, o’z ixtiyorlari bilan xizmat qilishgan. Buxoro xonligida navkarlar xizmati uchun davlat tomonidan belgilangan maosh bilan ta’minlangan va majburiy harbiy xizmatni o’tagan. Harbiy harakatlardan bo’sh paytlarda navkar soqchilik vazifasini bajargan.
Tavochi (mo’g’ulcha - hisobchi) Buxoro xonligida harbiy nozir – naqibga qo’shinni joylashtirish, qurol-aslaha bilan ta’minlash, harbiy harakatlar vaqtida lashkarning ilg’or, ar’ergard, o’ng qanot, so’l qanot va markaziy qismlari hamda pistirmadagi vaziyatdan xabardor bo’lish mas’uliyati yuklatilgan.
Chag’davul, changdovul – Buxoro xonligida harbiy mansablardan biri hisoblanib, qorovul, yo’lchi va josusdan yuqori turgan. Ayni paytda arergard qo’shinida xizmat kiluvchi askar ham chag’davul istilohi bilan ifodalangan.
Qorovul - harbiy harakatlar chog’ida qo’shinning asosiy qismlaridan ancha masofada oldinda borib, yovning xatti-harakatidan xabardor bo’lib turuvchi, zarur paytlarda “til” tutib keltiruvchi maxsus suvoriy soqchi guruh (avanpost). Buxoro xonligida biror bir ayg’oqchi yoki talonchining mamlakat yoki lashkarga qo’shilib kirmasligi uchun yo’llarni muhofazalov-chi askariy guruh.
Amir Shohmurod Buxoro amirligi davlatchiligi tarixida o`z o`rniga alohida ega bo`lgan hukmdorlardan sanaladi. U turkiy mang`itlar sulolasi hukmdorlari ichida birinchi bo`lib sud – huquqiy islohotlarini amalga oshirdi. Davlatchilik tarixida “amiri ma'sum” (“Begunoh amir”) nomi bilan qolgan amir Shohmurodning hukmronlik yillari (1785–1800) Buxoroda markaziy hokimiyatning nisbatan mustahkamlanishi davri bo`ldi.
Amir Shohmurod tomonidan o`tkazilgan sud – huquqiy islohotlari mamlakatda sud ishlaridagi nohaqliklarga chek qo`yilishiga, sudlarda ishlarning erkin olib borilishiga hamda qozilar tomonidan odillik, adolat va insonparvarlik

ruhida sud jarayonlarini amalga oshirishga imkon yaratib berdi. Asosiy sud idorasi qozilik mahkamalari hisoblanib, qozikalon butun mamlakatning bosh qozisi (sudyasi) edi. Fuqarolik va jinoiy ishlarning barchasini qozilar ko`rib chiqqan. Sud ishlarini yuritish tartibi oddiy ko`rinishga ega edi.


Qoziga og`zaki va yozma ravishda ariza bilan murojaat etish mumkin edi. Keltirilgan murojaat, ariza yoki shikoyatnomalarga asoslangan holda qozining huzuriga aybdor yoki aybdorlar ishni boshlash uchun keltirilar edi. Qozilar tomonidan olib boriladigan sud jarayonida aybdorni ayblash yoki uning aybini isbotlash uchun shariat qonun – qoidalariga rioya qiladigan, rostgo`y, halol kishilarning guvohligi yetarli asosga ega edi. Guvohlar esa kamida ikki kishidan iborat bo`lmog`i lozim edi.
Sud jarayonida qozilar aybdorlarning moddiy ahvoli, avvalo aybning darajasiga qarab, so`ngra aybdorning qilmish uchun chin ko`ngildan pushaymon bo`lishi, zararni ixtiyoriy ravishda qoplashi, jabr ko`rgan shaxsdan uzr so`rashi kabi holatlarni inobatga olgan holda jazo tayinlagan.
Amir Shohmurod tomonidan o`tkazilgan sud – huquqiy islohotlarning muhim jihati shundaki, bu davrga kelib qozining hukmidan norozi bo`lgan taraf qozikalonga yoki amirga shikoyat qilish huquqiga ega bo`ldi. Qozikalonga yoki amir nomiga yozilgan shikoyatnoma o`rganib chiqilib, qozining hukmini asosli ravishda qozikalon bekor qilishi hamda qozikalon qarorini faqat amir bekor qilishi mumkin edi.
Amir Shohmurod tomonidan o`tkazilgan sud – huquqiy islohotlari o`sha vaqtda nafaqat Buxoro amirligida, balki boshqa xonliklarda ham sud va sudlovni ijobiylashtirish uchun ulkan qadam edi. O`z navbatida amir Shohmurod sud idoralarining qayta tuzilishi, tashkil topishi va quyi sud idoralari qozilarining tayinlanishi kabi yangiliklarni amalga oshirgan edi.
O`sha davrda sud idoralarini isloh qilish maqsadida amir Shohmurodning bevosita tashabbusi bilan qirq a'lamdan (qonunshunoslardan) iborat tarkibda oliy sud (qozixona) palatasi tuzildi. Ushbu palataning a'zolari, ya'ni qonunshunoslar shariat qonun-qoidalari asosida amir Shohmurod tomonidan tuzilgan qoidalar

to`plami asosida quyi sud idoralari qozilarining hukmidan norozi bo`lib yozilgan arz va shikoyatnomalarni ko`rib chiqar edilar.


Amir Shohmurod tomonidan o`tkazilgan sud - huquqiy islohotlarining yana bir muhim yangiligi, bu oliy sud palatasida qirq a'lam (qonunshunoslar) ishtirokida ko`rilayotgan arz yoki shikoyatnomada da'vogarning shaxsan o`zi ishtirok etishining talab qilinishi bo`ldi.
Shunday qilib, amir Shohmurod davrida Buxoro amirligida yangi sud tizimi: qasaba (kattaroq qishloq), tuman, viloyat qozilari, Bosh qozi va qirq a'lam sudi vujudga kelib, eng oliy qozi amirning o`zi edi. Shariat huquqi asosida Shohmurod tuzgan qoidalar to`plami diqqatga sazovordirki, uni izlab topish va ilmiy jamoatchilikka yetkazish olimlarimiz oldidagi vazifalardan biri bo`lib turibdi. Chunki O`zbekistonda hukm surgan sulolardan chiqqan davlat boshliqlari qo`li bilan tuzilgan qoidalar to`plamlarini juda kam uchraydi. Shu o`rinda yana amir Shohmurodning sud islohotlari, ayniqsa, katta ahamiyatga molik ekanligini aytib o`tish lozim.
Xulosa qilib aytganda, Buxoro amirligida faoliyat yuritgan davlat muassasalar o’zlarining vazifalari va faoliyatlari bilan ajralib turgan. Ko’plab muassasalar Qo’qon va Xiva xonligida ham bir xil vazifa bajarganligi, yoki O’zbekiston xududida xukm surgan ayrim sulolar davrida ham faoliyat yuritganligini ko’rish mumkin.



Yüklə 299,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə