Kirish bitiruv m



Yüklə 299,67 Kb.
səhifə14/18
tarix12.04.2023
ölçüsü299,67 Kb.
#105150
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
buxoro amirligi

To’pchiboshi – harbiy lavozim. O’rta Osiyo xonliklarida harbiy vazifalarni bajargan amaldor (asosan, artilleriya boshqaruvchisi). Buxoro amirligida 2 ta to’pchiboshi unvoni mavjud bo’lgan: biri to’pchiboshiyi lashkar deb nomlangan bo’lib, Buxoro garnizonining boshlig’i vazifasini ado etgan, uni vaziri harb – harbiy vazir ham deb atashgan, unga barcha harbiy qismlarning sardorlari bo’ysungan. Davlat qurol-yarog’ ombori – to’pxonaga mas’ul hisoblangan. Ushbu

33 Эшов Б. Ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи. –Тошкент: Янги аср авлоди, 2012. –Б.352.

shaxs kutvol, bakovul, o’rag’a kabi mansab egalari qatori hukmdor qabulida ba’zan o’tirish huquqiga ega bo’lgan. Ikkinchi to’pchiboshi Buxoro qal’asi (arki) komendanti hisoblangan, shu bois to’pchiboshiyi darvozayi arki oli – “qal’a artilleriyasi sardori” deb yuritilgan, u o’z mavqeiga ko’ra, shig’avul, miroxurboshi, shixna (mirshab) kabi lavozimlar darajasida turgan34.


Daha – o’n kishidan iborat jangovar bo’linma. Buxoro amirligida bunday harbiy bo’linma boshlig’i dahaboshi, dahboshi deb atalgan.
Dodxoh, dodxo – ushbu lavozim egasi Buxoro amirligida:
1) a) qal’a boshlig’i, qo’rboshi; b) qozixona ishlari ustidan nazorat olib
boruvchi amaldor, raisi kalon.
2) Buxoro amirligida arzchilar shikoyatini amirga etkazib, javobini
shikoyatchilarga bildiruvchi amaldor35.
Tuqsoba, to’qsabo (eski o’zbekcha – o’z tug’iga ega bo’lgan) – harbiy qism
sarkardasi, tuqsaboshi. Buxoro amirligida eshikoqo boshi, chig’atoy begi singari mansablardan keyingi, miroxurdan oldingi rutba hisoblanib, uning egasi amir saroyiga otda kirish, lekin hukmdor qabulida o’tirish huquqiga ega bo’lmagan shaxsni anglatgan. Bu mansabdor idishlarga ovqat suzish, kosalarga ichimlik, qatiq, muzdek suv quyish, ularni xizmatkorlar orqali mashvarat yoki kengash ahliga etkazishga mas’ul hisoblangan. U, shuningdek, Harqonrud tumanini va u yerda suv taqsimotini boshqargan.

Yüklə 299,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə