Kirish bob. Yuridik psixologiyaning vujudga kelishi tarixi


Konstruktiv – biz turidagi (ko‘pchilik orasida); Destruktiv



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə14/46
tarix28.11.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#133904
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46
1. Mavzu Yuridik psixologiyaning maqsadi va umumiy vazifalari M-fayllar.org

Konstruktiv – biz turidagi (ko‘pchilik orasida);


  • Destruktiv – men turidagi (yakka shaxs o‘zi bilan) kechadigan jarayon.

    Stress holatini oddiy tilda aytadigan bo‘lsak, bu insonlarda kechadigan tushkunlik holatidir. Insonning aqliy jihatlari va fiziologik tizimida stress holati bo‘lmasligi mumkin emas. Bular ko‘p hollarda muloqotlarda va boshqa ijtimoiy jarayonlarda yuz beradi. Stressni fiziologik va psixologik turlari mavjud. Fiziologik stress – bu o‘ta jismoniy zo‘riqish, biror og‘riq, qo‘rquv, kasalliklar natijasida vujudga keladi.


    Fiziologik stress organizm o‘ta zo‘riqishi, temperaturaning baland yoki past bo‘lishi, nafas olishning qiyinlashishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, ba’zida odam organizmida qattiq og‘riq bo‘lganda, og‘riq nimadan kelib chiqqanligini tushunib yeta olmaslik oqibatida odamda qo‘rquv, xavotirlanish paydo bo‘ladi va stress holatiga olib keladi. Psixologik stress-odamning ruhiy holatiga voqealarni ta’siri tufayli paydo bo‘ladigan stress.
    Psixologik stress informatsion stress va emotsional stress turlariga ajraladi.
    Informatsion stress axborotlarni haddan tashqari ko‘p qabul qilish vazifalarni bajarishda bir qancha yechimlar bo‘lsa-da, aniq ulardan qaysi birini tanlash yuqori darajadagi shiddat bilan qaror qabul qilishdagi ikkilanishi natijasida kelib chiqishi mumkin. Axborotlarni haddan tashqari ko‘p qabul qilish oqibatida odam psixikasi zo‘riqadi (charchaydi) va buyrak usti bezlaridan stressli garmonlar ko‘p ishlab chiqara boshlaydi. Haddan tashqari zo‘riqish natijasida miyada tormozlanish yuz beradi va oqibatda tanglikka olib kelgan axborotgina miyada aks etaveradi. Miya boshqa axborotlarni tashqi ta’sirni qabul qila olmay qoladi. Bu ba’zi hollarda salbiy yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Miyada stressga olib kelgan axborot tormozlanib, saqlanib qolganda tanglik holatining yuqori nuqtasiga chiqqanda tanglik holatidan chiqib ketolmay o‘z joniga qasd qilishgacha olib kelishi mumkin.
    Emotsional stress-ta’qiq qilish, falokat, hayotiy o‘zgarishlar (oilaviy mojarolar, to‘satdan ishdan bo‘shatish yaqin kishisini yo‘qotish, uzoq muddatli sevgidan qutila olmaslik sababli, xavf ostida qolganda, atrofdagilar tomonidan noto‘g‘ri munosabat qilinganda va hokazolarda) ko‘rinadi. Olimlar o‘tkazgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, falokat, hayotiy o‘zgarishlar, kundalik tashvishlar ko‘proq stresslar hisoblanadi. Falokat – bu notinchlik, urush, yer qimirlash, suv toshqinlari, avtohalokatlar va hokazo. Bularning hammasi inson ruhiy holatiga juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Olimlar shuni ta’kidlashadiki, qattiq yer qimirlashi, suv toshqinlari, yong‘in bo‘lishi kabi falokatlarning inson ruhiyatiga katta ta’sir ko‘rsatishi natijasida xavotirlanish darajasi yuqori bo‘lishi kuzatiladi.
    Hayotiy o‘zgarishlar – bu insonni hayotida yuz beradigan voqea va hodisalardir. Masalan, yaqin kishisining halok bo‘lishi, kutilmaganda ish o‘rnini yo‘qotishi, ajralishlar va hokazo. Agarda inson bir qancha inqirozli vaziyatni boshidan o‘tkazsa, qattiq kasallanishi va hattoki o‘limga ham olib kelishi mumkin.
    Kundalik tashvishlar – bu ish joylarida sodir bo‘ladigan qiyinchiliklar, o‘qish joylaridagi o‘quvchilarning o‘quvchilarga, o‘qituvchilarning o‘qituvchilarga noto‘g‘ri munosabatda bo‘lishlari, imtihonlarni muvaffaqiyatsiz yakunlanishi va hokazolarda namoyon bo‘ladi. Kundalik tashvishlar mayda stresslarni kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin, mayda stresslar to‘planib borib inson sog‘lig‘iga ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, qon bosimining oshishi, yurak faoliyatining buzilishi va boshqalarda kuzatilishi mumkin. Doimiy yuz berib turadigan kundalik tashvishlar, aqliy, jismoniy, emotsional va ruhiy zo‘riqishga olib kelishi mumkin
    Stress ayrim odamlarda yengil kechadi, ayrim odamlarda jiddiyroq, qiyinroq o‘tadi. Bunga asosiy sabab quyidagilar deb belgilanadi: uning hosil bo‘lishi stressli vaziyatga qay darajada munosabatda bo‘lishimizga va bu holatni baholashimizga va u bilan kurashishimizga bog‘liqdir. Masalan, optimist odamlar stress holatini taqdirning bir sinovi deb qabul qilsa, pessimist odamlar uning hayotiga xavf-xatar tug‘ildi, deb qabul qilar ekanlar. Pessimistlarda xavotirlanish darajasi yuqori bo‘ladi va ular vaqtida ovqatlanmasalar ham stress holatiga tushib qolaveradilar.

    Yüklə 1,37 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə