Kirish gimnastikaning rivojlanish tarixi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə10/15
tarix21.10.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#130129
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
REJA

Badan tarbiya daqiqalari


Gigiyenik gimnastika turlari orasida badantarbiya daqiqalari muhim hisoblanadi.
Ular oliy ta’lim mutaxassislari o‘quv kuni davomida doimiy o‘tkazib turiladi.
Tinimsiz faoliyat tufayli talabalar charchab, ularning ish qobiliyati pasayadi, xotira, diqqat ham susayadi. Talabalar, ayniqsa, o‘quv mashg‘ulotining uchinchi soatidan so‘ng, o‘zlarini charchagandek his qiladilar. Badantarbiya daqiqalari sog‘lomlashtirish tadbiri sifatida o‘quv ishlarining yanada faollashishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Badantarbiya daqiqalari 5-7 ga gimnastika mashqlaridan iborat bo‘ladi va u 5-7 daqiqa davomida bajariladi. Majmuaga yirik muskullar guruhi: yelka kamari, oyoq, gavdaga mo‘ljallangan mashqlar kiritiladi. Bular, o‘z navbatida, muskullarning zo‘riqishi va bo‘shashishiga chuqur ritmik nafas olish bilan qon aylanishi tizimidagi to‘qimada bo‘ladigan nohush hodisalarining bartaraf qilinishiga birgalikda ta’sir ko‘rsatadi va butun organizmning tonusini oshiradi.
Quyida namunaviy badantarbiya daqiqalar majmua keltirilgan, ular sinfdan chiqmasdan, qarorlar oralig‘ida turib bajarilishi mumkin.

  1. D.x.-a.t.t. 1-oyoq uchiga ko‘tarilib, qo‘llarini yonga uzatib, nafas olish. 2qo‘llarni tushirib, nafas chiqarish. Mashqni 6-8 marta takrorlash.

  2. D.x.-oyoqlar yelka kengligida qo‘yilgan. 1-qo‘llar belda, orqada, oldinga engashish va nafas chiqarish. 2-to‘g‘rilanib, qo‘llarni bosh orqasiga qo‘yib kerishishi va nafas olish. 3-to‘g‘rilanib, qo‘llarni bo‘shashtirish dastlabki holatga qaytish. Mashqni 8-10 marta takrorlash.

  3. D.x.-oyoqlar yelka kengligida qo‘yilgan. 1-oldinga bukilish, so‘ng qo‘llarni yuqoriga uzatib nafas chiqarish. 2-chap tomonga burish va qo‘lni yon tomonga uzatish. 3-4-shuning o‘zi, ikki tomonga burilishi. Mashqni 10-12 marta takrorlash (42-rasm).

Talabalar sanoat ob’ektlarida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash davrida, mazkur kasbdagi ishchilar uchun ko‘zda tutilgan ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlari majmuani bajaradilar. Mashqlar sexlar yoki ish joylarida ishchilarning uzoq vaqt davomida faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun kerak. Masalan, o‘tirib kam harakatli ishlarni bajarganlar uchun, og‘ir jismoniy mehnatni bajargan kisxilar uchun barcha muskullarga ta’sir ko‘rsatadigan, muskullarni bo‘shashtiruvchi katta amplitudadagi mashqlar zarur.
Badantarbiya daqiqalari mashqlar majmua yoki shunga tegishli alohida mashqlar har 7-14 kunda almashtirib turilishi shart. Mashqlarni almashlash mashg‘ulotga bo‘lgan qiziqishni oshiradi, shug‘ullanuvchilar organizmiga ularning yanada samarali ta’sir ko‘rsatishi uchun sharoit yaratadi.
Oddiy osilishlar-bunda gimnastikachi jihozlardan tananing biron bir qismi (ko‘pincha qo‘l) bilan ushlaydi.
Aralash osilishlar-bunda gimnastikachi qo‘llar bilan ushlashdan tashqari tananing boshqa qismi bilan (bir oyoq yoki oyoqlar va boshqalar bilan) xam qo‘shimcha ravishda tayanadi.
Osilishlar (oddiylar) - qo‘llarni bukkan xolda osilish, oyoqlarni bukkan xolda osilish, kerishib osilish, shuningdek, oyoqlarni kerib burchak xosil qilib osilish, orqaga tayanib turgan xolatda osilish, gorizontal xolatida osilish va boshqalar.
Ushlash-jihoz ushlash usuli. quyidagicha ushlash usullar bor: yuqoridan, pastdan, xar tomondan, teskari, chalishtirma, keng, qisqa, jips, chuqur ushlashlar.
Osilish-shug‘ullanuvchining yelkalari uning jihozlardagi ushlash nuqtasidan pastda bo‘lgan xolatidir.
Aralash oilishlar-cho‘qqayib osilish, orqa bilan devorga cho‘qqayib osilish, buqilib turib osilish, chalqancha yotib osilish, o‘ng oyoq bukilgan xolda qo‘lda osilish va boshqalar. Undan tashqari tippa-tik osilish va yotib osilishlar.
Boshqa xildagi osilishlarni ularning xususiyatlarini aniqlab ifodalash qabul qilingan. Masalan, bukilgan oyoqlarda osilish, tovonlarda tayanib osilish va boshqalar.
Tayanish-shug‘ullanuvchining yelkalari tayanch nuqtasidan yuqorida bo‘lgan xolatdir. Oddiy va aralash tayanishlar bo‘ladi.
Tayanishlar (oddiy)-tayanish, tirsaklarga tayanish, qo‘llarda tayanish, qo‘llarda buqilib tayanish, orqada tayanish, o‘ng tomonga minib tayanish, burchak yasab tayanish yoki tayanib burchak qilish; oyoqlarni qo‘llar sirtida qaychi qilib tutgan xolda tayanish va boshqalar. Aralash tayanishlar-chap oyoqni orqaga uzatib, o‘ng oyoqda cho‘qqayib tayanish, yonlamasiga yotib o‘ng qo‘lga tayanish, o‘ng qo‘l bilan 5 zinapoyadan ushlab, chap qo‘lda yotib tayanish. O‘tirish-jihozda o‘tirish xolati. Bruslarda oyoqlarni kerib o‘tirish, sonni qo‘yib o‘tirish va boshqalar. Mashqning boshlanishi quyidagi atamalar bilan belgilanadi: sakrashdan, yugurishdan, osilishdan, tayanishan, qo‘llarda tayanishdan va boshqalar. Ayrim xollarda (qisqartirib) birdaniga boshlang‘ich xarakat (birinchi element)ni aytish mumkin.
Masalan, tebranish va gavdani yozib ko‘tarilish-orqaga aylanish va xokazo. Ko‘tarilish-bu osilishdan pastroq yoki tayanishdan yuqoriroq tayanishga o‘tish xolatidir. Ko‘tarilishga quyidagilar: navbatma navbat, kuch bilan ko‘tarilish, bir oyoq bilan siltani, to‘ntarilib ko‘tarilish, shuning o‘zi tebranib yoki kuch bilan, o‘ng oyoq bilan ikkalasi bilan ko‘tarilish, gavdani rostlab ko‘tarilish va boshqalar kiradi. Tashlanish-ko‘tarilishga teskari bo‘lgan xarakat. Sekin bajarilganda tashlanishni tutish deb aytish qabul qilingan. Aylanish-jihozning o‘qi atrofida gimnastikachining tayanib turib bajaradigan aylanma xarakatidir. Uning xillari quyidagilar: o‘ng (chap) oyoqda aylanish, oldinga, orqaga aylanish, katta aylanish, shuningdek, orqadan osilib aylanish va boshqalar kiradi. Burilish-tananing vertikal o‘qi atrofidadagi xarakatidir. Burilishning quyidagi xillari mavjud: oldinga tebranib, qo‘llarda tik turganda, tayanch qo‘l atrofida- diamidov, qo‘llarda tik turish xolatida va boshqalar. Krestxalqada gimnastikachining qo‘llarini yonga uzatib tayangan xolati. Uning quyidagi xillari mavjud: krest, burchakli krest, yonlama krest, qo‘llarda tik turib krest, muvozanat saqlanadigan krest va boshqalar. Jihozlarda tik turishlar-yelkalarda, qo‘llarda, bir qo‘lda tik turish. Tik turishlarni ijro etish usullari: kuch bilan, siltanib, buqilib, kerishib, qo‘llarni to‘g‘ri tutib, kerishib tik turish va boshqalar. Chayqalishgimnastikachining jihoz bilan birga bir marta mayatniksimon xarakati. Bir necha marta qayta tebranish chayqalish deb ataladi. Tebranish-tananing aylanish o‘qiga nisbatan erkin xarakatidir. Tebranish usullari: kuch bilan,buqilib, sakrab. Tebranib turish-bu bir necha marta qayta bajarilgan tebranishlardan iborat.Yoy shaklida tebranish-tayanishdan osilishga yoysimon xarakat bilan o‘tish. Masalan, turnikda: yoysimon tebranib turib burilish. Yelka bo‘g‘inlarida aylanish-ushlab turgan xolatda, tananing gorizontal o‘qi atrofida yelka bo‘g‘inlarida aylanishdir. Oldinga va orqaga (yo‘nalish bo‘yicha) yelka bo‘g‘inida aylanishlar mavjud. Oyoqlar bilan siltanish xarkatlari quyidagi atamalar bilan belgilanadi: siltanib o‘tish, doira yasash, chalishtirma, teskari tomonga chalishtirma (oyoqlarni oldinga, orqaga siltanib va shuningdek oyoqlarni bukib bajariladi), ikki oyoqda doira yasash, ko‘ndalangiga doira yasash, kerishib doira yasash, kirish, o‘tish, chiqish va ularning birga qo‘shilishi orqali. Uchib o‘tish- jihozning bir tomondan ikkinchi tomonga bir jihozni ko‘yib yuborib ikkinchisini ushlab olishdir. Buning: burchak xosil qilib, buqilib uchib o‘tish va shuningdek, bir jihozdan ikkinchisiga uchib utish singari xillari mavjud. Sakrab tushish- jihozda osilib yoki tayanib turgan xolatdan sakrab tushish. Oldiga, orqaga siltanib sakrab tushish, shuningdek burilishlar bilan, yoy shaklida, aylanib, yelkadan aylanib, to‘ntarilib, salto qilib sakrab tushishlar- sakrab tushish xillari. Qo‘shpoyadan sakrash xam o‘z atamasiga ega chunonchi: orqaga-unga salto yeki oldinga, chapga; turnik va xalkada- ikki marta salto. Sakrash- masofani (balandlik, uzunlik) yoki to‘siqlarni depsinishdan keyin erkin uchish orqali zabt etishdir. Kerishib, buqilib, go‘janak bo‘lib, burchak xosil qilib, yonlamasiga, oyoqlarni bukib, oyoqlarni kerib, oyoqlarni orqaga egib, to‘ntarilib, yon tomonga to‘ntarilib, to‘ntarilgancha buqilib vpa boshqalar, shuningdek, «derazaga», tramplindan, kombinatsiyalashtirilgan sakrashlar va boshqalar uning turlariga kirad. Oyoqlarning ko‘tarilish - oyoqlar bilan depsingandan keyin oyoqlarning dastlabki orqaga siltanishi. Talabalar ertalabki gigiyenik batantarbiya mashqlari majmua tuzishda yuqoridagi talablarga amal qilishlari lozim.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə